A ibn Sino b beruniy c farobiy d a. Avloniy
Download 87 Kb.
|
391 9 [1](1) (2)
1. “Ilm tarbiya jarayonida o‘zlashtiriladi va yaxshini yomondan, ezgulikni yovuzlikdan, joizni nojoizdan farqlash imkonini beradi»-degan fikrni ilgari surgan mutafakkur? A) Ibn Sino B) Beruniy C) Farobiy D) A.Avloniy 2. Ta’lim tamoyillari - bu: A) Tarbiyalar talablaridan kelib chiqib, o‘qitishning borishini belgilaydigan va aniqlaydigan qonun B) Ta’lim tamoyillari bu shaxsni xar tomonlama kamol toptirish C) Ta’lim jarayoniga qo‘yilgan asosiy didaktik talablar D) Ta’lim tarbiyasida asosiy didaktik talablar tizimi, dars samaradorligini oshirishga qaratilgan maxsus tizim 3. Ta’lim metodlari A) Amaliy va og‘zaki B) Og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy C) Nazariy, amaliy, ko‘rgazmali D) Amaliy, og‘zaki, ko‘rsatmali, o‘quv faoliyatini tashkil etish va rag‘batlantirish, nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari 4. Ta’lim jarayonini tashkil etish A) Darsdan tashqari o‘qish, ekskursiya B) Dars, ekskursiya darslari, darsdan tashqari o‘qish, fakultativ mashg‘ulotlar C) Repititorlik ta’limi D) O‘qish, dars, darsdan tashqari o‘qish 5. Faoliyat turlari. A) Yo‘nalishlariga ko‘ra amaliy, nazariy faliyat turlariga bo‘linadi B) Yo‘nalishlariga ko‘ra amaliy va nazariy, shakliga ko‘ra o‘qish mehnat va o‘yin faoliyat turlaridan iborat bo‘ladi. C) O‘qish, o‘yin va mehnat faoliyatlaridan iborat. D) Mehnat va o‘qish faoliyati. 6. Shaxsning faoliyati jarayonida……. A) Faqat ko‘nikmalargina shakllanadi. B) Odatlar, ko‘nikmalar va malakalar hosil bo‘ladi. C) Faqat odatlar hosil bo‘ladi D) Malakalar hosil bo‘ladi. 7. Sezgilarga berilgan ta’riflardan to‘g‘risini toping? A) Ayrim xossalarini aks ettirishdan iborat sodda psixik jarayon. B) Biror sezgi a’zolarimizga ta’sir etayotgan voqelikning miyadaalohida, ayrim xossalarini aksettirishdan iborat sodda psixik jarayon. C) Sezgi a’zolarimiz orqali tashqi dunyoni dastlabki his qilish jarayoni D) Sezgilar obyektiv olamning suyektiv obrazlaridan iborat jarayon. 8. Obyektiv borliqni adyekvat bilish nima? A) Biror sezgi organlarimiz to‘liq rivoj lanmagan xoli da borliqni noaniq anglash B) to‘g‘ri tushunchalarga ega bo‘lish. Ular ba’zan noaniq ham bo‘ladi. C) Borliqni aniq va to‘g‘ri bilish D) Borliq haqida to‘g‘ri ma’lumot va axborotlar signalining miyaga yetishi natijasida 9. Sezgilarni vujudga keltiruvchi mexanizmlar…… A) Analizatorlar, tashqi olam, o‘tka- zuvchi nerv yo‘llari, va miyadagi maxsus hujayralar va sodda shartli reflekslar. B) Analizitorlardir. C) Birinchi signallar sistemasi. D) Ikkinchi signallar sistemasi. 10. Sezgi turlarini bilasizmi? A) Proprioretseptiv sezgilar (pay, bo‘g‘im, muskul va suyaklar tebranish natijasida vujudga keladigan hatti-harakatlar). B) Ekstroretseptiv sezgilar (ko‘rish, eshitish, hid bilish, teri tuyish C) Introretseptiv sezgilar (ochlik,chanqash xojat chiqarish, seksual munosabatga ehtiyojni sezish D) og‘riq va turli ichki organlar faoliyatidagi bezovtalik hollari haqida bosh miyaga boradigan signallar). 11. Ma’lum jarayonni uch vazifani va maqsadini amalga oshiradi bu: A) ta’limiy maqsad, tarbiyaviy maqsad, rivojlantiruvchi maqsad B) Rivojlantiruvchi maqsad. C) tarbiyaviy maqsad. D) Ta’limiy maqsad‚ 12. Ta’limning vazifasi bu: A) O‘z oldiga qo‘ygan maqsadni amalga oshirish. B) Yosh avlodni ilmiy bilimlar va ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish. C) Tugal ma’noga ega matn tashkil etish. D) Shaxsni shakllantirish 13. Tarbiyaning maqsadi bu: A) O‘quvchiga bildirish. B) O‘quvchini tinglash C) Mustaqil jamiyatimiz rivojiga nazariy va amaliy hissa qo‘sha oladigan «Barkamol avlod»ni tarbiyalash D) O‘quvchini yosh xususiyatini hisobga olish. 14. Dastur necha xil usul bilan joylashtiriladi? A) 3 xil B) 2 xil C) 5 xil D) 6 xil 15. «Qutadg‘u bilig» asari kimning qalamiga mansub? A) Yusuf Xos Xojib B) A.Navoiy C) A. Avloniy D) Bobur
16. Ko‘rishni vujudga keltiruvchi hujayralar shaklini bilasizmi? Qanday hujayralar orqali ranglarni ko‘ramiz? A) Tayoqchasimon hujayralargina bo‘ladi, ular orqali axromatik ranglarni ajratamiz. B) Kolbachasimon hujayra bo‘lib, ular orqali axromatik ranglarni ko‘ramiz C) Ko‘rish sezgisining maxsus hujayralari kolbachasimon va tayoqsimon shaklda bo‘lib, ular orqali xromatik va axromatik ranglarni aniq ajrata olamiz. D) Xromatik va axromatik ranglarni aniq ajrata olamiz. 17. Daltonizm nima? A) Yashil rangni ajrata olmaslik. B) Ko‘z to‘r pardasidagi kolbachasimon hujayralarning funksiyasi buzilishi natijasida qizil rangni ajrata olmaslik hodisasi.Ular qizilni gunafsha rangda ko‘radilar. C) Ko‘z tur pardasidagi tayoqchasimon hujayralarning funksiyasi buzilish natijasida qora rangni ajrata olmaslik. D) Uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik. 18. Dars turlari A) Preskonfesrensiya, mohir qo‘llar darsi B) O‘tilgan materiallarni mustaxkamlash, kontrol, o‘tilganlarni sistemalashtirish va umumlashtirish darslari C) Aralash darslar, yangi bilimlarni bayon etuvchi va leksiya darslari D) Noan’anaviy dars 19. Bilimlarni tekshirish turlari A) Tematik, mustaqil B) Joriy, oraliq va yakuniy C) Frontal, tekshirish D) Insho,savol-javob 20. Ta’lim ikki yoqlama jarayon – bu... A) O‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati B) Ta’limda o‘qituvchining otalikdagi roli C) O‘qituvchining ilmiy bilimlar berish va ko‘nikma D) Ota-ona va o‘qituvchiningbirgalikdagi faoliyati 21. Ta’limning maqsadi – A) Mustaqil jamiyatimiz ravnaqiga nazariy va amaliy xissa qo‘shadigan «barkamol avlodni» tarbiyalash B) Yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish C) O‘qituvchining rejalashtirilgan aniq, bir mavzusini o‘quvchilarga bildirish D) O‘qitish va, o‘rganish 22. DTS A) O‘quv predmetlari, o‘quv rejasi, dasturi, darslik. B) Predmetlar, o‘quv rejasi. C) O‘quv rejasi va dasturi. D) Dastur,kalendar reja,ma’ruza 23. Sezgi xususiyatlari….. A) Adaptatsiya, kontrastlik. (Senzetivlik, sensibilizatsiya va sezgi chegaralari). B) Adaptatsiya (biror sezgi organlarimizning muhitga moslashuvi C) Kontrastlik va senzetivlik. D) Senzetivlik, sensibilizatsiya va sezgi chegaralari 24. Idrok nima? A) Hodisa va faktlarni miyada to‘laligicha, butunligicha yaxlitligicha aks etirishdan iborat murakkab psixik jarayon. B) Sezgi organlarimizga ta’sir etayotgan narsa. Ommabop tilda uni zehn, fahm-farosat deb yuritadilar C) Idrok sezgini to‘ldiruvchi jarayondir D) Voqelikning miyada aks ettirishdan iborat murakkab jarayon 25. Darsning tuzilishi. A) Reja asosida B) Amaldagi dastur asosida C) Ta’limiy va tarbiyaviy funksiyalari va ta’lim prinsplari asosida D) Ta’lim prinsiplari asosida 26. Dars nima? A) Ta’limning tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi funksiyalarini amalga oshiruvchi jarayon B) O‘quvchilarga o‘z predmetini sitsematik bayon etishga imkon beruvchi jarayon C) Ta’lim jarayoni D) Didaktik maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida doimiy o‘quvchilar jamoasi bilan aniq belgilangan vaqtlarda jadval asosida mashg‘ulot olib borish 27. Umumiy o‘rta ta’lim nechanchi sinfgacha? A) 11 – sinfgacha B) 9 – sinfgacha C) 10- sinfgacha D) 8- sinfgacha 28. Umumiy o‘rta ta’lim necha qismdan iborat? A) umumiy o‘rta ta’lim uch qismdan iborat, 1-4 va 5-9, 10-11 sinflar. B) umumiy o‘rta ta’lim ikki qismdan iborat,1-6 va 1-9 sinflarni qamrab oladi. C) umumiy o‘rta ta’lim ikki qismdan iborat, 1-4 va 5-9 sinflar D) umumiy o‘rta ta’lim bir qismdan iborat, 1-9 sinflar 29. Metod so‘zi qaysi tildan olingan? A) yunoncha-(usul,yo‘l) B) lotincha-(rasm-rusum) C) forscha-(y o‘l) D) Arabcha-(xarakat) 30. Darslik nima? to‘liq tarifini toping. A) O‘quv dasturida ko‘rsatilgan hajmdagi kitob. B) O‘quv dasturida ko‘rsatilgan hajmdagi ta’lim talablariga javob beradigan o‘quv kitobi. C) Reja asosida tuzilgan o‘quv qo‘llanma D) Muayyan o‘quv predmeti bo‘lib, o‘quv dasturida ko‘rsatilgan hajmda ta’lim talablariga muvofiq ravishda batafsil bayon qilib beriladigan o‘quv kitob. 31. «Analiz» so‘zining ma’nosi nima? A) Lotincha,bo‘laklargaajratish B) Ruscha,metod C) Forscha, tekshirish D) Grekcha, maxorat 32. Pedagogik mahorat nima? A) Pedagogik bilimlar, mahorat, donolik va ijodiy dadillik, qobiliyatlar mujassamidir B) O‘qituvchi maxorati C) Shaxslararo munosabat D) Donolik va ijodiy dadillik 33. Nazariya- bu: A) Mashq qilish natijasida beriladigan harakatlar yig‘indisi B) Bilimlarning xaqqoniy ekanligi C) Yangi bilimni yangicha bilishni ifodalovchi fikrlar tizimidir D) Amaliy faoliyat 34. Tarbiya tamoyillari nechta? A) 10ta
B) 5ta C) 8ta
D) 6ta 35. Ta’lim jarayoni - bu: A) O‘quvchilar tomonidan ular qurshab olgan dunyo konuniyatlarini bilishi B) Bilish faoliyati C) Dialektik jarayon D) O‘quvchilarning tomonidan bilimlarini, ko‘nikma va malakalrini egallash borasidagi aqliy bilish faoliyatini tashkil etish 36. Ta’lim mazmuni: A) O‘quv jarayonida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan va o‘quvchilarning dunyoqarashiga ta’sir etadigan ilmiy bilimlar tizimi B) Ta’lim jarayonida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlar, amaliy malaka ko‘nikmalar C) Ta’lim jarayonida o‘kuvchilarga beriladigan xozirgi zamon ma’lumotlarining asoslari D) Ikki yoklama jarayon 37. Individual psixologik xususiyatlar nima? A) Xoxish, mayl va istak qiziqishlar B) Qiziqish, dunyoqa rash temperament, xarakter va qobiliyatlar C) Dunyoqarash va shaxsiy e’tiqodlar D) Hissiyot va iroda 38. Psixik funksiyalar nima? A) Psixik hodisaning, tarmoq bosqichining navbatdagisiga o‘tib takomillashuv jarayoni. B) Psixik hodisalarning zohir bo‘lish qonuniyati C) Psixik hodisalarni vujudga keli shi qonuniy izchil o‘zgarib borishi, bir taraqqiyot bosqichidan navbatdagisi ga o‘tib takomillashuv jarayoni. D) Psixik hodisalarning qonuniy ravishda izchil o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladigan psixologik holat. 39. Tarraqqiyot psixologiyasi tarmoqlarini bilasizmi? A) oligofreno, surdopsixologiya B) Yosh davrlar psixologiyasining bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar, kattalar va keksalar psixologiyasi. C) Maxsus psixologiya tarmog‘i hisoblangan patopsixologiya, D) Yosh davrlar psixologiyasi, maxsus psixologiya, siyosiy psixologiya, zoopsixologiya, tipologiya tiflopsixologiya 40. Psixologning ilmiy tadqiqot metodlarini bilasizmi? A) So‘roq suhbat, kuzatish, odam faoliyati mahsullarini o‘rganish, modellashtirish B) Kuzatish va eksperement. C) Intervyu, anketa va testlar. D) Temperament va modellashtirish metodi. 41. Muhandis qanday metodlardan foydalangani ma’qul bo‘ladi? A) Kuzatish, eksperement, faoliyat maxsullarini o‘rganish va modellashtirish metodlaridan. B) Modellashtirish metodidan C) Kuzatish nazorat qilish va faoliyat mahsulini o‘rganish metodidan D) Test va modellashtirish metodi. 42. «Shaxs»ga berilgan ta’riflardan qaysi birini ma’qullaysiz? A) O‘zining ijtimoiyligi nutqi va tili bilan individual farq iladigan har qanday odam shaxs deyiladi B) Har kanday individ shaxs bo‘lishi mumkin C) O‘zining ongi, tili,ijtimoiyligi nutqi bilan individual farq qiladigan konkret, tirik tip shaxs deb yuritiladi. D) Nutqi va tili bilan individual farq qiladigan har qanday odam shaxs deyiladi. 43. Shaxsning psixologik belgilari nima? A) Ongi va tilining rivojlanganlik darajasi B) Ongi nutqi va tili C) Ijtimoiyligi D) ijtimoiyligi, konkretligi va tirikligi 44. Shaxsni rivojlantiruvchi omillar. A) Shaxsiy faollik. B) Irsiyat va muhit C) Irsiyat muhit ta’lim tarbiya va shaxsiy faollik D) Ta’lim – tarbiya. 45. Didaktikaning asosiy nazariyasini ishlab chiqqan faylasuf olim? A) I.G.Pestalotssi B) Y.A.Komenskiy. C) A. Avloniy D) L.N.Tolstoy 46. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi kiradi? A) Kollej magistratura, aspirantura, doktorantura. B) aspirantura, doktorantura, fan nomzodi, fan doktori. C) aspirantura, doktorantura D) doktorantura, kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash 47. Didaktikaning lug‘aviy ma’nosi nima? A) faqat yozishni o‘rgatish B) Nutq so‘zlash. C) o‘qitish- o‘rganish. D) faqat yozishni o‘rgatish 48. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan barcha tadbirlarni amalga oshirishni 1 bosqichi qaysi yillar hisoblanadi? A) 1997 – 2001 yillar. B) 1997 – 2000 yillar. C) 1998 – 2001 yillar. D) 2003-2005yillar 49. Pedagogik qobiliyat necha turga bo‘linadi? A) 4 ta turga. B) 9 ta turga. C) 7 ta turga. D) 2ta turga 50. Muammoli ta’lim deganda qanday ta’limni tushunasiz? A) Savol-javob usulidan foydalanib B) Metodik va muammoli ta’lim berish C) Muammoni vujudga keltiradigan usulda D) O‘quv materialini ilmiy izlanishga o‘xshash, bilish vazifalari 51. Tyutor usuli A) Nazariy ma’lumotlar bilan tanishtirish B) Maslahat berish, tushuntirish C) Masofadan o‘qitish, dasturlarni yaratish va bajarilishini ta’minlash D) Amaliyotni rivojlantirish 52. A.F.Osborn qo‘llagan usul? A) Aqliy hujum usuli B) Mantiqiy fikrlash C) Sifatlash D) Yangi bilimlar o‘rgatish 53. Psixik energiya nima? A) Inson xulq atvorini va uning amallarini boshqarib turadigan shaxs qiyo fasini belgilab beruvchi kuch. B) Real sharoitda inson o‘zi anglab yetmaydigan hodisalar yig‘indisidir. C) Ehtiyojlarni qoniqtirishga undovchi libido va agressiv kuch ya’ni energiyalar bo‘lib, bu kuchlar shaxsningi ma’naviy va aqliy salohiyatini ta’minlash maqsadida psixik quvvatni ta’minlovchi mexanizmdir. D) Hadiksirash doimiy xavotirlanish psixo emotsional qoniqmaslik kabi omillar ana shu kuchlar-ning nomuvofiqligidan kelib chiqadi. 54. Bugungi bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich amalga oshirayotgan O‘zbekiston misolida psixologiya ilmining ahamiyati nimada deb o‘ylaysiz ? A) Inson omili imkoniyatlarini yuksaltirishda. B) Jamiyatni erkinlashtirishda. C) Insonni, jamiyatni va uning tafakkurini erkinlashtirish, ishlab chiqarishni barqarorlashtirish xamda inson omili imkoniyatlarini yuksaltirishda. D) Ishlab chiqarishni barqarorlashtirish 55. Ong nima va ongning asosiy belgilari nima ? A) Faqat inson tafakkuri. B) Insonning olam, tabiat, jamiyat va o‘z-o‘zini bilishi, his tuyg‘ularini anglashi va boshqarish sezish idrok qilishi, eslab qolishi, fikrlashi va tili orqali munosabat o‘rnata olishi C) Isonning olam, tabiat va jamiyat haqidagi to‘plangan bilimlar yig‘indisidir D) Tili orqali o‘rnatadigan o‘zaro muloqoti ongni tashkil etadi 56. Ongsizlik nima? A) Ongsizlik natijasida harakat betartib bo‘lib nazorat yo‘qoladi, idrok, tafakkur va nutqda buzilishlar sodir bo‘ladi, B) Psixikaning quyi darajada rivojlangan shakli ongsizlikdir C) Faqat odamlarga xos degan iborani kiritishi bilan unga to‘liq javob olgan bo‘lamiz D) Gallyutsionatsiya va uyquni kuchayishi. 57. Pedagog obro‘sining shakllanish nimaga asoslanadi? A) mehribonlikka, xurmatga B) bilimga C) xurmatga D) Mehribonlikka 58. Taqdirlash nima? A) Mukofotlash B) yaxshi xulq-atvori uchun taqdirlash uslubi C) tarbiyalanuvchilar faoliyatini taqdirlash usuli D) bu o‘quvchi xulqiga to‘g‘ri ta’sir etish va pedagog tomonidan to‘g‘ri baholash usulidir 59. O‘quvchining ichki sababiyat nuqtasining boshlanishi? A) o‘z-o‘zini ishontirish B) o‘zini-o‘zi tahlil etish C) barcha javoblar to‘g‘ri 60. Didaktika nima? A) Ta’lim-tarbiya berish B) o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyasi, ta’limi haqidagi fan C) ta’lim nazariyasini ishlab chiquvchi pedagogika sohasi D) shaxsning rivojlanishi qonuniyatlari haqida alohida fan 61. Qobiliyatning o‘sishi asosan nimaga bog‘liq? A) Mavjud bilim va iste’dodiga B) tabiiiy iste’dodiga C) egallagan bilim va o‘quvlarga D) maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv-tarbiyaviy jarayonning tashkil etilishi va amalga oshirilishiga 62. Muammo yechish paytida tayyorgarlik bosqichi bu: A) yechim jarayonining birinchi bosqichi B) bir necha kunni egallashi mumkin C) Yechimni tanlashga D) muammoga taalluqli barcha axborotni jamlash 63. «Jamoa» so‘zining ma’nosi? A) «gurux, omma, birlashma» B) «avlod» C) «xalq» D) «omma» 64. Didaktikaning asoschisi kim? A) Fransuz olimi Deni Dibro. B) Amerikalik olim Jon Dyum. C) Yunon faylasufi Arastu D) Chex olimi Yan Amos Komenskiy. 65. Kategoriya – bu: A) «bilish» B) «nuqtai nazar». C) «ko‘rsatma», «dalil», «tushuncha». D) «o‘qitish», «o‘rgatish». 66. «Men» obrazi qanday xosil bo‘ladi? A) Rahbarlik roli natijasida bolaning o‘z-o‘zini taraqqiy ettirishdir. B) Ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati ta’sirida. C) Shaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilish orqali. D) Borliqni tushunish orqali 67. Nutq rivojlangani sari nima rivojlanadi? A) Inson tafakkuri. B) Tarbiya. C) G‘oya. D) Ong
68. Kreativlik - ? A) «noyob fikrlash». B) «Ijodiy fikrlash» C) «o‘qitish», «o‘rgatish». D) «nuqtai nazar». 69. Komillik nechta bosqichdan iborat? A) 10 ta. B) 15 ta. C) 20ta D) 3 ta.
70. Biror bir g‘oyaning tub mazmuniga tushunib yetish nima? A) Anglash. B) Tafakkur. C) tasavvur D) Mushohada 71. Inson ongida mavjud ilmiy va hayotiy bilimlar majmualaridan keragini saralab olish va amaliyotda qo‘llash? A) Anglash. B) Tafakkur. C) Mushohada D) bilish 72. Gapirish shakllari: A) Noverbal muloqot B) Nutq, jargon C) Suxbat, ma’ruza, munozaralar. D) yuz ifodasi ( mimika va suzsiz xarakat, antomimika); 73. « Talim texnologiyasi» tushunchalari nimalarni uz ichiga oladi? A) Texno-maxorat,logos- fan B) Talim texnologiyasi-o‘quv jarayoni; o‘qituvchi yoki talimning texnik vositalari; shakl usullarini C) talim tarbiyaning shakl-usullari, konuniyat va prinsiplarini D) O‘quv vazifasi-talim-tarbiyaning maqsadi va mazmuni 74. «Texnologiya» so‘zining lug‘oviy manosi A) texnologiya-ishlab chikarish usuli B) texne-maxorat, sanat, logos-tushuncha, talim C) Yangi g‘oya,fikrlash D) texne-texnika, logos- talimot 75. Pedagogik texnologiyaning konuniyati, prinsiplari. A) Ta’lim va tarbiya berish B) Ta’lim shaklllarini optimallashtirish (qulaylashtirish) C) talaba va o‘quvchi faoliyatini okilona uyushtirish D) talim-tarbiyaning birligi, yaxlidligi 76. «O‘qituvchi odobi» qo‘llanmasida o‘qituvchi odobining umumiy va xususiy konuniyatlaridan nechtasi ifodalangan? A) Umumiy B) qonuniyatlardan uchtasi, xususiy qonuniyatlardan to‘qqiztasi C) xususiy qonuniyatlardan o‘ntasi D) umumiy qonuniyatlardan beshtasi 77. Ta’lim nima? A) Ta’lim – bu o‘quv va malaka, bilimni berish va o‘zlashtirish borasida o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotdir B) Ta’lim – bu bilim, malaka, o‘quvlarni o‘quvchilarga yetkazib berishga qaratilgan o‘qituvchining faoliyat jarayoni C) Shaxsni xar tomonlama kamol toptirish D) Ta’lim – bu hayotga tayyorlash maqsadida bilimni o‘qituvchidan o‘quvchilarga yetkazib berish 78. Musobaqa bu – nima? A) g‘olib aniqlanadigan o‘yin B) erishilgan natijalarni mustaxkamlash yo‘li C) Munozarali o‘yin D) qiyoslash jarayonida shaxsga kerak bo‘lgan sifatlarni shakllantirib mustahkamlash usuli 79. Jazo nima? A) jamoa manfaatdan kelib chiqib tarbiyalanuvchiga ta’sir etish uslubi B) Tanbex berish va ogoxlantirish C) Tarbiyalanuvchilarning salbiy omillarini to‘xtatishning hal qiluvchi omil D) talab shaklida yuzaga keluvchi tarbiya vositasi 80. Tushunchalardan shaxs ongini shakllantirish uslublarini belgilab beruvchilarini tanlang ? A) Ota-ona namunasi va obro‘si, B) Tushuntirish, C) o‘qituvchi obro‘si, etikaga oid suhbatlar, hikoya‚ ma’ruza, D) Ota-ona namunasi va obro‘si 81. Rag‘batlantirish uslublari ? A) suxbat, shart-sharoit, nazorat B) Sovrin va maosh C) mukofatlash, musobaqa D) hikoya, suhbat, shaxsiy namuna 82. Yan Komenskiyning hayot va ijod davrlari ? A) 1450-1510 yy B) 1356-1487yy. C) 1556-1618 yy. D) 1592-1670 yy.. 83. Sinf – dars tizimni kim joriy etgan? A) Makarenko B) Komenskiy C) Krupskaya D) Volt
84. O‘zbekiston ta’lim tizimda nechta bosqich mavjud? A) beshta B) to‘qizta C) yettita D) oltita 85. Bakalavriat – bu nima? A) oliy ta’limning birinchi bosqichi B) bazaviy oliy ta’lim olishning bir yo‘nalishi C) Tayanch oliy ta’lim D) tugatilmagan oliy ta’lim 86. Doktoranturadagi ta’limga nima asos bo‘la oladi? A) fan nomzodi ilmiy darajasi B) magistr diplomi,bakalavr darajasida uch yillik mehnat staji C) Malaka oshirish D) bakalavr diplomi 87. Reyting nima? A) Oraliq nazorat B) O‘quv fanining bir qismi yoki butunicha tugatilgandan keyin agarda dastlabki, joriy tematik va oraliq nazorat natijasida kursga mo‘ljallab tayyorlangan C) Baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, birorta hodisani oldindan D) Real jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. 88. O‘qish va bilimni o‘zlashtirish ma’lum tartibda va uzviylikda bo‘lishni talab etuvchi prinsip qaysi? A) Uzviylik va uzluksizlik prinsipi. B) Ijodiy prinsip C) Ilmiylik prinsipi. D) Ko‘rgazmalilik prinsipi 89. Qaysi prinsipda bilim o‘quvchilar xotirasida mustahkam qolishi, o‘rnashishi uchun, bilim ular tushunchasining bir qismi sifatida odat va hulqlarining asosi bo‘lib qolishi talab etiladi? A) Tushunarli bo‘lish prinsipida. B) Metod vositasida C) Ilmiylik prinsipida. D) ko‘rgazmalilik prinsipida. 90. Ta’lim prinsipi nima? A) Asosiy qoida B) Talim jarayoniga qo‘yiladigan asosiy didaktik talab. C) G‘oya. D) Tadqiqot. 91. «Metod» so‘zi falsafiy lug‘atda nima deb aytilgan? A) Takrorlash va mashq qilish. B) Bilim olish, faoliyat ko‘rsatish. C) Maqsadga erishish usuli, aniq tartibga solingan faoliyat. D) ishontirish 92. M.I.Mahmudov qaysi ta’lim metodlarini taklif etgan? A) O‘qitish, o‘rganish. B) Ijodiy faoliyat, mustaqil ishlash. C) Kuzatish, tushuntirish. D) taqqoslash 93. Uzluksiz ta’lim mohiyati nimadan iborat? A) bir bosqichdan izchil ravishda ikkinchisiga o‘tish B) yagona fanni o‘rganish C) barcha javoblar noto‘g‘ri D) Ta’limni uzviyligidan 94. Shaxsga ta’sir etish uslublari? A) ishontirish, mashq qildirish, ta’lim berish, rag‘batlantirish, nazorat va baho berish B) nazorat va baholash C) Shaxsiy namuna ko‘rsatib D) ishontirish, mashq qildirish, o‘qitish 95. Tarbiya uslublarini ishlatishga bo‘lgan pedagogik talablarni sanab o‘ting? A) baland obro‘, aniqlik, hayot tajribaga suyangan, erishuvchanlik, samimiy ish B) amaliyot va nazariyaning yaxlitligiy C) Yoshni inobatga olish D) individual xususiyatlarni hisobga olish 96. Uslub nima? A) maqsad o‘rtasidagi bog‘lovchi xalqa B) O‘qituvch belgilagan faoliyat turlari C) bu o‘quv jarayonining uzagi, yakuniy natija bilan rejalashtirilgan biror-bir maqsadga bo‘lgan yo‘l, ta’lim jarayonida amalga oshiriladigan yo‘l-yo‘riqlar D) Tanlangan hatti-harakatlar 97. Uslub subyektiv qismining bog‘liqligi? A) nazorat va baho berish B) o‘qituvchi shaxsi va o‘quvchilarning o‘ziga xosligi C) pedagogikaning qoida-qonunlari D) o‘zgarmas holatlar 98. Ta’lim berishning an’anaviy tasnifi? A) bilim va o‘quvlarni shakllantirish, bilim o‘quv va malakalarni mustahkamlash va tekshirish B) amaliy, ko‘rsatma, nutqi, kitob bilan ishlash, video uslub C) Nazariy va amaliy D) amaliy, ko‘rsatma 99. Birinchi gimnaziyalar paydo bo‘lgan joy: A) 18 asr Rossiyada B) Qadimgi Rimda C) Markaziy osiyoda D) Qadimgi Gretsiyada 100. Qaysi metod bilim o‘zaro so‘zlashuv (diolog) yo‘li bilan o‘rganiladi? A) Suhbat metodida. B) Ma’ruza metodida. C) Amaliy metodda D) Darslik bilan ishlash metodida. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling