A. K. Sharaxmatova Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Academic Research in Educational Sciences
Download 59.48 Kb. Pdf ko'rish
|
oliy-ta-lim-muassasalarida-pedagogik-muloqot-va-uning-ahamiyati-xususida
- Bu sahifa navigatsiya:
- DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-755-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 759 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-755-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 759 www.ares.uz merosini, Al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al -Byeruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg‗ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Mirzo Ulug‗bek, Amir Temur, Bobur, Alishyer Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi allomalarning jahon fani va madaniyatiga qo‗shgan bebaho hissalarini o‗rganish, shu asosda yosh avlodni uchinchi renessans poydevorini yaratishga qobiliyatli qilib tarbiyalash zarurligi ta‘kidlanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ta‘kidlashicha, yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda islom ta‘limotining ahamiyati katta. Islom dini - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham diyonat, ham ma‘rifatdir. Insonga xos olijanob sifatlardan yana biri kechirimli bo‗lishdir. Bu sifat keng qalbli, birovlarning adovati vaziyatiga chiday oladigan kishilarda bo‗ladi. Insonlar ko‗pincha xato qiladilar va xatolarning kechirilishiga muhtojlik sezadilar. «Yomonlikni yaxshilik bilan qaytaringlar» deyiladi. Qur‘oni karimda. Kishilar o‗rtasidagi munosabatlarda ko‗pgina salbiy muammolar o‗ylamasdan, ehtiyotsizlik bilan aytilgan qo‗pol so‗zdan kelib chiqadi. O‗qituvchining chiroyli so‗zi esa yaxshi muomala, mehr-oqibat kalitidir. O‗qituvchi shirinso‗zligi va xushmuomalaligi shartlaridan biri ovozni baland ham, past ham qilmay, me‘yorida gapirishdir. Shirinso‗zlik va go‗zal munosabat hech qachon, hech qayerda sotilmaydi. Bunga erishmoqlikning birgina yo‗li bor, bu ham bo‗lsa, tinimsiz shirinso‗zni mashq qilish, kitob o‗qish va axborotlarni tinglash, ko‗p eshitish va tahlil qilishdir. Muomala o‗qituvchining kimligini ko‗rsatuvchi ko‗zgudir. Pedagogik mahorat fani o‗qituvchisining maqsadlaridan biri - komil insonni o‗qitish va tarbiyalash natijasidir. Komil inson g‗oyasi ham milliy, ham umumbashariy mohiyat va qadriyatga ega, odamzodga xos eng yuksak ma‘naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g‗oyadir. Komil insonni tarbiyalash g‗oyasi azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, uning ma‘naviyatining uzviy bir qismi bo‗lib kelgan. Barkamol inson haqidagi yuksak, umuminsoniy g‗oyalar Abu Nasr Forobiy va Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarimizning asarlarida ayniqsa, teran ifoda etilgan. Hazrat Navoiyning «Kamol et kasbim, olam uyidin senga farz o‗lmagay g‗amnoq chiqmoq. Jahondin notamom o‗tmak biaynix, erur hammomdin nopok chiqmoq», degan fikrlari har bir inson komillikni o‗ziga shior qilib olishi zarurligini anglatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling