Barcha strategik maqsadlar o'rtasida bog'liqlik va korxona
moliyaviy strategiyasi «maqsadlar daraxti»ni shakllantirish —
bosh, asosiy va yordamchi maqsadlar yagona kompleks tizirn
sifatida qaraladi va shuning uchun ularning muhimligi hamda
darajasini hisobga olgan holda aniq o'zaro bog'liqlik talab qilinadi.
Bunday korxona moliyaviy faoliyati alohida strategik maqsadlari
bog'liqligi «maqsadlar daraxti» asosida ta'minlanadi. Bu metodik
usul asosida faoliyatning turli maqsadlari o'zaro bog'liqligi va
bo'ysunuvchanligi grafik tasviri yotadi. Korxona moliyaviy stra-
tegiyasi «maqsadlar daraxti» qurilishining prinsipial sxemasi
quyidagi rasmda keltirilgan.
Bankrot - xo'jaiik sudi tomonidan e'tirof etilgan, pul majbu-
riyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini to'la xajmda qondirishga -
yoki majburiy to'lovlar bo'yicha o'z majburiyatini bajarishga qodir
emaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: