A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


Strategik moliyaviy boshqaruv


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

Strategik moliyaviy boshqaruv - korxona moliyaviy faoliya-
tining rivojlanish darajasi yuqori bo'lgan holatda qabul qilinadigan 
moliyaviy qarorlar muqobil variantlarini minimallashtirishni 
qaratilgan harakat va rivojlanish darajasini saqlab qolishga. 
Strategik moliyaviy boshqaruvning tadbirkorlik stili -
moliyaviy faoliyatning barcha yo'nalishlari va shakllari bo'yicha 
samarali boshqaruv qarorlari ustida faol ishlash tashkil etadi. 
Moliyaviy boshqaruvning bu stili tashqi omillar o'zgarishini 
hisobga olgan holda qo'yilgan strategik maqsadlarga erishish uchun 
barcha yo'llarda moliyaviy faoliyatlarni amalga oshirishning 
yo'nalishlari, shakllari va metodlari doimiy transformatsiyasi bilan 
bog'liq. 
Soliq imtiyozi — soliq to'lovchilarning ayrim toifalariga 
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to'lashdan to'liq, 
qisman va vaqtincha ozod qilish. 
Soliq krediti - budjetga to'lanishi lozim bo'lgan soliq 
summasini ma'lum muddatga kechiktirish, bo'lib-bo'lib to'lash yoki 
soliqni qaytarish shakli. 
Soliq tortishning soddalashtirilgan tartibi - soliq solishning 
ayrim toifadagi soliq to'lovchilar uchun belgilanadigan hamda 
ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to'lashning, 
shuningdek, ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning 
maxsus qoidalari qo'llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi. 
Soliq stavkasi — soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir 
birligi hisobiga to'g'ri keladigan soliq me'yori. 
222 


Soliq yuki - mablag'lami boshqa foydalanish mumkin bo'lgan 
yo'nalishlardan olib, soliqlarni to'lash uchun yo'naltirish orqali 
vujudga keladigan iqtisodiy cheklovlar darajasi bo'lib, odatda soliq 
to'lovchining muayyan davrda budjetga to'langan soliqlar va 
boshqa majburiy to'lovlarning yig'indisi sifatida namoyon bo'ladi. 
Mamlakat miqyosida soliq yuki darajasini soliqlarning yalpi ichki 
mahsulotdagi salmog'i orqali ifodalanadi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling