A k a d e m n a s h r
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
qiziqarli matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob
G‘AROYIB TAQSIMOT
Savdogarning o'limidan so'ng u meros qoldirgan pullar, vasiyati- ga ko'ra, quyidagicha taqsimlandi. Katta o'g'il 100 so'm va qolgan pulning 1/6 qismini, keyin ikkinchi o'g'il 200 so'm va qolgan pulning 1/6 qismini, uchinchi o'g'il ham 300 so'm va qolgan pulning 1/6 qis mini oldi, oxirgi o'g'il akalaridan qolgan pulni olgunicha bo'lishish shu tartibda davom etdi. Oxirida ma’lum bo'lishicha, barcha o'g'il- larga teng miqdorda meros tegibdi. Savdogarning o'g'illari nechta bo'lgan va u qancha meros qoldirgandi? Javob: Savdogarning 5 ta farzandi bo'lgan va ularga 2500 so'm meros qoldirgan. PIFAGOR TEOREMASI Qayiq aylana shaklidagi suv havzasida qirg'oqdan shimolga 30 km suzib narigi qirg'oqqa yetib keldi. So'ngra u sharqqa qayrildi 39 va keyingi qirg'oqqacha yo'nalishini o'zgartirmay 40 km suzdi. Suv havzasining diametrini toping. Javob: Qayiq bosib o'tgan ikkita masofani to'g'ri burchakli uch- burchakning katetlari deb olsak, Pifagor teoremasiga ko'ra, javob 50 km bo'lishini ko'rishimiz mumkin. TIRIK TOVUQLAR Tovuq sotib o'tirgan kishidan 1-xaridor hamma tovuqlarning yarmini va yana yarimta tovuq sotib oldi. Keyin 2-xaridor kelib, u ham qolgan tovuqlarning yarmini va yana yarimta tovuq sotib oldi. 3-xaridor ham qolgan tovuqlaning yarmini va yana yarimta tovuq sotib oldi. Shunda sotuvchining tovuqlari tamom bo'lgani oydin- lashdi. Agar u sotgan tovuqlarning hammasi tirik holda sotilgan bo'lsa, bozorga sotuvchi nechta tovuq olib chiqqan? Javob: Sotuvchi hammasi bo'lib 7 ta tovuq sotgan. I U L O U L Bitta g‘oz yo'lida g'ozlar galasini uchratib qolib, shunday debdi: «Salom, ey yuzta g‘oz». Shunda g'ozlar yo'lboshchisi javob beribdi: «Biz yuz g‘oz emasmiz. Bizga yana o'zimizcha, yana o'zimizning yarmimizcha, yana o'zimizning chorak qismimizcha va sen qo'shil- sang, shundagina yuz g‘oz bo'lamiz». Galada nechta g‘oz bo'lgan? Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling