Valyuta — xalqaro pul hisob-kitoblariga jalb qiluvchi tashqi
iqtisodiy va halqaro aloqalarning boshqa shakllanish ishtirok
etuvchi mamlakatning pul birligi.
Valyuta bozori - chet el valyutasiga talabning uning taklifi
bilan o'zaro
ta'sirlash tizimi.
Valyuta kursi - bir mamlakatning boshqa mamlakatning pul
birliklarida ifodalashning pul birligi narxi.
Valyuta tizimi - valyutaning amal qilishi bilan bog'liq
iqtisodiy va huquqiy munosabatlar majmuasi.
Veksel - veksel beruvchining yoki vekselda ko'rsatilgan boshqa
to'lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel
egasiga muayyan summani to'lashga doir shartsiz majburiyatini
tasdiqlovchi noemissiyaviy qimatli qog'oz.
Davr xarajatlari - bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan
bog'liq bo'lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv
xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo'jalik
ahamiyatiga ega bo'lgan boshqa xarajatlar.
Davlat qimmatli qog'ozlari - O'zbekiston Respublikasining
g'azna majburiyatlari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-
kamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar,
shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
obligatsiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: