A k a d e m n a s h r
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Qiziqarli matematika [uzsmart.uz]
qiymatidagi chaqa) bor. Endi gapimni yaxshilab eshit. Sen xazi-
naga kirasan, bitta brass olib chiqasan va uni mening oyog‘im os- tiga qo‘yasan. Ikkinchi kuni xazinaga yana kirib, 2 brassga teng chaqa olasan va uni oldingisining yoniga, ana shu yerga qo'yasan. 34 Uchinchi kuni olib chiqqan puling 4 brass, to'rtinchi kuni 8 brass, beshinchi kuni 16 brass bo'lishi kerak. Xullas, har gal chaqaning qiymatini ikki baravar oshira borasan. Sening uchun har kuni te- gishli qiymatga ega bo'lgan maxsus chaqa tayyorlab turishga buyruq beraman. Xazinamdan ko'tara olganingcha brass olib ketasan. Senga yordamlashishga hech kimning haqqi yo‘q. Sen faqat o‘z kuchingdan foydalanishing kerak. Qachonki ko'tarishga kuching yetmay qolsa, to‘xta! Bitimimiz shu yerda tamom bo'ladi, shungacha xazinamdan kuching yetgancha olib chiqqan pullaring- ning hammasi seniki. Bu mening senga qilgan hadyamdir. Imperatorning har bir so'zini Terensiy zo‘r diqqat bilan tingladi. Uning xayolida biri biridan katta, qanchadan qancha quyma pullar gavdalanardi.‘U ana shu pullarni davlat xazinasidan olib ketishni umid qilar edi. - Iltifotingdan minnatdorman, - dedi u shodiyona tabassum bi lan, - haqiqatdan, hadyang katta! Terensiy davlat xazinasiga har kuni qatnay boshladi. Xazina im peratorning qabulxonasiga yaqin joyda edi. Terensiyga dastlabki kunlari pul ko‘tarib o‘tish hech bir qiyinchilik tug'dirmadi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling