A k a d e m n a s h r
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Qiziqarli matematika [uzsmart.uz]
k u i
. unuima,
i k k i uyin layyoiido qo yi - dedi-da, xayrlashib jo'nab ketdi. Boy ko'zlariga ishonmasdi: nazarida, yuz ming so'm osmondan tushganday edi! U pullarni qayta-qayta sanab chiqdi, qalbaki pul emasligiga ba- tamom ishondi: hammasi to'g'ri. Pulni ovloqroq joyga yashirdi va ertangi pulni kuta boshladi. Kechasi boyning yuragiga g'ulg'ula tushdi. Uni «kelgan odam qaroqchi emasmikin, o'zini sodda ko'rsatib, pul yashiriladigan joyni bilib olib, keyin bir to'da qaroqchilar bilan bostirib kelmasmikin» de gan vahima bosdi. Boy eshiklarni mahkam yopib, derazaga termilganicha, tashqa- riga quloq solib allamahalgacha uxlay olmadi. Erta bilan darvoza yana taqilladi: notanish kishi pul keltirgan ekan. U yuz ming so'mni sanab berib, o'zining ikki tiyinini oldi, chaqani hamyoniga solib bo'lib, xayrlashayotganda: - Ertaga to'rt tiyin-a, tayyorlab qo'yishni unutma, - dedi. Boy yana o'zida yo'q xursand, chunki ikkinchi yuz ming so'm ham go'yo o'z oyog'i bilan keldi. Mehmon esa qaroqchiga o'xsha- maydi: atrofga ko'z yugurtirmadi, sinchkovlik qilmadi, faqat o'ziga
tegishli tiyinlarinigina talab qildi. Tentak! Dunyoda shunaqa nodon- lar ko'proq bo'lganda edi, donolar yaxshiroq yashashardi. Notanish odam uchinchi kuni ham keldi. Uchinchi yuz ming so'm va boydan 4 tiyin... To'rtinchi kuni to'rtinchi yuz ming so'm ham xuddi shu yo'sinda (8 tiyinga) boyning cho'ntagiga kirdi. Beshinchi yuz ming so'm 16 tiyin, oltinchi yuz ming so'm esa 32 tiyin evaziga keldi. Yetti kun deganda boy yetti yuz ming so'm oldi-yu, lekin bu pul- lar badaliga arzimagan pul to'ladi: 1 t. + 2 t. + 4 t. + 8 t. + 16 t. + 32 t. + 64 t. = 1 s. 27 t. Bu narsa ochko'z millionerga yoqib tushdi, hatto u atigi bir oy mud- datga bitim tuzganidan ham afsuslandi, axir, bu muddatda bor-yo'g'i uch million atrofida pul qo'lga kiradi, xolos-da. Muddatni, jilla qursa, yana yarim oyga cho'zish uchun tentakni ko'ndirib bo‘lmasmikin-a? Bu esa xatarli, chunki pulni bekorga berayotganini fahmlab qolsa bormi... Notanish odam esa har kuni erta bilan yuz ming so'm keltiraverdi. 8-kuni u 1 s. 2 8 1. oldi, 9-kuni 2 s. 5 6 1., 10-kuni 5 s. 1 2 1., 11-kuni 10 Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling