A k a d e m n a s h r
1-qoralovchining savoli
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Qiziqarli matematika [uzsmart.uz]
7
1-qoralovchining savoli: « 0 ‘TIN HAQI» Men aytadigan jumboqqa o'xshash voqealar hayotda tez-tez uchrab turadi. Xullas, ko'pchilik foydalanadigan o'choqboshida ovqat pishirayotgan qizlardan biri (qulaylik uchun uni Uchxon dey- lik) o'choqqa 3 bog' o'tin yoqdi, ikkinchisi (Beshxon) esa 5 bog' o'tin yoqdi. O'tinsiz degan qiz (bundan uning o'tini yo'qligini tushuna- siz) ovqatini o'rtadagi o'tda pishirib olishga ruxsat oldi. O'tning haqi uchun u qo'shni qizlarga 8 tiyin berib ketdi. Bu pulni Uchxon bilan Beshxon o'zaro qanday bo'lib olishlari kerak? -T e n g bo'lib olishadi, chunki O'tinsiz ularning olovidan bab-ba- ravar foydalandi-da, - deb shosha-pisha javob berdi Hoshimjon. Zalda yana kulgi ko'tarildi. - Yo'q-yo'q, unda ular pulni yoqqan o'tinlariga qarab olishadi: 3 bog' yoqqan qiz - 3 tiyin, 5 bog' yoqqan qiz - 5 tiyin. Endi to'g'ri topdimmi? - deb so'radi «bilag'on»imiz. Zaldan esa «Javobni bilmasang nima qilasan aylantirib?», «Undan ko'ra o'qishingni yaxshila!», «Yana a’lochimish...» degan luqmalar esnmiarai. - Unday bo'lsa, to'g'ri javobni o'zingiz ayta qoling, hurmatli qo- ralovchi. Men o'rganib qolganman: o'qituvchimiz ham bergan sa vollarga javob bermaganimda ahmoq, shuniyam..., yo'g'-e, o'zim- ning aqlli o'quvchim, muborak boshingni qotirib nima qildim deya masalaning javobini o'zlari aytadilar. - Do'stlarim, - deb so'z oldi Bosh akademik. - Jumboqlaming yechimini hozircha e’lon qilmaylik. Bu jumboqlami mazkur kitob- chani o'qiyotgan o'quvchilar ham yaxshilab o'ylab ko'rishsin. To'g'ri javoblami oxirida ma’lum qilamiz. Endigi so'z navbatdagi qora- lovchiga. Marhamat!
Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling