A isayev, G. Anvarjonova, N. Shokirov
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
87ortaosiyovaozbtabgeografiyasipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- mahalliy vaqt
Joy plani – joyning yirik masshtabda tuzilgan chizmasidir.
Xarita - Yerning va boshqa sayyoralar yuzasining kichraytirilib va umumlashtirilib, shartli belgilar bilan bir tekis yuzaga tushirilgan tasviri. Atlas - atamasini fanga birinchi bo‘lib, flamand xaritashunosi Merkator tomonidan kiritilgan. Toshkentdagi globusning og‘irligi 500 kg ga yaqin, balandligi 2, 5 m, diametri 2 m. Globusni 1984 - yilda olib kelib o‘rnatishgan. Yer yuzasini tasvirlovchi xaritalar geografik xaritalar deyiladi. Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha bitta meridianda joylashgan nuqtalarda vaqt bir xil bo‘ladi. Bu vaqt - mahalliy vaqt deb ataladi. Mintaqaning hamma joyida shu mintaqaning o‘rta qismidan o‘tgan meridianning mahalliy vaqti qabul qilingan. Bir soat mintaqasidagi vaqt - mintaqa vaqti deb ataladi. Yangi sutkaning boshlanishi 12- soat mintaqasi o‘rtasidagi 180 0 uzunlikdan boshlanadi, deb qabul qilingan. Bu chegara sana o‘zgarish chizig‘i deb ataladi. Taqvim - deb uzoq vaqt hisoblab boriladigan sana tizimiga aytiladi. Hozirgi vaqtda butun dunyoda rasmiy taqvim deb Grigoriy taqvimi qabul qilingan. Bu taqvim 12 oydan iborat. Quyoshning yillik ko‘rinma harakati bilan bog‘liq bo‘lgan quyosh (shamsiya) taqvimi, 12 Oyning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan oy (qamariya) taqvimi mavjud. Hijriy-shamsiy yil 21-mardan boshlanadi. Hijriy-shamsiy yilda 30 kundan iborat oylar: hamal, sunbula, qavs. 29 kundan iborat oylar: mezon, aqrab. 31 kundan iborat oylar; savr, javzo, saraton, asad, jadiy, dalv, hut. Xalqi musulmon diniga e’tiqod qiluvchi mamlakatlarda diniy marosimlar hijriy-qamariy (oy) taqvimi asosida olib boriladi. Bu taqvim Oyning yillik ko‘rinma harakatiga asoslangan bo‘lib, bir yil 354 kunga teng. Hijriy-qamariya taqvimi ham 12 oydan iborat. Hijriy- qamariya taqvimida 30 kundan iborat oylar quyidagilar; muharram, rabbiulavval, jumodilavval, rajab, ramazon, zulqa’da. 29 kundan iborat oylar quyidagilar; safar, rabbiulsoniy, jumodiloxir, sha’bon, shavvol, zulhijja. Kabisa yilida zulhijja 30 kun hisoblanadi. Bu yil hisobi ham milodiy 622- yildan boshlangan. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling