A isayev, G. Anvarjonova, N. Shokirov


 To‘rg‘ay   botig‘i    qaysi   tog‘lar   orasida   joylashgan?


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/185
Sana08.01.2022
Hajmi0.73 Mb.
#248699
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   185
Bog'liq
87ortaosiyovaozbtabgeografiyasipdf

6. To‘rg‘ay   botig‘i    qaysi   tog‘lar   orasida   joylashgan? 
A) Mug‘ojar  va   Ulutov       B) Mug‘ojar   va   Oloy 
C) Ulutov   va   Chotqol           D) Chirchiq   va    Piskom 
7. G‘alaba   cho‘qqisining   balandligi    necha   m  ni tashkil   
qiladi? 
A) 7349 m         B) 7934 m    C) 7439  m        D) 7435 m 
8. Pomir   tog‘ida    qaysi   muzlik   joylashgan? 
A) Xabbort                      B) Pomir 
C) Fedchenko                  D) Hindukush 
9. Tyanshan tog‘  tizmasi  nechta qismga bo‘linadi? 
A) 2     B) 3   
C) 4   
 
 D) 5 
10. Pomir tog‘ining eng baland cho‘qqisi hisoblangan Somoniy 
cho‘qqisining balandligi qancha? 
A) 7439 m                                      B) 7495 m 
C)  3309 m                                    D) 7340 m   
 
                      
IV-bob. O‘rta  Osiyo  iqlimi 
Quyoshning      yer    yuziga          tushadigan      nur    energiyasi    va   
issiqligi  -  Quyosh  radiatsiyasi  deb  ataladi. O‘rta  Osiyo  hududining  
shimoliy   va  janubiy  qismlari    o‘rtasidagi   kunning  uzoqligidagi   
eng  katta  farq  yozgi  va  qishki  Quyosh  turish  kunlariga  to‘g‘ri  
keladi. Dekabr  oyi  oxirida  o‘lkaning  chekka  janubiy  qismlarida  kun    
shimolga  nisbaran  1  soat-u  10  minut   uzun, iyun  oyining   oxirida  
esa  aksincha, 1  soat-u  50  minutga   yaqin  qisqa  bo‘ladi. Quyoshdan   
yer   betiga  bevosita   yetib  kelgan  radiatsiya  -   to‘g‘ri  radiatsiya  
deyiladi . Lekin Quyoshdan keladigan energiyaning hammasi ham yer 
betiga yetib kelmaydi. Uning 20 foizga yaqini yer yuziga tushmay, havo 
qobig‘idan yana fazoga qaytib ketadi. Quyosh nurlarining bir qismini 
havodagi suv bug‘lari, changlar, shuningdek, bulutlar yutadi va tarqatib 
yuboradi. Natijada atmosferada    tarqoq  radiatsiya vujudga  keladi. 
Yer  yuzasiga  tushadigan  tarqoq  radiatsiya  bilan  to‘g‘ri  radiatsiya 
birgalikda yalpi radiatsiya deb ataladi. 


23 
 
 O‘rta  Osiyo   iqlimining  shakllanishida    arktika, mo‘tadil   va  
tropik  havo  massalari    juda  faol  ishtirok   etadi. G‘arbdan  keladigan  
iliq   va   sernam    havo  massalari   Atlantika  okeani, O‘rta  dengiz  va  
Qora    dengiz      ustida    tarkib    topganligidan  ancha    yog‘in  keltiradi.   
O‘rta  Osiyo hududiga  shimoli–g‘arb     yoki  shimoldan   Arktika  va  
mo‘tadil    kengliklarning    sovuq  havo  massalari     kirib  kelganda,     
harorat -10, -20
0
 C gacha  pasayadi. Qish  oylarida   g‘arbiy  havo  oqimi   
kuchli  bo‘lsa, ob-havo  nisbatan  iliq   va  sernam  bo‘ladi. Aksincha, 
sovuq  shamollar    esganda,  ob-havo  juda  beqaror, ko‘pincha     o‘ta  
sovuq  va   yog‘inli  bo‘ladi. O‘lkada  uzoq  vaqt  davom   etadigan   yoz  
oylarida    ayniqsa,        havo    juda    isib,    mahalliy    Turon      kontinental  
tropik    havosi      tarkib      topadi.  O‘rta    Osiyo    tekislik  qismida    yoz  
oylarida   havo  bosimi  pasayadi, ya’ni  termik  depressiya   vujudga  
keladi. Tog‘larda  qish  uzoq, yoz  esa  qisqaroq  bo‘ladi.  

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling