A. K. Ibragimov iqtisod fanlari doktori, O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi "Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit" kafedrasi mudiri


Ustav kapitalining shakllanishi va uning xususiy kapital to’g’risidagi hisobotda aks ettirish tartibi


Download 1.81 Mb.
bet28/43
Sana07.12.2020
Hajmi1.81 Mb.
#162075
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Bog'liq
moliyaviy hisobot

6.3. Ustav kapitalining shakllanishi va uning xususiy kapital to’g’risidagi hisobotda aks ettirish tartibi

Korxonaning ustav kapitalining tarkibi uning ta’sis hujjatlari va tashkiliy huquqiy shakliga bog’liqdir. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi korxonaning tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ta’sis hujjatlari asosida tartibga solinadi.

Ustav kapitali ro’yxatdan o’tkazilgan miqdorda aks ettiriladi va undan oshib ketishi mumkin emas. Korxonaning ustav kapitalini ko’payishi yoki kamayishi faqat ta’sischilarning qarori asosida ta’sis hujjatlariga o’zgarishlar kiritilgandan so’ng amalga oshiriladi.

Aksiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin uning ustav kapitali emissiya prospektida ro’yxatga olingan summada ko’rsatiladi. Korxonaning aksiyadorlik kapitali hisobda ro’yxatdan o’tgan, lekin emissiyasi tugallanmagan miqdorda hisobga olinishi sababli e’lon qilingan (chiqarishga ruxsat berilgan) chiqarilgan (aksiyadorlar tomonidan obuna amalga oshirilgan) va muomaladagi oddiy aksiyalarning har qaysi emissiyasini alohida hisobga olish zarur.

Aksiyadorlik jamiyatlari o’z ustav kapitalini muomalaga qo’shimcha aksiyalar chiqarish yoki muomaladagi aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo’li bilan oshirish mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali miqdori aksiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki ularning sonini kamaytirish, shuningdek, jamiyat tomonidan keyinchalik qoplash uchun aksiyalarning bir qismini sotib olinishi natijasida kamayishi mumkin.

Aksiyalarning likvidliligini oshirish maqsadida ularni maydalash natijalari aksiyadorlar kapitalining hajmiga ta’sir ko’rsatmay, faqatgina yangi muomaladagi aksiyalarning nominal qiymati va miqdorini ko’paytirish sababli ushbu operatsiyalarga buxgalteriya yozuvlari qilinmaydi.

Aksiyadorlarga korxona ustav kapitalidagi ulushining qaytarilishi aksiyadorlik jamiyatining sotib olingan xususiy aksiyalari sifatida ko’rsatiladi va ushbu summa shu nomdagi kontrpassiv schyotda hisobga olinadi.

Korxona ro’yxatdan o’tgandan keyin uning ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan pay va ulushlaridan tashkil topadi.

Ustav kapitalining shakllanishidagi o’ziga xos xususiyatlar ularning hisobini yuritishga ham bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot» ko’rsatkichlarining ustav kapitaliga tegishli ustunlari ushbu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda tuzilgan.

Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda ustav kapitalining yil boshiga qoldig’i (010-satr). Ushbu ko’rsatkich buxgalteriya hisobining 8300 «Ustav kapitali (fondi)ning hisobvaraqlari»ning joriy yilning 1-yanvariga bo’lgan kredit qoldig’i ma’lumotlari asosida aniqlanadi.

Navbatdagi ko’rsatkich xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari (100-satr)da korxona ustav kapitali qiymatining o’zgarishi natijasida boshqa manbalardan qo’yilgan mablag’lar summasini ko’rsatadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, ustav kapitalining yil oxiridagi qoldig’i (110-satr), yil boshidagi qoldiq summasiga (010-satr) xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari (100-satr)ni qo’shish orqali aniqlanadi.

Хususiy kapitalning ko’payishi (+), yoki kamayishi (-) (120-satr)ning ustav kapitalining ta’siridagi o’zgarishini ko’rsatadi. Bunda ustav kapitali summasining ko’payishi yoki kamayishi hisobiga xususiy kapital qanchaga o’sgan yoki kamayganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni olish mumkin.

Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotning ustav kapitaliga oid ustunlarini to’ldirishdan oldin ularning o’zgarishining buxgalteriya hisobi schyotlaridagi aks ettirilishi tekshirilshi lozim. Buning uchun tekshirish schyotlarning o’zaro bog’lanishi asosida amalga oshiriladi. Bunda dastlab ustav kapitalining o’zgargan summasiga ustav kapitalini hisobga oluvchi 8300-«Ustav kapitali (fondi)ning hisobvaraqlari» bilan 4610-«Тa’sischilarning ustav kapitali (fondi)ga badallar bo’yicha qarzlari» hisobvarag’ining bog’lanishi tekshirilishi lozim. Shundan so’ng ta’sischilarning ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzlarini to’lashini tekshiriladi. Ma’lumotlarning to’g’riligini ishonch hosil qilingandan so’ng ularni xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning ustav kapitaliga tegishli ustunlaridagi ko’rsatkichlarini to’ldirish uchun foydalaniladi.

Ammo qonunchilikka muvofiq korxonalarda ustav kapitali har doim ham o’zgartirilavermaydi.



6.4. Qo’shilgan kapital bilan bog’liq muomalalarni «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda» aks ettirish tartibi

Korxonalar o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida qo’shimcha kapital vujudga keladi. Qo’shimcha kapital aksiyadorlik jamiyatlari, xorijiy firmalar va qo’shma korxonalarda shakllantiriladi.

Korxonada qo’shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida vujudga kelishi mumkin:

a) emissiya daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori bahoda aksiyalar birlamchi sotilishida;

b) kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali korxonalar ustav kapitalini shakllantirish paytida.

Emissiya daromadi deb aksiyadorlik jamiyatlarida chiqarilgan aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori bahoda sotilishi natijasida olingan daromadga aytiladi. Emissiya daromadi aksiyalarni sotish jarayonida vujudga keladi. Demak, emissiya daromadi faqat aksiyadorlik jamiyatlarida o’z aksiyalarini birlamchi sotilishi natijasida olinadi. Boshqa korxonalarda emissiya daromadi olinmaydi. Хorijiy investitsiyali korxonalar-qo’shma korxonalar va 100 % chet el kapitali asosida tashkil qilingan xorijiy firmalar ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kursdagi farqlarni qo’shimcha kapital sifatida tan oladi.

Ustav kapitalini shakllantirish uchun berilgan valuta va valuta qimmatliklari, ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha baholanadi. Valuta va valuta qimmatliklarini va boshqa mulklarni baholash ro’yxatdan o’tkazish sanasidagi ta’sis hujjatlarida belgilangan baholardan farq qilishi mumkin. Bunda vujudga keladigan kurs farqlari 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi» schyotida hisobga olinadi. Baholardagi ijobiy kurs farqlari 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi» schyotining kreditida, salbiy kurs farqlari esa mazkur schyotning debetida aks ettiriladi. Kurs farqlarini bu tartibda hisobdan chiqarilishi ta’sis hujjatlarida oldindan kelishilgan, ustav kapitalidagi ta’sischilar ulushining o’zgarmasligiga imkon beradi.

Ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kursdagi farqlar qo’shma korxonalar va boshqa xorijiy investitsiyali korxonalarda amalga oshiriladi.

Qo’shimcha kapitalga oid ma’lumotlarni «Хususiy kapital to’’risidagi hisobot»da aks ettirish uchun quyidagi ko’rsatkichlar belgilangan:

qimmatli qog’ozlar emissiya;

xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari;

yil oxiridagi qoldiq;

xususiy kapitalning ko’payishi (+), yoki kamayishi (-).

Aksiyadorlik jamiyatlari qaroriga muvofiq qimmatli qog’ozlarni emissiya qiladi, ya’ni chiqaradi va ularni aksionerlar o’rtasida joylashtiradi. Aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori qiymatda sotish natijasida vujudga kelgan qiymatni 020-satrda, ya’ni qimmatli qog’ozlar emissiyasi ko’rsatkichida aks ettiriladi. Ushbu ko’rsatkichni to’ldirishdan oldin uning to’g’riligiga ishonch hosil qilish lozim. Buning uchun 8410-«Emissiya daromadi», 4610-«Тa’sischilarni ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzlari» va 5110-«Hisob-kitob» schyoti ma’lumotlari o’zaro tekshirilishi lozim. Ularning to’g’riligiga ishonch hosil qilingandan so’ng 8410-«Emissiya daromadi» schyotining kredit qoldig’idagi summa «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot»ning «Qimmatli qog’ozlar emissiyasi» ko’rsatkichining «Qo’shilgan kapital» ustuni (020-satr)ga yozib qo’yiladi.

Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo’lgan valuta kursi farqlari (040-satrda) buxgalteriya hisobida 8420-«Ustav kapitalini shakllantirish chog’ida valuta kurslaridagi farq» hisobvarag’ida aks ettiriladigan, ta’sis hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish sanasida va mablag’lar ustav sarmoyasiga haqiqatda kiritilgan sanada Markaziy bank kurslari o’rtasida yuzaga keladigan, korxonaning ustav sarmoyasini shakllantirish chog’ida hisobot davri uchun kurslardagi farq aks ettiriladi. Ushbu ko’rsatkichni to’ldirishdan oldin buxgalteriya hisobi schyotlari ma’lumotlari, shuningdek, ustav kapitalining ro’yxatdan o’tgan va to’langan vaqtdagi chet el valutasining kursi hamda ular o’rtasidagi farq summalar tekshirilishi lozim. Shundan so’ng ushbu ma’lumotlar hisobotning «qo’shimcha kapital» ustuniga yozib qo’yiladi.

Hisobotning «Хususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari» ko’rsatkichi (100-satr)da qo’shimcha kapitalni shakllantirish uchun yo’naltirilgan boshqa mablag’lar ko’rsatiladi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, «Yil oxiridagi qoldiq (110-satr) va xususiy kapitalning ko’payishi (+) yoki kamayishi(-)» (120-satr) ko’rsatkichlarini umumiy tartibda aniqlanadi.


Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling