A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


-§. Soliq xatolarining yuzaga kelishi hamda soliq


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

3-§. Soliq xatolarining yuzaga kelishi hamda soliq 
huquqbuzarliklariga qarshi qo'llaniJadigan choralar 
O'zbekiston hukumati iqtisodiyotga nisbatan soliq yukini bos-
qichma-bosqich kamaytirish, milliy soliq tizimini xalqaro me'yorlar 
va standartlarga muvofiqlashtirish bo'yicha izchil siyosat yurit-
moqda. Soliq xatolari va unga oid huquqbuzarlik uchun 
javobgarlikni liberallashtirish ushbu sohani takomillashtirishning 
eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. 
Soliqli va soliqsiz to'lovlarni amalga oshirishda soliq to'lovchi-
lar tomonidan yuz beradigan soliq xatolari ko'p hollarda ko'zatiladi. 
Soliq xatolari quyidagi sun'iy, tabiiy hamda atayin ko'rinishida 
bo'lishi mumkin. 
Amaliyotda soliq xatoliklariga oid huquqbuzarliklarining quyi-
dagi turlari mavjud: 
— mansabdor shaxslar tomonidan yo'l qo'yilgan huquqbuzarliklar; 
- soliq to'lovchining xo'jaiik faoliyatida qonunga xilof ravishda 
to'sqinlik qilish, ya'ni soliq organiga hisobga qo'yishdan, ruxsat-
noma yoki bank yohud boshqa kredit muassasasida hisob raqami 
192 


oC
hish uchun zarur boshqa hujjatni berishdan soliq organi 
tnansabdor shaxsining noqonuniy bosh tortishi; 
- soliq to'lovchining banklar yoki boshqa kredit muassalaridagi 
hisob raqamlari bo'yicha operatsiyalarini noqonuniy to'xtatib qo'yish 
yoki soliq to'lovchining mol-mulkini noqonuniy ravishda xatlash; 
- soliq organi mansabdor shaxsi tomonidan soliq to'lovchining 
oddiy amaliy xo'jalik operatsiyalarini amalga oshirishni jiddiy 
ravishda mushkullashtiradigan usullar va yo'llar bilan nazorat 
harakatlarining qonunga xilof ravishda amalga oshirilishi; 
- hisob harakatlari va hisobot hujjatlarining turlari va hajmlarni 
qonunga xilof ravishda kengaytirish talabi; 
- maslahatlar berishdan bosh tortish yoki maslahatlarni taqdim 
etmaslik, ya'ni soliq organi mansabdor shaxsining soliq to'lovchi 
yoki soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchisiga soliq solish 
tartibi va shartlari, uning huquqlari va majburiyatlari to'g'risida 
bepul yozma axborot berishdan bosh tortish yoki bunday axborotni 
belgilangan muddatda taqdim etmaslik; 
- soliq sirini oshkor etish, ya'ni qonunchilikka muvofiq soliq 
sirini tashkil etadigan, o'zaro munosabatlar natijasida soliq 
organining mansabdor shaxsiga ma'lum bo'lgan ma'lumotlardan 
g'ayriqonuniy foydalanish yoki ularni boshqa shaxsga berish. 
Soliq to'lovchilar tez-tez yo'l qo'yadigan huquqbuzilishlar: 
- soliq organida o'z vaqtida ro'yxatdan o'tmaslik, ya'ni soliq 
to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tish uchun soliq organiga murojaat 
qilish uchun belgilangan muddatni o'tkazib yuborish; 
- soliq organida ro'yxatdan o'tishdan bo'yin tovlash, ya'ni 
ataylab, soliq to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tish uchun soliq 
organiga murojaat qilish majburiyatini uzoq vaqt bajarmaslik; 
- bugalteriya hisobini tashkil etish tartibini buzish, 
ya'ni bugalteriya hisobvaraqlarida soliq to'lovchi tomonidan amalga 
oshirilayotgan xo'jalik operatsiyalarini bugalteriya hisobining umu-
miy qabul qilingan uslubiy qoidalarga muvofiq aks ettirish 
tizimining yo'qligi; 
- bugalteriya hisobini yuritish tartibining buzilishi, ya'ni xo'-
jalik operatsiyalarini bugalteriya hisobining umum qabul qilingan 
qoidalariga muvofiq aks ettirish tizimining yo'qligi; 
193 


— soliq to'lamaslik yoki o'z vaqtida to'lamaslik, ya'ni soliq 
to'lovchining soliqni qonun tomonidan belgilangan muddatda 
to'lamasligi yoki belgilangan muddatdan keyin to'lashi; 
— g'ayriqonuniy naqd hisob-kitoblar, ya'ni qonun hujjatlari 
tomonidan belgilangan cheklashlarni buzgan holda hisob-kitoblarni 
naqd pul mablag'lari bilan amalga oshirish; 
— kassa intizomini buzish, ya'ni naqd pul mablag'larini kirim qilish, 
saqlash va ishlatishning qonun tomonidan belgilangan tartibini buzish; 
— korxonaning moliya-xo'jalik faoliyati natijalarini bugalteriya 
hisobvaraqlarida to'liq yoki qisman aks ettirmaslik. Masalan, bitim-
larni rasmiylashtirmasdan amalga oshirish, tovar-moddiy boyliklarni 
kirim qilmaslik; 
— soliq organi mansabdor shaxsining qonuniy talabi, farmoyi-
shiga itoat etmaslik, ya'ni soliq organi mansabdor shaxsining soliq 
qonunchiligi buzilishlarini bartaraf etish yoki ularni oldini olish 
to'g'risidagi qonuniy talabi yoki farmoyishini uzoq vaqt bajarmaslik 
yoki tegishlicha bajarmaslik va h. 
Soliq to'lashdan bo'yin tovlash — soliq sohasidagi huquq-
buzilishlarining eng ko'p uchraydigan va eng xavfli turi. Bunday 
huquqbuzilishlarining mohiyatini soliq to'lovchining budjet oldidagi 
majburiyatlarini bajarmasligi yoki tegishlicha bajarmasligi tashkil 
etadi. Soliq to'lashdan bo'yin tovlash, odatda, korxona tomonidan 
soliq imtiyozlaridan noqonuniy foydalanish, soliqlarni o'z vaqtida 
to'lanmaslik daromadlarni yashirish, soliqlarni hisoblash va to'lash 
uchun zarur hujjatlarni taqdim etmaslik yoki o'z vaqtida taqdim 
etmaslik ko'rinishida amalga oshiriladi. Soliq to'lashdan bo'yin 
tovlash bozorning raqobat asoslarini buzadi, boqimandachilikni 
halol soliq to'lovchi bilan taqqoslanganda, e'tiborliroq mavqega 
chiqarib qo'yadi. 
O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 106-moddasiga 
asosan «Soliq to'lovchining ushbu Kodeksda javobgarlik belgi-
langan g'ayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) 
soliqqa oid huquqbuzarlikdeb e'tirof etiladi». 
Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda 
harakatlanishi ko'p jihatdan shu davlatda soliq va soliqqa tortish 
masalalari qay darajada ekanligiga bog'liq. Bu esa o'z navbatida 
soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosatini 
194 


dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davlat soliq siyosatining 
asosiy belgisi bo'lib soliq yukining iste'molchilar bilan ishlab 
chiqaruvchilar o'rtasidagi samarali nisbatini belgilashdir. 
Muzokara va muhokama uchun savollar 
1. Sizning fikringizcha korxonalarda soliq menejmnetini tashkil 
etishining ijobiy taraflari nimalarda ko'rinadi? 
2. Korxonalarda soliqlarni rejalashtirish qanday tartibda amalga 
oshiriladi? 
3. Soliq menejmentining imitatsiyali modeli deganda nimani 
tushunasiz? 
4. Korxona tomonidan to'lanadigan soliqlarni moliyaviy natija-
larga ta'siri qanday bo'lishi mumkin (amaliyotdagi holatlardan kelib 
chiqqan holda muhokama qiling)? 
5. Bugungi kunda amaliyotda soliq xatolarining asosiy turlarini 
sanab bering. 
195 



Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling