A. S. Makarenko fikricha, tasodifiy ravishda o„qituvchi bo„lib qolgan, lekin u bu ishga qiziqib ketib badiiy adabiyotni ko„p o„qigan M. Gorkiyni o„zining ustozi deb uni asarlarini o„rganishga kirishgan. A. S. Makarenko


Download 21.68 Kb.
bet1/4
Sana01.03.2023
Hajmi21.68 Kb.
#1238298
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu qobilyat va pedagogik qobiliyati haqida tushuncha


7-Variant
1.QOBILYAT VA PEDAGOGIK QOBILIYATI HAQIDA TUSHUNCHA.
Pedagogik qobiliyat tarixidan ma’lumki, pedagogik qobiliyat adabiyotda birinchi bo„lib, 19-asr o„rtalarida paydo bo„lgan. pedagogika nazariyasida o„qituvchilar tayyorlash va pedagogik perseptiv qobiliyatga A.Disterverg diqqat-e’tibor berdi. SHunday qilib, A.Disterverg pedagogik qobiliyatning kuchiga, pedagogik taktga va qat’iy erkinlikka ahamiyat berdi. U o‘qituvchining bilim orttirishlik qobiliyatini ilgari surdi. So„ngra 19- asrning ikkinchi yarmida P.G.Redkin “Axloqiy qobiliyat” tushunchasini ilgari surdi. A.Disterverg, P.G.Redkin fikrlarini K.D.Ushinskiy davom ettirdi. K.D.Ushinskiy “Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo„li ishontirish, odam e’tiqodiga esa faqat ishiontirish bilan ta’sir qilish mumkin” - deydi.
A.S.Makarenko fikricha, tasodifiy ravishda o„qituvchi bo„lib qolgan, lekin u bu ishga qiziqib ketib badiiy adabiyotni ko„p o„qigan M.Gorkiyni o„zining ustozi deb uni asarlarini o„rganishga kirishgan. A.S.Makarenko o„z tajribasiga asoslanib, agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa, u o„ziga nisbatan talabchan bo„lsa, u yaxshi pedagog bo„lishi mumkin - deydi.
Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo„lib, bir tekisda bo„lmay biri yuqori, biri o„rta va biri quyi darajada bo„ladi. Faqat aqli zaif insonda qobiliyatni uchrata olmaymiz. Maktab o„qituvchisining faoliyati inson shakllanishiga qaratilgan. Muvafaqqiyatli ishlash uchun har bir o„qituvchi pedagogik mahoratga ega bo„lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat qilib katta natijaga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo„ladi, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa layoqat, zehn, iste’dod inson asab tizimida anatomik - fiziologik xususiyat bo„lishi zarur. O„qituvchining ba’zi psixik jarayonlari unda shaxsga xos sifatlarni shunday tashkil qiladiki, buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin. Bu qobiliyatni ayrim psixik xususiyatlardan iborat qilib qo„yish mumkin emas. Ta’lim ishlarining muvafaqqiyatli bo„lishini pedagog shaxsiga xos bo„lgan bir qancha sifatlar, jumladan, uning irodasi, hissiyotlari, Xarakteriga xos bo„lgan bir qancha xususiyatlami ham ta’minlab beradi. K.D.Ushinskiy “Faqat shaxs rivojlanishiga va tarkib topishiga ta’sir qilishi mumkin, Xarakter ta’siri bilan Xarakterni vujudga keltirish mumkin” - deb yozgan edi.
Qobiliyat - shaxsning muayyan faoliyati yuzasidan layoqati va uning kasbini muvafaqqiyatli bajarishdagi sub’ektiv shart - sharoitni ifodalovchi individual psixik xususiyatlari.

Download 21.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling