A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

Sotish optsioni (rut) - o'z egasiga kelajakda bazis aktivini 
qimmatli qog'oz hosilasi shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi. 
Fond birjasi - ochiq va oshkora birja savdolarini oldindan 
belgilangan vaqtda va belgilangan joyda o'rnatilgan qoidalar 
asosida tashkil etish hamda o'tkazish orqali faqat qimmatli 
qog'ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs; 
Forfeyting - bu mol (tovarlarni) yetkazib berish va xizmatlar 
ko'rsatish bo'yicha talablar qo'yish huquqini olish, ushbu talabga 
doir operatsiyalarni bajarish va uni kassaga olish xatarini qabul 
qilishdir. 
Xarid uchun optsion (Sail) - kelajakda qimmatli qog'ozlar 
hosilasi tomonidan uning egasiga belgilangan shartlarda bazis 
aktivini sotib olish huquqini beradi. 
Emitent — emissiyaviv qimmatli qog'ozlar chiqaruvchi va ular 
yuzasidan qimmatli qog'ozlarning egalari oldida majburiyatlari 
bo'lgan yuridik shaxs; 
211 


Qimmatli qog'oz — hujjatlar. U chiqargan yuridik shaxs bilan 
uning egasi o'rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini 
tasdiqlaydi, dividentlar yoki foizlar tarzida daromad to'lashni hamda 
ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga 
o'tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qog'ozlarning 
qiymati O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi. 
Qimmatli qog'ozlar bozori — yuridik va jismoniy shaxslarning 
qimmatli qog'ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi 
bilan bog'liq munosabatlar tizimi; 
Qimmatli qog'ozlarga doir fyuchers - nazarda tutilgan mud-
datda muayyan miqdordagi qimmatli qog'ozlarni qatiy belgilangan 
narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlovchi 
emissiyaviy qimmatli qog'oz; 
Qimmatli qog'ozlarning hosilalari — o'z egalarining boshqa 
qimmaitli qog'ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini 
tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning optsionlari, 
qimmatli qog'ozlarga doir fyucherslar va boshqa moiiyaviy 
vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog'ozlar. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling