1
"O’zbekiston temir yo’llari" AJ
Toshkent temir yo’l
muhandislari instituti
A.M. Karabayev
Qurilishda metrologiya va
standartlashtirish
5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (temir yo’l binolari)
5340600 – Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (temir
yo’llar)
Тoshkent – 2019
2
UO’K 389:69
KBK 30.10
K 24
Taqrizchilar: Pirmatov R.X.– t.f.n., dotsent, Toshkent temir yo’l
muhandislari
instituti;
O’roqov A.X.– t.f.n., dotsent, Toshkent avtomobil yo’llarini
loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti
Karabayev A.M.
Qurilishda metrologiya va standartlashtirish. O’quv
qo’llanma. – T.: 2019. – 157 bet.
Mazkur o’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan qurilish
yo’nalishi mutaxassisligi bakalavriat talabalari “Qurilishda
metrologiya va
standartlashtirish” fanini o’zlashtirishi uchun nazariy yordam berishi ko’zda
tutilgan.
O’quv qo’llanma “Qurilishda metrologiya va standartlashtirish” fani
dasturi asosida yozilgan bo’lib, undagi barcha berilgan ma’lumotlar ketma-
ketligi fan dasturiga mos ravishda tuzilgan. Ushbu qo’llanmada
qurilishda
metrologik ta’minot, standartlashtirishdagi me’yoriy hujjat turlari va
qurilishda tashkil etiladigan sifat nazoratiga oid materiallarni o’z
aksini
topgan.
Toshkent temir yo’l muhandislari institutining O’quv-uslubiy komissiyasi
tomonidan nashrga tavsiya etilgan. O’quv qo’llanma 5340200 – “Bino va
inshootlar qurilishi” (temir yo’l binolari) va 5340600 – Transport
inshootlarining ekspluatatsiyasi (temir yo’llar) ta’lim yo’nalishi
talabalari
uchun mo’ljallangan.
© Toshkent temir yo’l muhandislari instituti, 2019 y.