A. Maqol B. Masal C. Ertak D. Rivoyat


Download 14.13 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi14.13 Kb.
#161640
Bog'liq
,,Uch og'a -ini botirlar test''


1.Hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib,xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan,tarbiyaviy ahamiyatga ega og’zaki hikoyalar nima deb ataladi?

A.Maqol B.Masal C.Ertak D.Rivoyat

2.Surxondaryo,Samarqand,Farg’ona taraflarda ertak atamasi qanday nomlanadi?

A.Cho’pchak B.Ushuk C.Matal D.Varsaki

3.Ertak atamasi Xorazmda qanday ataladi?

A.Cho’pchak B.Ushuk C.Matal D.Varsaki

4.Cho’pchak atamasini qaysi hududlarda ishlatishadi?

A. Surxondaryo,Samarqand,Farg’ona taraflarda

B.Xorazmda

C.Toshkent shahri va uning atroflarida

D.Buxoro atrofidagi ba’zi qishloqlarda

5.Ertaklarda qonxo’rlik,laqmalik qaysi hayvon orqali ifoda etiladi?

A.Tulki B.Sher C.Bo’ri D.Qirg’ovul

6.Ertaklardagi boshlanmalarida ,,to’qimchi’’ ekan deb qaysi hayvon ifoda etiladi?

A.Qarg’a B.To’rg’ay C.Chumchuq D.O’rdak

7.,,Ozodachehra’’,,,Uch og’a-ini botirlar’’ qanday ertaklar hisoblanadi?

A. Sehrli ertaklar B.Hayotiy-maishiy ertaklar

C.Fantastik ertaklar D.Rivoyat ertaklar

8. Qaysi javobda ,,Uch og’a -ini botirlar ‘’ertagidagidagi og’a –inilar yoshlari to’g’ri ko’rsatilgan?

A.20,19,16 B.21,19,16

C.21,18,16 D.20,18,16

9.,,Uch og’a-ini botirlar’’ ertagida otasi og’a inilarga uch narsani uqtiradi:

,,To’g’ri bo’ling –bexavotir bo’lasiz.

Maqtanchoq bo’lmang-xijolat tortmaysiz .

Dangasalik qilmang- … ‘’

Nuqtalar o’rniga mos javobni belgilang.

A.Baxtsiz bo’lmaysiz B.Pulsiz bo’lmaysiz

C.Xijolat tortmaysiz D. Xavotirsiz bo’lasiz

10.Quyidagilarni moslashtiring.

a-to’ng’ich botir b-o’rtancha botir c-kenja botir

1-Sherni o’ldiradi 2-ajdarni yengadi 3-podshoh xazinasiga tushmoqchi bo’lgan o’g’rilarni qirib tashlaydi.

A.a-1 b-2 c-3 B.a-2 b-1 c-3 C.a-1 b-3 c-2 D.a-3 b-2 c-1

11.,,To’g’ri,podsholik –qonxo’rlik demakdir’’-degan fikrlarni kim aytgan ?

A.To’ng’ich botir B.O’rtancha botir C.Kenja botir D.Vazir

12.Ertakda go’sht it emib katta bo’lgan qo’ziniki ekanligini kim aytgan edi?

A.To’ng’ich botir B.O’rtancha botir C.Kenja botir D.Podshoh

13.Ertakda ,,shu nonni taxlagan kishining otasi novvoy ekan,taxlovchi novvoyning o’g’li ekan’’-degan fikrlar kimning tilidan aytilgan edi?

A.To’ng’ich botir B.O’rtancha botir C.Kenja botir D.Bog’bon

14.Ertakka qaysi botir tilidan hikoya ilova qilingan?

A.To’ng’ich botir B.O’rtancha botir C.Kenja botir D.Vazir

15.,,Uch og’a-ini botirlar’’ertagiga ilova qilingan hikoyada to’ti podshohdan necha kunga ruxsat olib,uchib ketadi?

A.14 kun B.15 kun C.17 kun D.1 oy



16.,Uch og’a –ini botirlar’’ ertagida aka –ukalar qancha vaqtdan keyin o’z otalarining oldiga kelishadi?

A.Ikki yil B.Bir yarim yil C.Uch yil D.To’rt yil
Download 14.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling