A) safarga B) saxovatga
C) hilmga D) tilga
23. Qaysi javobdagi ma’lumot Navoiyning ≪Bo‘ldum sanga≫ radifli g’azali haqida emas?
A) G‘azal matla’sida: ≪Husningni
ko‘rish uchun senga zor-u asir bo‘lib
qoldim. Senga oshno bo‘lgan kunim
qanday balolik kun ekan?≫ degan
mazmun ifoda etilgan.
B) Ushbu g‘azal maqta’sida ishtiqoq
san’atining ajoyib namunasi yaratilgan.
C) G‘azalda radif bo‘lib kelgan so‘z
radifning o‘zida 8 bor qo‘llanishidan
tashqari, yana 12 (jami 20) bor takroriy
tarzda qo‘llanadi.
D) Ushbu g‘azalning begona baytida ≪Jomi Jam≫ va ≪Xizr suyi≫ tushunchalari yordamida talmeh san’ati yaratilgan.
24. Qaysi javobda Navoiyning ≪Jong’a chun dermen: Ne erdi o‘lmakim kayfiyati?..≫ g’azali maqta’si mazmuni berilgan?
A) Ey Navoiy, dunyo kishilariki bevafo bo‘lsa, kel, (yaxshisi), bundan buyon kishisizlik (yolg‘izlik)da yashashni o’zingga odat qilib ol.
B) Ey Navoiy, barcha o‘z uzrini aytdi, sen o’lguningcha kuy, chunki ishq o’ti senga azalning qismati ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |