6-BOB
QUVNOQ SAVOLLAR
TEZKOR SAVOL-JAVOBLAR
Savol: Agar sutkaning o‘tgan vaqti qolgan vaqtidan ikki marta
kam bo'lsa, hozir soat necha?
Javob: Soat 8.
Savol: Sinfda 36 ta o'quvchi bor. 0 ‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan
3 kishi ko‘p. Sinfda nechta qiz bola va nechta o'g'il bola o'quvchi
bor?
Javob: Masala javobga ega emas.
Savol: Bloknot oramajildi bilan 11 so mturadi. Bloknotning o‘zi
jildidan 10 so'mga qimmat. Bloknot va jildi alohida-alohida qancha
turadi?
Javob: 10,5 so‘m va 0,5 so'm.
Savol: Eng katta 3 xonali sonni hosil qilish uchun eng katta
bir xonali songa eng katta ikki xonali sonni necha marta qo'shish
kerak?
Javob: 10 marta.
Savol: 1 dan 100 gacha bo'lgan sonlarning juftlari yig'indisi
toqlari yig'indisidan qanchaga ko'p?
Javob: 50 ga ko'p.
Savol: Kamayuvchi, ayriluvchi va ayirmaning yig'indisi 25 ga
teng. Kamayuvchini toping.
Javob: 12,5.
Savol: Eng katta bir xonali, ikki xonali, uch xonali va to'rt xonali
sonlar yig'indisini hisoblang.
Javob: 11 106.
41
Savol: Yig'indini toping: 5 + 10 + 15 + 20 + 25 +...+ 100
Do'stlaringiz bilan baham: |