va keyingi qirg'oqqacha yo'nalishini o'zgartirmay 40 km suzdi. Suv
havzasining diametrini toping.
Javob: Qayiq bosib o'tgan ikkita masofani to'g'ri burchakli uch-
burchakning katetlari deb olsak, Pifagor teoremasiga ko'ra, javob
50 km bo'lishini ko'rishimiz mumkin.
TIRIK TOVUQLAR
Tovuq sotib o'tirgan kishidan 1-xaridor hamma tovuqlarning
yarmini va yana yarimta tovuq sotib oldi. Keyin 2-xaridor kelib, u
ham qolgan tovuqlarning yarmini va yana yarimta tovuq sotib oldi.
3-xaridor ham qolgan tovuqlaning yarmini va yana yarimta tovuq
sotib oldi. Shunda sotuvchining tovuqlari tamom bo'lgani oydin-
lashdi. Agar u sotgan tovuqlarning hammasi tirik holda sotilgan
bo'lsa, bozorga sotuvchi nechta tovuq olib chiqqan?
Javob: Sotuvchi hammasi bo'lib 7 ta tovuq sotgan.
I U L O U L
Bitta g‘oz yo'lida g'ozlar galasini uchratib qolib, shunday debdi:
«Salom, ey yuzta g‘oz». Shunda g'ozlar yo'lboshchisi javob beribdi:
«Biz yuz g‘oz emasmiz. Bizga yana o'zimizcha, yana o'zimizning
yarmimizcha, yana o'zimizning chorak qismimizcha va sen qo'shil-
sang, shundagina yuz g‘oz bo'lamiz».
Galada nechta g‘oz bo'lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: