A isayev, G. Anvarjonova, N. Shokirov
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
87ortaosiyovaozbtabgeografiyasipdf
ISBN 845-683-5572-4-0 Taqrizchilar: Qodirov R. -ADU geografiya kafedrasi mudiri, geografiya fanlari nomzodi, dotsent. Soliyev I. – NamDU geografiya kafedrasi o‘qituvchisi, geologiya - mineralogiya fanlari nomzodi. Andijon davlat universitetining 2019 yil 10 oktyabrdagi 2-sonli kengashida muhokama etilgan va ma'qullangan. ISBN 845-683-5572-4-0 «VODIY KO‘P YOZUV» MCHJ 2019 3 So‘z boshi Uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismlaridan hisoblangan bakalavriat bosqichida zamon talablariga javob beradigan malakali geograf mutaxassislarni tayyorlashda O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyaning ahamiyati katta. Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning yildan-yilga keskinlashib borishi insonning tabiat qonuniyatlarini chuqur bilishini, shuningdek, tabiatdan hamda uning resurslaridan tejab-tergab, oqilona foydalanishni talab etadi. Bu esa geografik bilimlarni chuqur bilishni, tabiatdan foydalanishda ularga amal qilishni taqozo etadi. Bunda talabalar geografik qobiqning qonuniyatlari, ularning manbalari, omillari, sabab va oqibatlari hamda ho‘jalik faoliyatida ularga amal qilish lozimligi haqidagi tushunchalarga ega bo‘ladilar. “O‘rta Osiyo tabiiy geografiya”si va “Ozbekiston tabiiy geografiya”si kursi universitetlarda geograflar tayyorlashda tabiiy geografiyadan asosiy bilim va tushunchalar beradigan fandir. “O‘rta Osiyo tabiiy geografiya”si va “Ozbekiston tabiiy geografiya”si fanini o‘zlashtirish jarayonida qo‘llanmadagi testlar quyidagi mavzularni qamrab olgan: -O‘rta Osiyoni tabiiy geografik o‘rganish bosqichlari, O‘rta Osiyo tabiatini shakllantiruvchi omillar O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasining geografik o‘rni, chegaralari va maydoni. Yondosh tabiiy geografik o‘lkalar, ularning O‘rta Osiyo bilan aloqadorligi, tabiatining o‘xshash tomonlari va tafovutlari. O‘lka tabiatining o‘ziga xos xususiyatlari. -O‘rta Osiyo tabiati shakllanishining asosiy qonuniyatlari: geologik- tektonik tuzilishi va geologik tarixi. Neogen-to‘rtlamchi davrida sodir bo‘lgan muhim paleogeografik voqealar. Yangi tektonik harakatlar, qadimgi muzlik davrlari, lyosslarni hosil bo‘lishi, daryolar o‘zanini o‘zgarishi, Kaspiy dengizi trengressiyalari va b. -O‘lka landshaftlarining shakllanishida muhim o‘rin tutuvchi iqlim hosil qiluvchi omillar: geografik o‘rni, atmosfera sirkulyatsiyasi, 4 yuzasining tuzilishi, inson ta’siri tahlili. Kenglik va balandlik iqlim mintaqalari. Iqlim elementlarining hududiy va mavsumiy taqsimlanishi. -O‘rta Osiyo iqlimidagi tafovutlari. Iqlimiy va agroiqlimiy rayonlashtirish. Iqlimning o‘zgarishi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling