Markazdan qochma cho’kma nasos qurilmalar bilan jixozlangan quduqni ishlatish va montaj qilishda xavfsizlik texnikasi
MQChENQ ni montaj, demontaj qilish va ishlatish bo‘yicha barcha ishlar neft qazib olish sanoati xavfsizlik texnikasi, elektroqurulmalarni ishlatish talablari va texnika xavfsizligi qoidalari asosida olib boriladi.
Ishni xavfsiz olib borishning maxsus talablarida quyidagi qoidalarni bajarish ko‘zda tutiladi.
apparatning ishonchli mahkamlanganligini, tok kuchi yordamida yuritiladigan elektrojixozlar va boshqa ishlar faqat qurilma o‘chirilgan holatda amalgam oshiriladi;
transformator va boshqaruv stansiyasi korpusi, shubilan birgalikda kabel zirhi yerga ulangan bo‘lish shart;
quduqning mustahkamlovchi quvurlar tizmasi yerga ulanuvchi kontur bilan ulanishi shart;
qurilma ―Pusk‖ va ―Stop‖ tugmachalari yordamida yoki boshqaruv stansiyasi tashqi tomoniga o‘rnatilgan muruvatli qo‘shgich yordamida maxsus ko‘rsatma bilan tanishgan I guruh kvalifikasiyasiga ega nazoratchi tomonidan ishga tushiriladi;
montaj, tekshirish, sozlash, tamirga va boshqaruv stansiyasiga o‘lchov apparatlarini va rele apparatlarini o‘rnatish, shubilan birgalikda transformator chiqishini almashtirish, faqat qurilmani o‘chirgan holatda amalgam oshiriladi. Qurilmani o‘chirishda ikki kishi qatnashib, birining kvalifikasiiyasi III guruhdan past o‘lmasligi kerak;
kabel boshqaruv stansiyasidan quduq ustigacha yer yuzasida 400 mm oraliqdan kam bo‘lmagan masofada maxsus tayanchlarda o‘tkaziladi;
sinash uchun qo‘shish va ishlash vaqtida kabelga teginish taqiqlanadi;
qurilmanig izolayasiya qarshiligi 1000V gacha kuchlanishda megometr bilan o‘lchanadi;
rubilnik-saqlagich blokini almashtirish va ta‘mirlash boshqaruv stansiyaning o‘zida almashtirish uchun boshqaruv stansiyasidan 380 V kuchlanishdagi tarmoqni uzib amalga oshirish talab qilinadi(ochirish 6/0,4 kV transformatori III guruhdan kichik bo‘lmagan kvalifikasiyali xodim yordamida amalga oshirish talab qilinadi);
cho‘ktirma agregat qismlarini ulashda shlisali muftani qo‘l bilan ushlash taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |