Korporativ boshqaruvda riskni boshqarish - Har qanday
salbiy vaziyatda ham foydaning birmuncha kamayishiga
erishishdir.
217
Strategiya - bozorlarning va huquqiy tizimning holati, ichki va
tashqi korxonalar bilan raqobatchilik kabi korxonaning hozirda va
kelajakda tushib qolishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlarni hisobga
olgan holda korxonaning boshqaruvchilik, texnik, moliyaviy va
boshqa resurslarini ishlatish haqida qaror qabul qilish. Strategiya
mahsulot nomenklaturasi va ishlab-chiqarish hajmlari, sotish
bozorlari, xomashyo va investitsiya manbalarini o'z ichiga oluvchi i
turli bosqichlarida korxonani rivojlanishining asosiy yo'nalishlarini
belgilab beradi.
Kapital — real kapitalning qog'ozdagi timsoli. Foxta kapitalning
bahosi ikki holatda aniqlanadi: a) kapitalga bo'lgan talabning
taklifga nisbatiga ko'ra; b) qimmatli qog'oz bo'yicha kapitallashgan
daromad miqdoriga ko'ra. U kapitalga bo'lgan talabning taklifga
nisbatan oshishiga va qimmatli qog'ozdan keladigan daromad
miqdoriga to'g'ri, kapital taklifining talabdan oshishi va
mamlakatdagi bank foizi me'yor darajasiga teskari proporsionaldir.
Shuning uchun soxta kapital narxi qiymatli bozor kategoriyasi
hisoblanib, uning bahosi o'zgaruvchan (tebranma) bo'ladi.
Korxonaning innovatsion salohiyati - korxonaning yangi-
liklarni joriy qilish yordamida bozor sharoitlarida faoliyatning
samaradorligini oshirish maqsadida korxonaning o'ziga xos
xususiyatlari bilan belgilanadigan rivojlanish qobiliyati. Korxo-
naning innovatsion salohivatining ichki innovatsiya jarayonidagi
barcha bosqichlarning (ijtimoiy mehnat va resurslarning sarf
me'yorlari asosida) bir maromda kechishiga imkon beradi.
218
Do'stlaringiz bilan baham: |