A isayev, G. Anvarjonova, N. Shokirov
Tog‘lardagi suvlar ko‘pincha qanday tarzda chiqadi ?
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
87ortaosiyovaozbtabgeografiyasipdf
10. Tog‘lardagi suvlar ko‘pincha qanday tarzda chiqadi ?
A) buloqlar tarzida B) gruntlar tarzida C) favvoralar tarzida D) artezianlar tarzida VI-bob. O‘rta Osiyoning tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi Tuproq - unumdorlik xususiyatiga ega bo‘lgan murakkab tabiiy hosila. Tuproqlar tarkibi uch qismdan iborat: 1) Tuproqning ona jinsi; 2) tuproqning organik moddalari; 3) tuproq eritmasi. Tuproqlarni pishiq bo‘lishiga kalsiy moddasi yordam beradi. O‘rta 34 Osiyoda tarqalgan tuproqlar hosil bo‘lishi va unumdorlik darajasiga qarab to‘rt turga bo‘linadi: cho‘l tuproqlari, bo‘z tuproqlari, tog‘- o‘rmon-dasht tuproqlari, baland tog‘ tuproqlari. O‘rta Osiyo o‘lkasida 9000 ga yaqin o‘simlik turlari mavjud. Lekin tekisliklarda o‘simlik turlari kam - 1000 turga yaqin. Tog‘larda o‘simliklar qalin va turlarga boy. Tog‘larda 8000 turdan ortiq o‘simlik turlari mavjud. O‘rta Osiyoning relyef va o‘simlik xaritalariga nazar tashlasangiz, uning yerusti tuzilishida 4 ta mintaqa - tekislik-dasht, chalacho‘l, cho‘l hamda adir, tog‘ va yaylov tabiiy geografik komplekslar yaqqol ko‘zga tashlanadi. To‘qaylarda o‘simliklarning 3 turi: daraxt, buta va o‘t osimliklar o‘sadi. Daraxtlardan, asosan, turang‘il, tol va jiyda eng ko‘p. Na’matakzorlar ko‘pincha, G‘arbiy Tyanshan tog‘lari, Zarafshon, Turkiston tog‘lari hamda Janubiy Tojikistondagi 1500-2300 metr balandliklarda ko‘p uchrashi mumkin. Chalacho‘lda yirtqich hayvonlardan tulki, chiyabo‘ri, qum mushugi va boshqalar yashaydi. Keng bargli o‘rmonlarda jayron, ayiq, to‘ng‘iz, bo‘rsiq yashaydi. Dasht zonasiga To‘rg‘ay platosining shimoliy qismi, Qozog‘iston past tog‘larining shimoliy va markaziy qismlari kiradi. O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasida iqlim ta’sirida vujudga keladigan o‘ziga xos xususiyatlarga qarab ikkita tabiiy geografik kichik o‘lkani ajratish mumkin: 1) Turon tabiiy geografik kichik o‘lkasi; 2) Qozog‘iston tabiiy geografik kichik o‘lkasi. Tabiiy geografik o‘lkalar yanada maydaroq qismlarga – tabiiy geografik rayonlar guruhi va tabiiy geografik rayonlarga ajratib o‘rganiladi. Tabiiy geografik o‘lkalarni kichikroq qismlarga ajratishda har bir hududning tabiiy xususiyatlari hisobga olinadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling