A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet7/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Gaz bosimi rejimi. Gaz do‘ppili uyumlarda neftni quduqlar tubiga harakatlan- tiruvchi asosiy energiya manbai gaz do‘ppisidagi gazning bosimi hamda neftda erigan gazning qayishqoqligi hisoblanadi. Bu uyumlarda bundan tashqari chekka va ostki suvlarning faolligi kuzatilishi mumkin.
Gaz bosimi rejimida ishlatishning dastlabki davrlarida neft olish ahamiyatsiz kamayadi. Bu ko‘p neft qazib olinganda uyumning neftli qismida qatlam bosimini pasayishi natijada gaz do‘ppisidagi gazning kengayishi hisobiga bosimning yuzaga kelib neftni gaz bilan siqib chiqarilishi bilan bog‘liq. Bunday holda uyumda GNCh ni tobora pasayishi kuzatiladi. Vaqt o‘tishi bilan gaz do‘ppisida ham bosim tobora pasaya boshlaydi va neft debitini kamayishiga olib keladi. Gaz bosimi rejimida qatlam bosimining o‘zgarishi jami neft olishga bog‘liq bo‘ladi.
Neft qanch ko‘p olinsa, qatlam bosimi shunch pasayib boradi va uyumning neftli qismida qatlam bosimining pasayishiga olib keladi. Bu neftda erigan gazning erkin holatda ajralishi va uni gaz do`ppisida to‘planishiga imkon yaratadi. Neft tarkibidan gazning ajralishi uning qovushqoqligini ortishiga sabab bo‘ladi va neft debitiga hamda neft beraoluvchanlikka salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Qatlam bosimining yanada pasayishi gaz omilini o‘sishiga olib keladi.
Uyumning neftli qismida qatlam bosimining sezilarli pasayishi chekka va ostki suvlarini harakatlanishi va uyumga kirishiga imkon yaratadi. Bu o‘z navbatida SNCh ni uyumning gumbaz qismiga tomon siljishiga olib keladi. Qatlam bosimini uyumning gazli qismida pasayishi va ko‘p miqdorda gaz olish GNCh ni yuqoriga siljishi va neftni quruq kollektorga kirishiga sabab bo‘ladi. U yerdan neftni olish imkoni bo‘lmaydi. Tabiiyki bu jarayon neftberaoluvchanlikni pasayishiga olib keladi. Bunday holatlarda gaz do`ppisidan gaz olish maqsadga muvofiq emas.
Gaz bosimi rejimida oxirgi neftberaoluvchanlik koeffitsienti 0,5-0,7 ni tashkil
qiladi.
Erigan gaz rejimi. Neftni qazib chiqarish quduqlari tubiga harakatlantiruvchi
asosiy energiya manbai neftda erigan gazning qayishqoqligi hisoblanadi. Bu rejim odatda uyumning neftli qismi bilan chegara orti qismining gidrodinamik aloqasi yaxshi bo‘lmagan uyumlarda yuzaga keladi.
Erigan gaz rejimi qatlam bosimi to‘yinganlik bosimidan pasayganda kuzatiladi. Uyumda neftda erigan gazlar undan ajralib erkin holdagi pufakchalarni hosil qiladi. Bu vaqtda ular neftgaz aralashmasi hosil qilib qayishqoqligini yaxshilaydi, neftni qovushqoqligini pasayishiga imkon yaratadi va aralashmaning harakatlanishini yaxshilaydi. Ishlatishning bu davri qatlam bosimining doimiy ravishda pasayishi, gaz omilining nisbatan va joriy qazib chiqarishni maksimal bo‘lishini ta‘minlaydi.
Gaz pufakchalarining miqdori ortadi va quduqlar tubiga neftga nisbatan tezroq yetib keladi. Bu davrda gaz omili ortadi va neft uchun fazoviy o‘tkazuvchanlik kamayadi. Shu vaqtda neft o‘zida erigan gazning asosiy qismini yo‘qotib qovushqoq bo‘lib qoladi va harakatchanligi kamayadi. Shuning uchun qatlam bosimining pasayib borishiga qaramasdan joriy neft olish minimumgacha kamayadi.
Neftda erigan gazning miqdori chegaralanganligi sababli uning energiyasi pasayadi, neftdan gazning ajralishi to‘xtaydi. Gaz omili minimumgacha kamayadi. Erigan gaz rejimida qatlam bosimining pasayishi jami neft va gaz olishga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida bayon qilinganlar erigan gaz tarzining kam samaraligidan dalolat beradi. Neft beraoluvchanlik koeffitsienti sharoitiga bog‘liq holda 0,1-0,3 oraliqda o‘zgaradi.

Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling