A isayev, G. Anvarjonova, N. Shokirov


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/185
Sana08.01.2022
Hajmi0.73 Mb.
#248699
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   185
Bog'liq
87ortaosiyovaozbtabgeografiyasipdf

  Joy  plani – joyning   yirik  masshtabda  tuzilgan chizmasidir.  
Xarita  -  Yerning    va    boshqa    sayyoralar      yuzasining  
kichraytirilib        va  umumlashtirilib,  shartli    belgilar    bilan    bir    tekis  
yuzaga  tushirilgan  tasviri. 
 Atlas - atamasini   fanga  birinchi  bo‘lib,  flamand  xaritashunosi  
Merkator  tomonidan  kiritilgan. Toshkentdagi globusning  og‘irligi 500 
kg  ga  yaqin, balandligi 2, 5 m, diametri 2 m. Globusni  1984 -  yilda 
olib  kelib  o‘rnatishgan. Yer  yuzasini  tasvirlovchi  xaritalar  geografik  
xaritalar  deyiladi. 
Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha bitta meridianda joylashgan 
nuqtalarda  vaqt  bir  xil  bo‘ladi.  Bu  vaqt  -  mahalliy  vaqt  deb  ataladi. 
Mintaqaning  hamma  joyida  shu  mintaqaning  o‘rta  qismidan  o‘tgan 
meridianning mahalliy vaqti qabul qilingan. Bir soat mintaqasidagi vaqt 
-  mintaqa  vaqti  deb  ataladi.    Yangi  sutkaning  boshlanishi    12-  soat 
mintaqasi o‘rtasidagi 180

 uzunlikdan  boshlanadi, deb  qabul  qilingan. 
Bu chegara  sana  o‘zgarish chizig‘i  deb  ataladi.  
Taqvim - deb  uzoq  vaqt hisoblab  boriladigan  sana  tizimiga  
aytiladi.  Hozirgi  vaqtda  butun  dunyoda  rasmiy  taqvim  deb  Grigoriy 
taqvimi qabul qilingan. Bu taqvim 12 oydan iborat. Quyoshning yillik 
ko‘rinma  harakati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  quyosh  (shamsiya)  taqvimi, 


12 
 
Oyning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan oy (qamariya) taqvimi mavjud. 
Hijriy-shamsiy yil 21-mardan boshlanadi.  
Hijriy-shamsiy  yilda  30  kundan  iborat  oylar: hamal, sunbula, 
qavs.    29  kundan      iborat        oylar:  mezon,  aqrab.  31    kundan    iborat   
oylar; savr, javzo, saraton, asad, jadiy, dalv, hut.  
Xalqi  musulmon  diniga  e’tiqod  qiluvchi  mamlakatlarda  diniy 
marosimlar  hijriy-qamariy  (oy)  taqvimi  asosida  olib  boriladi.  Bu 
taqvim Oyning yillik ko‘rinma harakatiga asoslangan bo‘lib, bir yil 354 
kunga  teng.  Hijriy-qamariya  taqvimi  ham  12  oydan  iborat.  Hijriy-
qamariya  taqvimida  30  kundan  iborat  oylar  quyidagilar;  muharram,  
rabbiulavval, jumodilavval, rajab, ramazon, zulqa’da. 29 kundan iborat 
oylar  quyidagilar;  safar,  rabbiulsoniy,  jumodiloxir,  sha’bon,  shavvol, 
zulhijja. Kabisa yilida zulhijja 30 kun hisoblanadi. Bu yil hisobi ham 
milodiy 622- yildan boshlangan.    

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling