A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


-§. Korxonalarda soliq to'lovlarini optimallashtirish


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

2-§. Korxonalarda soliq to'lovlarini optimallashtirish 
jarayonida soliqlarni rejalashtirish 
Korxonada soliqni rejalashtirish, avvalo soliq to'lovlarini 
optimallashtirishni anglatadi. Korxonada soliqni optimallashtirish 
bu - soliq to'lash xarajatlarini kamaytirish orqali moiiyaviy 
natijalarga ega bo'iish yoki soliq to'lovlarini amalga oshirmagan 
holda ko'proq tushumga ega bo'lishdir. Soliq to'lovchi budjetga 
to'lovlarni qisqartirish, binobarin, mulkni saqlab qolish uchun yo'l 
qo'yiladigan barcha usullardan, shu jumladan, qonun hujjatlari 
kamchiliklardan foydalanish huquqiga egadir. 
Korxonada soliqlarni rejalashtirishning asosiy tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 
- soliq to'lovlarini kamaytirish korxonaning moiiyaviy holatini 
yaxshilash va investitsion qiziqishni kuchaytirish evaziga foyda 
miqdorini ko'paytirish; 
- soliqlarni kamaytirish. Ko'p hollarda bu moiiyaviy ko'rsat-
kichh '-tini yomonlashishi evaziga sodir bo'ladi. Shuning uchun 
soliqlai. linimallashtirish usullarini qo'llashdan avval ularni 
xo'jalik y\ ituvchi subyektning moiiyaviy natijalariga ta'sirini 
chuqur tahlil qilish shart. 
Ikki faoliyat turi, xattoki ishlash sharoitlari bir xil bo'lgan 
obyektlar uchun ham soliqlarni optimallashtirishning bir turidan 
foydalanishda bir xil natijalarga erishilmasligi mumkin. Masalan, 
220 ishchi xodimdan tashkil topgan oyoq kiyim ishlab chiqaruvchi 
korxona faoliyatida optimallashtirishning bir usuli ishlab chiqildi va 
amaliyotda uni qo'llash evaziga muvaffoqiyatga erishildi, xuddi shu 
optimallashtirishning sxemasini ikkinchi xuddi shunga o'xshash 
korxona amaliyotda qo'llamoqchi bo'Idi, ammo u ham xuddi 
185 


shunday natijaga erishadi deb bo'lmaydi. Shuning uchun aniq 
tavsiyalarga ega bo'lish maqsadida, albatta daromad hisob-kitobini 
amalga oshirish zarur. 
Korxonada soliqni rejalashtirishni samarali amalga oshirish 
uchun quyidagilarga e'tibor berish zarur: 
— nafaqat joriy yil, balki rejalashtirilayotgan davr uchun ham 
soliq qonunchiligidagi o'zgarishlar ta'sirini hisoblash; 
— soliq davri uchun aniq biznes rejaning mavjudligi. Iqtisodiy 
ko'rsatkichlar aniq bo'lmasdan turib, soliqni to'g'ri rejalashtirish 
mumkin emas. Respublikamizda ro'yxatdan o'tgan va faoliyat yurit-
mayotgan korxonalar soni ko'p. Shu tufayli, soliqni rejalashtirishda 
faoliyat yuritishdan keladigan soliq oqibatlarining to'g'ri aniqlanishi 
mablag' va vaqtning tejalishiga yordam beradi; 
— soliqni samarali rejalashtirish nafaqat soliq qonunchiligini 
yaxshi bilishni, balki turli sohaga doir iqtisodiy bilimlarni chuqur 
o'zlashtirishni talab etadi; 
— soliq to'lovchilarning o'z qonuniy huquqlarini talab qila 
olishlari ham korxonada soliq to'lovlarini optimallashtirish uchun 
muhimdir. 
Amaliyotda korxonada soliqlarni rejalashtirishda quyidagi uch 
yo'ldan biri tanlanadi: 
— rejalashtirishning mumtoz turi: uning mohiyati soliqlarni o'z 
vaqtida to'liq, to'g'ri to'lashni bildiradi. Bunda bugalteriya va 
boshqa hisobotlar aniq hamda to'g'ri yuritiladi, qonunchilikka aniq 
rioya qilinadi; 
— optimallashtirilgan variant: bunda soliq to'lovchi kamroq 
soliq to'lash maqsadida amaldagi qonunchilik imtiyozlaridan va 
boshqa imkoniyatlardan foydalanib, o'zining iqtisodiy faoliyatini 
rejalashtiradi va tashkil qiladi. Bunda soliq to'lovchi amaldagi 
qonunchilikning barcha yutuq va kamchiliklaridan, shu jumladan 
murakkablik, nomukammallik, qarama-qarshilik holatlaridan 
foydalanadi; 
— soliqlarni kamaytirishning noqonuniy
y o ' l i .
Moliyaviy
vaziyat 
yomonlashgan sharoitlarda tadbirkorlar ikki muqobil yo'ldan birini 
tanlaydi: daromadlari, faoliyatlari, oborotlarini yashirish yoki 
bankrotlik e'lon qilish. Ko'p hollarda birinchi yo'l tanlanadi. Bunda 
tavakkalchilikka yo'l qo'yiladi. Korxona ko'proq foyda ko'rib 
186 


qolishi mumkin, ammo bu soliq nazorati kuchli sharoitda salbiy 
oqibatlarga olib keladi. 
Soliq yuki darajasi korxonalar foyda olishini nihoyatda chegara-
laydigan (yoki ta'minlamaydigan) sharoitda korxonalar inqirozga 
uchrashi mumkin yoki noqonuniy yo'llarga o'tishga majbur bo'ladi. 
Amaliyotda korxonalarda soliqlarni rejalashtirishning quyidagi 
uch turidan qaysi biri tanlanishini to'liq soliq stavkasining darajasi 
mezon qilib olinishi ko'rsatib o'tilgan. To'liq soliq stavkasi 
deyilganda, barcha soliqlarning korxonada yaratilgan qo'shilgan 
qiymatdagi ulushi sifatidagi soliq yuki tushuniladi. Uning miqdoriga 
qarab, korxonada soliqni rejalashtirish turlarini tanlash mumkin: 
1. Agar 10-15%ni tashkil etsa, soliqni rejalashtirilishning 
mumtoz yo'lini tanlash ma'qul; 
2. Agar to'liq soliq stavkasi 20-35%ni tashkil etsa, soliqlarni 
rejalashtirishning optimallashtirilgan variantini qo'llash mumkin. 
Lekin bunda, maxsus chizma va dasturlardan foydalanilmaydi. 
3. Agar to'liq soliq stavkasi 40-50%dan ortiq bo'lsa, soliqlarni 
rejalashtirishning optimallashgan variantlarini soliq ekspertiza-
laridan foydalangan holda, strategik soliqni rejalashtirish orqali, 
soliqni rejalashtirishning maxsus bo'linmalari orqali amalga oshirish 
tavsiya etiladi. 
Birinchi yo'ldan asosan, kichik korxonalar foydalanadi, ikkinchi 
va uchinchi yo'ldan o'rta va yirik korxonalar foydalanadilar». 
Soliqlarni rejalashtirish haqida gap ketganda. ko'p hollarda 
odamlar ko'z oldilariga birinchi o'rinda soliq summalarini 
kamaytirishni keltiradilar, lekin korxonaning xom-ashyosini iqtisod 
qilish kabi faktorlarni unutmaslik kerak, bunda aynan soliq to'lov-
chilarning soliqlarni to'lash va hisoblash bilan bog'liq boshqaruv va 
ma'muriy xarajatlarini kamaytirish masalasi ko'tariladi. 
Respublikamizda shakllangan soliq tizimi (soliq yuki) sharoitida 
korxonalar soliqni rejalashtirishning qaysi yo'lidan ko'proq foydala-
nadilar yoki qaysi yo'ldan fovdalanishni tavsiya etish mumkin. 
Korxonalarda soliqni rejalashtirishning asosan optimallashti-
nlgan variantlarini qo'llash ma'qul. Bunda faqat soliq imtiyozlari, 
pasaytirilgan stavkalar va boshqa ustuvorliklardangina emas, balki 
soliq qonunchiligining kamchiiiklaridan, shu jumladan, murakkab-
J
k, nomukammallik va qarama-qarshilik holatlaridan keng foyda-
187 


laniladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Prezident qatoriga ko'ra, 
qonunchilikdagi noaniqliklarning soliq to'lovchilar foydasiga hal 
qilinishi korxonalarda soliq to'lovlarini optimallashtirishda muhim 
ahamiyatga ega bo'ladi. 
Korxona o'z tadbirkorlik faoliyatini boshlash jarayonida 
soliqlarni rejalashtirish maslasini ishlab chiqarish rejasining asosiy 
qismi tarkibiga kiritishi kerak. 
Soliqlarni rejalashtirish jarayoni tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1. Soliq hisobini yuritish. Korxonada soliq hisobini yuritish 
jarayonida avvalo, shunga alohida e'tibor berish kerakki soliq hisobi 
korxonada mavjud bugalteriya hisobi bilan uzviy bog'liq, shunday 
ekan, ularni o'zaro aloqadorlikda yuritish maqsadga muvofiq 
bo'ladi. 
Soliq qonunchiligida ta'kidlanishicha, soliq xisobini yuritish 
tarzi va soliq hisobotida analitik ma'lumotlarni aks ettirish tartibi, 
birlamchi hisob hujjatlarini yuritish tartibi soliq to'lovchilar tomo-
nidan mustaqil yuritiladi va soliqqa tortish maqsadida korxonaning 
hisob siyosatida ilovalar tarzida aks ettiriladi deyilgan. Ammo bu 
soliq to'lovchilar soliq hisobini yuritishni o'zi xohlagancha hech 
qanday chegaralarsiz yuritishi mumkin degani emas, Soliq 
qonunchiligida, soliq hisobini yuritishning va tasdiqlashning 
shartlari mavjud. Shu shartlarga amal qilgan holda, soliq to'lovchi 
shunday soliq hisobini tanlasinki, u bir tomondan soliq qonunchiligi 
me'yoriy hujjatlariga to'g'ri kelsin ikkinchi, tomondan bu hisob 
siyosati hamma uchun aniq va tushunarli sodda albatta, uni yuritish 
uchun sarflanadigan xarajatlar minimal bo'lsin. Hozirgi kunda soliq 
to'lovchi bunday natijaga erishishi uchun soliq to'lovchi bugalteriya 
hisobining quyidagi turlarini yuritishi shart: 
- asosiy bugalteriya hisobi; 
— korxona ta'sischilari qiziqishini inobatga olgan holda korxona 
hisobini yuritish; 
- bank hisobini yuritish; 
— soliq hisobini yuritish. 
Bu hisoblarni yuritish albatta bugalteriya ishini yuritishga 
ketadigan xarajatlar ko'payishiga olib keladi, ayniqsa, kichkina 
korxonalarda bu yaqqol namoyon bo'ladi. Shuning uchun 
korxonada soliq hisobini yuritish uchun qonunchilik doirasidan 
188 


chiqmagan holda iloji horicha ish xajmini qisqatirishga intilish 
maqsadga muvofiq bo'ladi. 
2. Hisob siyosatini yuritish. Soliqlarni rejalashtirishning bu 
bosqichini amalga oshirish jarayonida soliq to'lovchilar soliq 
hisobini yuritish bo'yicha yuzaga kelayotgan bir qancha muammoli 
holatlarning yechimini topish uchun taklif qilinayotgan bir qancha 
usullardan birini tanlashlari mumkin: 
— daromad olishda pul kelib tushgan vaqtni tanlash (kassa usuli 
yoki pul kelib tushgandagi vaqt); 
— xomashyo materiallarini baholash metodlarini tanlash, ya'ni, 
zahiradagi materiailar tannarxi bo'yicha baholash metodi; 
— materiallarni o'rtacha qiymat bo'yicha baholash metodi; 
— tannarxni birlamchi kelib tushgan mahsulot bo'yicha baholash 
metodi (FIFO); 
— tannarxni oxirgi kelib tushgan mahsulot tannarxi bo'yicha 
baholash metodi (LIFO); 
— amortizatsiya so'mmasini hisoblash tartibi va metodi. To'g'ri 
chiziqli usul, kamayib boruvchi qoldiq usuli, bajarilgan ishlar 
hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuli, kumulyativ usuli; 
— shubhali qarzlar bo'yicha zahirani yaratish yoki yaratmaslik 
haqida qarorlar qabul qilish. 
Yuqorida ko'rsatilgan takliflar soliq davri boshlanishidan oldin 
belgilanishi va butun davr mobaynida o'zgarmasdan saqlanishi 
lozim. Amaliyot jarayoni shuni ko'rsatadiki, soliq davri mobaynida 
birinchi tanlangan yo'nalishdan ikkinchi yo'nalishga o'tish soliqqa 
tortish bazasini qayta hisoblash zaruratini yuzaga keltiradi va bunda 
katta qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shuning uchun u yoki bu 
yo'nalishni tanlashdan avval chuqur o'ylanishi shart. Tanlangan 
yo'nalish mukammal tarzga yetishi uchun bir necha soliq davrlari 
mobaynida saqlanmog'i lozim 
3. Korxonada xarajatlar tarkibini qayta tahlil qilish. Korxona 
xo'jalik faoliyatini yuritish jarayonida mavjud ish, xizmatlar xajmini 
imkon qadar kamaytirish evaziga, qo'shimcha xarajatlarni 
kamaytirishga intilish, faoliyat davomida ikkilamchi zaruratga ega 
bo'lgan xarajatlar tarkibini qayta ko'rib chiqish va kamaytirish kabi 
ishlarni amalga oshirish zaruriyati yuzaga keladi. Bunga asosiy 
sabab ayrim hollarda soliq bazasi bazaga qayta qo'shiladigan 
189 


xarajatlar evaziga kattalashi va bu albatta soliqlar miqdorini o'z-
o'zidan oshishiga olib keladi. Shunday ekan soliq to'lovchi korxona 
soliq qonunchiligini chuqur o'rgangan holda yoki soliq maslahat-
chisini yollash yordamida qarorlar qabul qilishi lozim. Bundan 
tashqari, qonuniy xarajatlarning ko'payishi, ya'ni soliqlar bazasidan 
chegiriladigan xarajatlarning ko'payishi masalan, foyda solig'i 
bo'yicha soliq miqdorini kamayishiga olib kelishi mumkin. Ammo 
bunga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak, chunk! xarajatlarning 
ko'payishi budjetga ketadigan soliq to'lovlar xajmini kamay-
tiribgina qolmasdan, balki, korxonada qoladigan foyda xajmini ham 
kamaytiradi. Bunday holatlarni chuqur o'rgangan holda qarorlar 
qabul qilish kerak. 
4. Soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilish. 
Soliq imtiyozlaridan o'z vaqtida qonun doirasida foydalana olish o'z 
-o'zidan soliq to'lovlarining sezilarli tarzda qisqarishiga olib kelishi 
mumkin. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun esa awalo, korxona 
faoliyat yuritishini shunday tashkil etish kerakki, soliq qonun-
chiligining imtiyozini olish uchun zarur bo'lgan barcha talablarini 
bajarsin. 
5. Soliqqa tortish tizimini optimallashtirishning tanlangan sxe-
masi har tomonlama barcha soliqlar va soliq to'lovchilar tomonidan 
o'rganilgan bo'lishi shart. Yuqorida ta'kidlanganidek bir soliq turini 
kamaytirish evaziga ikinchi soliq turining xajmi sezilarli darajada 
ko'tarilishiga sabab bo'lishi mumkin va natijada budjetga 
to'lanadigan soliqlar xajmi optimallashtirishdan oldingi soliqlar 
xajmiga nisbatan kamayish o'rniga, aksincha, ko'payib ketishi 
mumkin, masalan korxona foyda solig'i bo'yicha imtiyozga ega 
bo'ldi va soliq to'lamadi, natijada infrastruktura solig'i miqdori 
ko'payadi (sabab infrastruktura solig'i bazasidan foyda solig'i 
miqdori chegirilib tashlanadi). 
6. Soliqlarni rejalashtirish jarayonida Davlat soliq inspeksiyasi 
bilan rnunosabatlarni shunday yo'lga qo'yish kerakki, penya va 
sanktsiyalar va soliq qonunchiligining buzilishiga ketadigan 
xarajatlar minimum bo'lsin. Buning uchun, avvalo soliq to'lovchi 
qonun hujjatlarni to'liq o'rgangan bo'lishi, va qonunbuzarliklar, 
sanktsiyalar tarkibini har doim yodda saqlashi lozim, shundagina 
190 


soliq javobgarligiga tortiladigan qonunbuzarliklar oldini olishi 
mumkin bo'ladi. 
7. Korxonada soliq to'lovlari bo'yicha soliq kalendarini 
yuritish. Bu kalendar soliq qonunchiligi asosida shunday tuzilgan 
bo'lishi kerakki, har bir soliq to'lovi bo'yicha muddat yaqinlash-
ganda korxonada shunga yetarli mablag' mavjud bo'lsin. Buning 
uchun korxona soliq kalendarini o'zining umumiy to'lov kalendari 
tarkibiga kiritgan bo'lishi shart va shundagina u soliqlarni o'z vaqti-
da muddatidan kechiktirmasdan to'lash imkoniyatiga ega bo'ladi. 
Korxonada yuqorida ko'rsatilgan soliqlarni rejalashtirish 
bosqichlari bosib o'tilganidan so'ng, qabul qilingan qarorlarni 
baholash imkoniyati mavjud bo'ladi, bunda avvalo soliqlarni 
rejalashtirish uchun ketadigan vaqtning yetarli bo'lganligini (ya'ni 
bir yildan kam bo'lmagan muddatda) hisobga olish lozim. Baholash 
jarayonida nafaqat soliqlarga ketadigan mablag'lar bo'yicha 
moiiyaviy natijalargagina e'tibor qaratmasdan, balki soliqlarni 
minimallashtirish bo'yicha soliqlarni rejalashtirish jarayonini 
qo'llashga korxona tomonidan qilingan qo'shimcha xarajatlar, 
penya, shtraflar miqdorlarini ham hisobga olish lozim. 
Hozirgi kunda korxona oldida yangi imkoniyatlar paydo bo'l-
moqda, ya'ni zamonaviy soliq to'lash jarayonini tashkil etishning 
usullaridan biri kredit olib soliq to'lash, masalan, korxona hisobida 
soliq to'lashi uchun mablag' yetarli emas, bunda uning oldicla ikki 
yo'l bor, biri kredit olib soliq to'lash yoki soliqlarni kechiktirib 
to'lash, bularning ikkisidan birini tanlashida korxona asosiy 
e'tiborni soliqlarni kechiktirib to'laganligi uchun penyaning 
summasi bilan bankdan olishi mumkin bo'lgan soliq kreditining 
stavkasi o'rtasidagi farqqa qaratadi, albatta. Bu ham soliqlarni 
rejalashtirish tarkibiga kiradi. 
Korxonada qabul qilingan soliqlarni rejalashtirish strategiyasi 
butun rejalashtirish davri mobaynida faol ishlashi ustidan nazorat 
olib borilishi shart. 
Soliqlarni rejalashtirish jarayoni quyidagilarni talab qiladi: 
- korxonada axborot tizimi asosiy ko'rsatkichlarni prognoz 
qilishda, hisob-kitob amallarini bajarishda asosiy yordam ko'rsatadi; 
- soliqlarni rejalashtirish ko'pgina iqtisodiy kategoriyalar va 
huquqiy vaziyatlarni analiz qilish bilan bog'liq; 
191 


Soliqlarni rejalashtirish davrida budjetga to'lanadigan soliq 
summalarini aniqlashtirish soliq to'lovchining biznes rejasini 
tuzishdagi eng so'nggi bosqichlardan biri hisoblanadi. Har qanday 
soliq to'lovining xajmi soliq to'lovchidagi mavjud soliqqa tortish 
obyektiga, soliq bazasining xajmiga, soliq davriga, soliqlarni to'lash 
tartibiga va vaqtlariga bog'liq. 
Soliqlarni rejalashtirishning birinchi bosqichida, soliq to'lov-
chining biznes rejasida mavjud quyidagi ma'lumotlarni, ya'ni 
soliqqa tortish obyektlarini, undan soliq bazasini hisoblashni, soliq 
imtiyozirii olish huquqiga egami, yo'qmi kabi ma'lumotlarni tahlil 
qilishi asosida soliqlarni rejalashtirish davrida to'lanadigan to'lovlar 
va to'lov grafiklari bo'yicha soliq summalarini aniqlashtirish 
imkoniyatini beradi. 
Soliqlarni rejalashtirishning ikkinchi bosqichida, soliq 
to'lovlarini qonuniy qisqartirish maqsadida, korxona faoliyati analiz 
qilinadi. Bunda asosiy e'tibor soliqlar bo'yicha imtiyozlardan 
foydalana olish qobiliyatlariga qaratiladi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling