A. I. Gertsen (moddiy jismlar va hodisalarning mavjudligining har XIL shakllari)
Download 66.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqпропгшгш
Jadval
7-8 yoshli bolalar uchun P'eron - Ruzer metodikasi bo‘yicha qog‘ozni to‘ldirish normalari (M.P.Kononova natijalari).
Bunda sinaluvchining chalg‘iganligi, ishni davom ettirish zarurligi haqida eslatilganligi va hokazolar e'tiborga olinadi. Diqqatning ko‘chishi, uzoq davom etadigan aqliy ishga qobiliyatini o‘rganish maqsadida I.V.Kruk (1986) tomonidan taklif etilgan metodikaning o‘zgartirilgan variantini qo‘llash mumkin. Uning mazmuni quyidagicha: bola 1-qog‘ozni to‘ldirgandan so‘ng, to‘ldirish qo‘llanmasi o‘zgartirilib, 2-qog‘oz taklif etiladi; o‘sha belgilarni boshqa geometrik figuralarga qo‘yib chiqish kerak. Keyin 3-qog‘oz ko‘rsatiladi: toq qatorlar 1-qog‘oz namunasi bo‘yicha, juft qatorlarni 2-qog‘oz namunasi bo‘yicha to‘ldiriladi. Olingan natijalar quyidagicha qayta ishlanadi. 1 va 2-chi qog‘ozlarni to‘ldirish uchun ketgan vaqt orasidagi farq vaqt etishmovchiligi – E ni aniqlash orqali amalga oshiriladi: E=t1+t2 Bu erda t – qog’ozlarni to’ldirish uchun ketgan vaqt. Bundan tashqari, xatolar farqi (XF) quyidagi formula bilan aniqlanadi. XF=3K-/IK+2K/; Bu erda k – har bir qog‘ozni to‘ldirishdagi xatolar. Xatolar farqi ko‘rsatkichi ixtiyoriy diqqat darajasining pastligi, aqliy ish qobiliyati yomonligi mezoni sifatida qaralishi mumkin. Bolalar bu topshiriqni qiziqib bajaradilar, yaxshiroq natijaga erishishga intiladilar. 5-6 yoshli bolalar qog‘ozni to‘ldirishni Yuqoridagi 4 ta figuraga qarab bajaradi. 9-10 yoshli o‘quvchilar esa 1 daqiqadan so‘ng bu ishlarni eslab qolib mustaqil bajaradi. Gorbov Shulte jadvallaridan foydalanish masalalari Bu metodikadan diqqatning ko‘chish va bo‘linish xususiyatlarini, sensomotor reaktsiyalar tezligini o‘rganish uchun foydalaniladi. Sinaluvchilarga 1 dan 25 gacha sonlar ixtiyoriy joylashtirilgan 5 ta jadval ketma - ket ko‘rsatiladi. U sonlarni tartib bilan izlab ko‘rsatishi va ovoz chiqarib aytishi kerak. Har bir topshiriqni bajarish vaqti tadqiqot qaroriga yozib boriladi (Jadval). Sinaluvchi faoliyatini miqdoriy baholashdan tashqari sensomotor reaktsiyalar tezligining sifatiy tahlili ham amalga oshiriladi. «Topshiriqni bajarish xususiyatlari» bo‘limiga sinaluvchi o‘zini qanday tutganligi, verbal va emotsional reaktsiyalari yozib boriladi. 6-7 yoshli bolalar uchun bitta jadvalni 1-1,5 daqiqa qarash me'yoriy hisoblanadi, o‘rtacha o‘quvchilar uchun 45 soniyadan 1 daqiqagacha me'yor hisoblanadi. Katta bog‘cha davridagi bolalar va 1-2-sinf o‘quvchilari ba'zi sonlarni chalkashtirib Yuboradilar. 10-12 yoshli bolalar uchun sensomotor reaktsiyalar tezligi oshishi, harakatlarning avtomatlashuvi xarakterlidir. Jadval Shult jadvalidan foydalanishda tadqiqot qarori
Har bir topshiriqni bajarish xususiyatlari hamda 5 ta jadval bo‘yicha olingan natijalarni tahlil qilib, tadqiqotchi nerv jarayonlari o‘zgarishini, jismoniy va ruhiy zerikish hodisasini aniqlaydi. Masalan, agar har bir keyingi topshiriqni bajarish vaqti oshib borsa, tez charchash, ixtiyoriy diqqat darajasining susayganligidan dalolat beradi. Bu metodikadan foydalanish bolalarning diqqati xususiyatlarini tajribada o‘rganish imkonini beradi. Download 66.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling