A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA
= δ;
Odatda, o’lchash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan belgilanadi. Absolyut xatolikni asbob ko’rsatishining eng maksimal qiymatiga nisbatini protsentlarda olinganiga keltirilgan xatolik deb ataladi. % 100 A max x k ; 2. Nisbiy xatolik – absolyut xatolikni haqiqiy qiymatga nisbatini bildiradi va foiz (%) da ifodalanadi: = [(A x – A o )/A o ]∙100 = ( /A o )∙100%. II. O’lchash sharoiti tartiblariga ko’ra xatoliklar quyidagilarga bo’linadi: 1. Statik xatoliklar - vaqt mobaynida kattalikning o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan xatoliklar. O’lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan o’zgarmas kattalikni o’lchashda hosil bo’ladi. Agar o’lchash vositasining pasportida statik sharoitlardagi o’lchash-ning chegaraviy xatoliklari ko’rsatilgan bo’lsa, u holda bu ma’lumotlar dinamik sharoitlardagi aniqlikni tavsiflashga nisbatan tadbiq etila olmaydi. 2. Dinamik xatoliklar - o’lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida o’zgarishiga bog’liq bo’lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga kelishi o’lchash vositalarining o’lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning inersiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunda o’lchash zanjiridagi o’zgarishlar oniy tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo’ladi. III. Kelib chiqishi sababi (sharoitiga) qarab: 29 asosiy; qo’shimcha xatoliklarga bo’linadi. Normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil bo’ladigan xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda temperatura 20 S 5 S havo namligi 65 % 15 %, atmosfera bosimi (750 30) mm.sim.ust., ta’minlash kuchlanishi nominalidan 2 % o’zgarishi mumkin va boshqalar. Agar asbob shu sharoitdan farqli bo’lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil bo’ladigan xatolik qo’shimcha xatolik deyiladi. IV. Mohiyati, tavsiflari va bartaraf etish imkoniyatlariga ko’ra: 1. Muntazam xatoliklar; 2. Tasodifiy xatoliklar; 3. Qo’pol xatoliklar yoki yanglishuv. Muntazam xatolik deb umumiy xatolikning takroriy o’lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bo’ladigan, saqlanadigan yoki o’zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi. Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli tuman bo’lib, tahlil va tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin bo’ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi: Uslubiy xatoliklar; Asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar; Sub’yektiv xatoliklar. O’lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy xatolik kelib chiqadi. O’lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik asbobiy xatolik deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining noto’g’ri graduirovkalanishi (darajalanishi), qo’zg’aluvchan qismning noto’g’ri mahkamlanishi va hokazolar. Subyektiv xatolik - kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir. 30 O’lchashdagi xatolik deb, ∆ o’lch o’lchashlar natijasi X j ni haqiqiy berilgan qiymatlaridan farqi X haq. ga aytiladi. ∆ o’lch = X j – X haq . Bir kattalikni takroran bir necha bora o’lchash natijasida olingan qiymatlarga asoslanib, ularning o’rtacha arifmetik qiymati X hisoblab topiladi va o’lchashlar natijasida olinishi kerak bo’lgan haqiqiy X haq qiymatga tenglashtirib qaraladi, ya’ni quyidagi tenglik qabul qilinadi: X haq. =X Har bir o’lchash asbobi o’lchash ishlarini bajarish uchun qabul qilingan va inobatga olinishi shart bo’lgan, hamda ruxsat etilgan xatoliklarga ega. Ruxsat etilgan – yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoliklar xato hisoblanmaydi. Ruxsat etilgan va ruxsat etilmaydigan xatoliklar guruhlarini borligini kiritish qiyin emas. O’lchashlarda yuz beradigan xatoliklarni quyidagi sinflarga bo’lib qarash qabul qilingan: - doimiy takrorlanadigan xatoliklar; - to’satdan yuz beruvchi xatoliklar; - qo’pol xatoliklar. Doimiy takrorlanadigan xatoliklar deb – qayta o’lchashda takrorlanadigan va biror qonuniyat asosida o’zgarib takrorlanadigan xatoliklarga aytiladi. Bu xatoliklar o’lchashlar xatoligini yoki ko’paytiradi yoki o’sha kattalikka kamaytirishi mumkin. Masalan: uzunlikni o’lchash asbobini, o’lchashdan oldingi sozlash vaqtida 1 mkm ga xatolik bilan sozlasak, o’lchash natijasi shu kattalikda xato natija bilan chiqadi yoki bo’lmasa, bir ko’rsatkichni ko’p martalab takror o’lchashda o’nlik, yuzlik qiymatlarni har xil yaxlitlashda har xil xatolik yuz berib, oxirgi natijaviy ko’rsatkichga ta’sir qiladi. 31 Doimiy takrorlanadigan xatoliklarni, ular ko’zga tashlanib qolsa, tuzatish mumkin. Masalan: o’lchov asbobini qayta sozlash, soat millarini vaqtga qarab sozlash va h.k. lar. To’satdan yuz beruvchi xatoliklar – o’lchashlar davomida yuz bergan va yozilgan xato ko’rsatkichlarni qayta-qayta e’tiborga olinishi kuzatuvchining xohishisiz, unga bogliq bo’lmagan hodisalar tufayli yuz beradigan xatoliklardir. To’satdan yuz beruvchi xatoliklar juda ko’plab sabablar tufayli yuzaga keladi: kuzatishlar sharoitining doimo bir xil bo’lmasligi tufayli; o’lchov vositalari detallari orasidagi ortiqcha bo’shliqlar sababli; o’lchov asbobi doimo bir xil natijani ko’rsatmasligi tufayli; ob’yektning parametri o’lchanadigan joyning o’lchov asbobiga nisbatan noto’g’ri joylashib qolishi va h.k. To’satdan yuz beruvchi xatoliklarni oldindan aytib berish qiyin. Qo’pol xatoliklar – atayin, bilib turib qilinadigan harakatlar tufayli yo’l qo’yiladigan xatoliklar. Masalan, mutaxassis bo’lmagan shaxs yordamida o’lchash yoki hisoblash ishlarini bajarish, o’lchash ishlari bajralish jarayonidagi sharoit va shartlarini buzib, kuzatishlarni o’tkazish hamda hisobotlar tayyorlash, o’lchashlar natijalarini taxminan qaydnomaga kiritish, me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilmasdan o’lchov asboblaridan foydalanish va boshqalar. Muntazam xatoliklar va ularni kamaytirish usullari Umuman, muntazam xatolikni yo’qotish yo’li aniq ishlab chiqilmagan. Lekin, shunga qaramay, muntazam xatolikni kamaytirishning ba’zi bir usullari mavjud. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling