A k a d e m n a s h r
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Qiziqarli matematika [uzsmart.uz]
0 ‘YINLAR
1-O‘YIN Qog'ozga (yoki sinftaxtaga) quyidagicha sonlar ustunini yozing: 1000 30
1000 40
1000 20
1000 10 Raqamlar ustunini qog'oz bilan berkiting va raqamlarni birin-ke- tin, asta-sekinlik bilan ochib boring, do'stingiz esa ochilgan raqam larni og‘zaki qo'shib tursin va oxirida hosil bo'lgan yig'indini aytsin. Tekshirib ko‘ring-chi, do'stingiz to'g'ri hisobladimi?
Bu o‘yinda ikki kishi ishtirok etadi va 1 dan 10 gacha bo'lgan butun sonlarni navbatma-navbat qo'shish bilan davom etadi. Ya’ni birinchi qatnashchi 1 dan 10 gacha bo'lgan istalgan biror butun sonni aytadi. Ikkinchi o'yinchi esa aytilgan raqamga o'zi o'ylagan sonni qo'shadi va yig'indini aytadi. Keyin yana birinchi o'yinchi yig'indiga o'zi o'yla gan sonni qo'shadi va natijani aytadi. O'yin shu tarzda yig'indi 100 ni tashkil qilgunicha davom etadi. Qaysi ishtirokchi birinchi bo'lib yuzlik marraga yetib kelsa, o'sha g'olib hisoblanadi.
Shuni yodda tutingki, о ‘yin davomida 1 dan 10 gacha bo‘lgan butun sonlardangina foydalanish mumkin. 3 -0 ‘YIN Stol ustida yotgan 27 ta gugurt donasidan 2 ta ishtirokchi nav- batma-navbat 1 tadan kam va 4 tadan ko‘p bo'lmagan gugurt donalarini oladi. O'yin so'ngida kimning olgan gugurt donalari juft miqdorni tashkil etsa, o'sha ishtirokchi g'olib hisoblanadi. 0 ‘ylab ko‘ring-chi, bu o'yinda g'olib bolishning yo‘li (yoki formu lasi) bormikan? 4-O‘YIN
Stol ustida 11 ta buyum, masalan, gugurt qutilari turibdi. Birinchi qatnashchi xohishiga qarab ulardan 1, 2 yoki 3 ta oladi. Keyingi ishtirokchi ham o‘z xohishicha ulardan 1, 2 yoki 3 ta olishi mumkin. Shunday tartibda har bir ishtirokchi navbat bilan har safar 3 ta- gacha bo'lgan gugurt qutilarini oladi. Oxirgi gugurt qutisini olishga majbur bo'lgan ishtirokchi mag'lub hisoblanadi. Yutqazmaslik uchun o ‘yinni q and ay olib borish kerakligini o ‘ylab ко nng-cn i. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling