A guruh elementlari


Download 21.34 Kb.
bet3/4
Sana25.12.2022
Hajmi21.34 Kb.
#1066373
1   2   3   4
Bog'liq
1 мавзу Davriy sistemaning I A guruh elementlari. K va Na – xossalari va ularni qurilishda ahamiyati.

Boshqa ishqoriy metallar. Tabiatda uchraydigan natriy izotopining massa soni 23. Kaliy uch xil atom massali izotop holatida uchraydi: 39, 40 va 41.
Barcha ishqoriy metallar kuchli qaytaruvchilar. Ular juda oson +1 zaryadli ionlarga o’tadi. Ionlanish entalpiyasining kichikligi, ionlarning sharsimonligi, kam qutblanuvchanligi ularning kimyoviy xossalarini belgilaydi. Kovalent bog’ hosil qilish qobiliyati litiyda eng yuqori. Metallarning bug’larida Li2,Na2 hosil bo’lishida bog’ kovalent. Boshqa bog’larda ion bog’ hissasi ortib boradi.
Kislorodda yondirilganda faqat litiy oksid hosil qilib boshqa ishqoriy metallar peroksidlar va superoksidlarga aylanishi kuzatiladi:
2Na+O2=Na2O2
K+O2 =KO2

Rb+O2=RbO2
Cs+O2=CsO2
Peroksidlarni suv bilan ta’siridan vodorod peroksidi yoki kislorod hosil bo’ladi.
Na2O2 + 2H2O = 2NaOH +H2O2 2KO2+2H2O=2KOH+H2O2+O2
Peroksidlar yopiq sistemalarda kislorod manbasi sifatida ishlatiladi:
2Na2O2+2CO2=2Na2CO3+O2


 Peroksidlardan oksidlarni metallar qo’shib olish mumkin:
Na2O2+2Na= 2Na2O K2O2+2K= 2K2O
Natriy va kaliy oksidlari oq rangli, rubidiy va seziy oksidlari sariq rangli. Ishqoriy metallar oksidlari suv bilan shiddatli ta’sirlashadi. Oksidlarning faolligi Li2O dan Cs2O qarab ortib boradi.Ishqoriy matallarning gidroksidlari oq qattiq moddalar. Ular tabiatda uchramaydi. Ular ishqoriy metallar xloridlarining eritmalarini elektroliz qilish orqali olinadi.
2MeCl+2H2O=2MeOH+H2+Cl2
Eng ko’p qo’llaniladigan natriy gidroksidi olish uchun ohakka soda qo’shib olinadi(shuning uchun kaustik soda):
Na2CO3 +Ca(OH)2= 2NaOH+CaCO3
Soda olish usullari keyinchalik uglerod mavzusida alohida ko’rib chiqiladi.
Ishqoriy metallar galogenlar bilan shiddadli va issiqlik chiqishi bilan ta’sirlashadi:
2Me+ F2= 2MeF
Juda oson ishqoriy matallarning sulfidlari hosil bo’ladi:
2Me+S = Me2S
Me2S larni oltingugurt bilan qo’shib suyuqlantirilsa persulfidlar hosil bo’ladi.
Na2S, Na2S2, Na2S4 , Na2Sn n=1-:- 6;
Ishqoriy metallar vodorod bilan oson ta’sirlashadi. Bunda metall gidridlari hosil bo’ladi.Ularning bog’lanishi ion tabiatli.
Suyuq ammiak bilan ishqoriy metallarning reaksiyasida amidlar, imidlar va nitridlar hosil bo’ladi.
2Na+2NH3=2NaNH2+H 2Na+NH3=Na2 NH+H2
6Na+2NH3=2Na3N+3H2 
Natriy va boshqa ishqoriy metallar simobda eriydi va intermetallik birikmalar- amalgamalarga aylanadi.
Litiy – alangani qizil-binafsha rangga bo’yaydi. Natriy ishtirokida alanga sariq-g’isht rangga bo’yaladi. Kaliy alangani binafsha-siyoh rangga pubidiy qizil, seziy esa binafsha tusga bo’yaydi. Shu usul bilan bu metallar borligi aniqlanadi.

Download 21.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling