Soliq menejmentini tashkil etishning afzalligi shundaki, soliq
majburiyatlarining qisqartirilishiga qonunlarni buzmagan holda
erishiladi. Soliq menejmenti korxonalar muvaffaqiyatini ta'minlash
uchun tayanch vazifani o'taydi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki,
soliq menejmenti faqatgina mikrodarajadagi xatti-harakatlarni
ifodalab, korxonalar tomonidan davlatning iqtisodiyotni soliqlar
vositasida tartibga solish siyosatiga nisbatan javobdir.
Soliq menejmenti masalasining o'rganilishida soliq menejmenti
samaradorligiga tasir qiluvchi omillar xususiyatini to'g'ri baholash
muhim ahamiyatga ega. Fikrimizcha, soliq menejmenti samarador-
ligini quyidagi omillar asosida baholash maqsadga muvofiqdir:
— qonun doirasidan chiqmaslik;
— yuqori darajadagi soliqli manfaat;
— kam sarf-xarajat;
— nisbatan qisqa vaqt;
— ijtimoiy mas'uliyat.
Korxonalarda biznesning taqdiri, uning saqlanishi va rivojla-
nishi ko'p jihatdan soliq yoki to'lovlarning qanday va qancha
miqdorda to'lanishiga bog'liq bo'lib qolmoqda. Respublikamizdagi
soliq va boshqa soliqqa tortish tizimiga ta'sir etuvchi omillar,
qonunchilikka tinimsiz o'zgartirishlarning kiritilishi va soliq yuki-
ning yuqoriligi sharoitida korxonalarda soliq menejmentini tashkil
etish nihoyatda muhim va shu bilan bir paytda juda murakkabdir.
Chunki soliq qonunchiligining o'zgarishi rejalashtirilgan biznes
rejaning buzilishiga olib keladi. Soliq menejmenti korxonada
moiiyaviy resurslar va moiiyaviy oqimlarni boshqarishning muhim
yo'nalishi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar soliq menejmentini
rivojlantirish davr talabidir. Shu tufayli korxonada soliq munosa-
batlarini boshqarish faqat soliq to'lovchilarninggina emas, balki
Do'stlaringiz bilan baham: |