A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

Investitsion siyosat — savdo menejmenti umumiy strategiya-
sining bir qismi bo'lib, korxonani rivojlantirish uchun aktivlarni 
kengaytirishning eng samarali yo'llarini tiklashni nazarda tutadi. 
Investitsiya - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki 
ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag'lari, 
banklarga qo'yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog'ozlar (aksiya, 
obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar, asbob-uskunalar, 
litsenziyalar va samara beradigan boshqa boyliklar. 
Investitsiya faoliyati — investitsiya maqsadlarini amalga 
oshirish bilan bog'liq faoliyat. Investitsiya kompleksi tashkilotlari 
orqali amalga oshiriladi. 
Innovatsion texnologiyalar - iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq 
etish bosqichlarida qo'llaniluvchi usul va vositalar majmui. O'z 
ichiga joriy etish, trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi 
turlarini oladi. 
Innovatsiya jarayoni - yangilik g'oyasini rivojlantirishdan 
uning pirovard iste'molchi tomonidan iste'mol qilinishigacha 
bo'lgan mantiqiy izchillik uzluksiz harakat. Bu yangilikning ilmiy-
texnik, ishlab chiqarish iqtisodiy va ijtimoiy-tashkiliy salohiyatini 
yaratish, rivojlantirish va undan foydalanish. Yangilikni yaratish, 
uni o'zlashtirish, tarqatish va takomillashtirishdan iborat 
bosqichlarga ega. 
214 


Inflyatsiya - milliy valyutaning qadrsizlanishi. Pul muomalasi 
qonunlarining buzilishi natijasida, narxlarning o'sishi. 
Ishlab chiqarish - ma'lum davrda alohida xo'jalik yurituvchi 
subyektlar tarmoqlar va iqtisodiy sektorlar tomonidan ishlab 
chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymati. 
Korporatsiya (lotincha corporatio - birlashish) - bu umumiy 
maqsadlarga erishish, birgalikda faoliyat ko'rsatish uchun 
birlashgan va huquqning mustaqil subyektini - huquqiy shaxsni 
tashkil qilgan jismoniy va/yoki huquqiy shaxslar birlashmasidir. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling