A k a d e m n a s h r


-qoralovchi  bergan  masalaning javobi


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/47
Sana08.01.2022
Hajmi1.31 Mb.
#248575
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
Qiziqarli matematika [uzsmart.uz]

2-qoralovchi  bergan  masalaning javobi:

Maktabda  necha  kundan  keyin  5  to'garakning  hammasi  yana 

bir vaqtda  yig'iladi  degan  birinchi  savolga  agar 2  ga,  3  ga,  4  ga,  5 

ga  va  6  ga  qoldiqsiz  bo'linadigan  hamma  sonlardan  eng  kichigini 

topa  olsak  (EKUK)  osongina javob  beramiz.  Bu  son  60  ekanligini 

bilish  qiyin  emas.  Demak,  61-kuni  yana  5 to'garak yig'iladi:  chilan­

garlik to'garagi  30 ta  ikki  kunlikdan  keyin,  duradgorlik to'garagi  20 

ta  uch  kunlikdan  keyin,  foto  to'garagi  15  ta  to'rt  kunlikdan  keyin,



14


shaxmat  to'garagi  12  ta  besh  kunlikdan  keyin  va  xor to'garagi  10 

ta  olti  kunlikdan  keyin  yig'iladi.  60  kun  o'tmaguncha  bunday  kun 

kelmaydi.  Navbatdagi shunday kun yana 60 kundan  keyin, ya’ni  ik­

kinchi chorakda bo'ladi. Xullas, 5to'garakning hammasi mashg'ulot 

uchun  yana  bir  vaqtda  yig'iladigan  kun  birinchi  chorak  davomida 

atigi  bitta  bo'ladi.

Masalaning  «To'garak  mashg'ulotlaridan  xoli  bo'lgan  kunlar

1-chorakda  nechta  bo'ladi?»  degan  ikkinchi  qismiga  javob  topish 

anchayin  mushkul.  Bunday  kunlarni  topish  uchun  1  dan  90  gacha 

hamma  sonni  yozib  va  shu  qatordan  chilangarlik  to'garagi  ishlay- 

digan  kunlarni,  ya’ni  1-,  3-,  5-,  7-,  9-  va  hokazo  kunlarni  o'chirish 

kerak.  Keyin  duradgorlik to'garagi  ishlaydigan  kunlar:  4-,  7-,  10- va 

hokazo  kunlar o'chiriladi.  Buning  ketidan  foto to'garagi,  shaxmat va 

musiqa  to'garaklari  ishlaydigan  kunlar  o'chirilgandan  so'ng  birinchi 

chorakda hech qaysi to'garak ishlamagan  kunlar o'chirilmay qoladi.

Bu  ishni  qilib  ko'rgan  kishi  birinchi  chorakda  mashg'ulotlardan 

xoli  bo'lgan  kunlar  anchagina,  ya’ni  24  kun  ekanini  biladi:  yanvar- 

da  8  kun,  chunonchi:  2-,  8-,  12-,  14-,  18-,  20-,  24-  va  30-kunlar. 

Fevralda  bundav kunlar 7 ta.  martda esa 9 ta.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling