Ko'ramizki, bu qatorning har bir soni o‘zidan oldingi sonlarning
hammasini birga olib, unga yana bitta birlik qo'shilganiga teng.
Shuning uchun bunday qatorning hamma sonlarini, masalan, 1
dan to 32 768 gacha bo'lgan sonlarni qo'shish kerak bo'lganda biz
undan oldingi hamma sonlar yig'indisini faqat oxirgi songa (32 768
ga) qo‘shamiz, boshqacha aytganda, o’sha oxirgi songa undan bit
ta kam (32768 - 1) sonni qo‘shamiz va 65 535 hosil qilamiz.
Millionerimizning ko'rgan zararini shu usul bilan juda tez hisob
lab chiqish mumkin. Buning uchun uning oxirgi marta qancha to'la-
ganligini bilsak bas. Uning oxirgi to'lovi 5 368 709 s. 12 t. bo'lgan.
Shuning uchun 5 368 709 s. 1 2 1. ni 5 368 709 s. 11 t. ga qo'shsak,
izlangan natija: 10 737 418 s. 23 t. chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: