A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


«Neft va gaz qazib olish texnologiyalari»


Download 6.89 Mb.
bet3/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

«Neft va gaz qazib olish texnologiyalari» fani «Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» yo‘nalishidagi asosiy mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi. Ushbu fanni o‘qitishdan maqsad bo‘lajak bakalavrlarni neft va gazni qazib olishda qo‘llaniladigan zamanoviy texnologiya va texnikalar bilan tanishtirib o‘rgatishdan iborat.
«Neft va gaz qazib olish texnologiyalari» fanida neft va gaz uyumlari tasnifi, qatlam energiya manbalari, uyumlarni ishlatish rejimlari, quduq tubi atrofiga ta‘sir etish usullari, neft va gaz quduqlari va qatlamlarini tadqiq etish, neft va gaz quduqlarini ishlatish usullari, favvora, gazlift va mexanizatsiyalashgan usullarda neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi, quduqlarda ta‘mirlash ishlarini olib borish texnologiyasi va texnikasi bilan tanishib chuqur bilimga ega bo‘ladilar.
Ma‘lum texnologik jarayonga bo‘lgan barcha talablarni inobatga olgan holda, tegishli jixoz turini tanlay bilish, shunga tegishli hisob kitoblarni bajarishda fanning yordami beqiyosdir.
Ayniqsa jixozlarni ishlatish qoidalarini o‘rgatish, ularni o‘z vaqtida ko‘zdan kechirish, lozim bo‘lgan holda, ta‘mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni yechish va jixozlarni xizmat davrini uzaytirishga asos bo‘ladi.
  1. bob. Neft uyumining fizik tavsifi


    1. Neft konini sanoat miqyosida baholash ko‘rsatkichlari

Neft koni – quruq yoki suv bilan to‘yingan tog‘ jinslari bilan ajralgan bir yoki bir necha uyumlarining ustma – ust joylashishidan tashkil topgan bo‘ladi. Ularni bir vaqtda birgalikda yoki bir vaqtda alohida ishlatish mumkin. Har bir uyumni alohida ishlatish obekti sifatida qarash mumkin. Bir uyum tarkibida bir necha ishlatish obektlari ham bo‘lishi mumkin.
Har bir neft koni o‘zining ishga tushirish xilma – xilligi va imkoniyatlariga qarab sanoat miqyosida ahamiyatga ega. Konlarni sanoat miqyosida baholashning cheklangan ko‘rsatkichlari mavjud emas. Bu ko‘rsatkichlarning asosiysi va umumiylari quyidagilar sanaladi: 1) neft zaxirasini tashkil qiluvchi, neftni o‘zida ushlab turuvchi yetarli tog‘ jinsi hajmining mavjudligi; 2) neftni yer yuzasiga chiqaruvchi yetarli tabiiy energiyaning mavjudligi; 3) neftning tabiiy harakatlanuvchanlikka egaligi; 4) neftning yaxshi sifatga egaligi; 5) neft, suv va gaz joylashgan tog‘-jinslarining yaxshi tasnifga egaligi; 6) neft qazib olish texnologiyasini amalga oshirish jarayonida tog‘ jinsi va unda joylashgan fazalarni fizik-kimyoviy ta‘sirlanishining o‘ziga xosligi.
Neft koni va uni o‘rab turgan suv havzasi yagona suv bosimi tizimi deb qaraladi. Bunda konning neftga to‘yingan hajmidan suvga to‘yingan hajmi katta bo‘ladi. Bir suv bosimi tizimida bir necha neft koni joylashgan bo‘lishi ham mumkin. Suv bosimi tizimida suv oqimi ma‘lum bosimlar farqi va tezlikda ta‘minot manbaidan oqib chiqish joyi tomon harakatlanadi. Suv bosimi tizimining tabiiy ta‘minot manbai shu qatlamlarning yer yuzasiga chiqqan yuqori qismi ya‘ni tog‘lardagi muzliklar, ko‘llar, daryolar va yomg‘ir suvlari hisoblanadi. Ta‘minot manbaidan kelgan suvlar o‘z oqimi bilan tizimning eng pastki nuqtasidagi ko‘llar, dengiz va daryolarga qo‘shiladi. Suv bosimi tizimining uzunligi bir necha 10 km dan
100 km gacha bo‘lishi mumkin.
Yopiq suv bosimi tizimlari ham mavjud. Neft konlarini ishlatish natijasida bir
- biriga ta‘sir ko‘rsatishi ham kuzatiladi. Bir konning ishlatilishi ikkinchi konda bosim tushishiga sabab bo‘lishi ham mumkin.
Suv bosimi tizimining geometriyasi va tuzilmasidan tashqari fizik kattaliklari: g‘ovakligi, o‘tkazuvchanligi, neft, gaz va suvlarning boshlang‘ich tarkibi, boshlang‘ich bosimi, boshlang‘ich harorati va neftning gazga to‘yinish bosimlari ham katta ahamiyatga ega. Yuqorida sanab o‘tilgan fizik ko‘rsatkichlar neft qazib olish texnologiyasiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bu ko‘rsatkichlar konni ishga tushirishdan oldin aniqlanishi lozim. Bu ko‘rsatkichlar ikki yo‘l bilan aniqlanadi: laboratoriya sharoitida va maxsus tadqiqotlar natijasida.
Tizimning ko‘rsatkichlarini baholash neft qazib olish texnologiyasining asosiy vazifasidan sanaladi. Neft va suv tarkibida gaz doim uchraydi, u ishlatish jarayoniga ta‘sir ko‘rsatadi. Neft, gaz va qatlam suvi, suv bosimi tizimining asosiy tarkibiy qismini tashkil qilib, yagona majmua hisoblanadi. Bu majmuaning qonuniyatlarini o‘rganish neft va gaz qazib olish texnologiyasini tashkil qiladi.



    1. Download 6.89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling