A monosaxaridlarga


Download 16.31 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi16.31 Kb.
#1749987
Bog'liq
САХАРИДЛАР


UGLEVODLARGA XOS REAKSIYALAR
a).MONOSAXARIDLARGA XOS SIFATLI REAKSIYALAR
Tekshiriluvchi material: Fruktozaning 1 % li eritmasi, Glyukoza, Saxaroza
Reaktivlar: : Natriy ishkorining 10 va 30 % li eritmalari. Glyukozaning 1*va 5 % li eritmalari. Sulfat kislotasining 10 % li eritmasi. Mis sulfat tuzining 1% li eritmasi. Feling- 1 va Feling- 2 suyuqliklari. Kumush nitrat tuzining 3% li eritmasi. Ammiakning 10 % li suvdagi eritmasi. Fruktozaning 1 % li eritmasi.
Jihozlar: SHtativ va probirkalar. Pipetkalar. Suv hammomi. Kimyoviy stakanlar
Ishning bajarilishi.
1-tajriba: Glyukoza molekulasida gidroksil (spirt) gruppasining borligini aniqlash
Probirkaga glyukozaning 5 % li eritmasidan 6 ml va natriy ishqorining 30% li eritmasidan 2 ml solinib, mis sulfat tuzining 1 % li eritmasidan 4—5 tomchi tomiziladi. Hosil bo‘lgan mis gidroksili glyukoza borligi uchun erib ketadi. Eritma esa ko‘k rangga bo‘yaladi.
CuS04 + 2NaOH=Cu(OH)2 + Na2SO4
DISAXARIDLARGA XOS REAKSIYALAR
Tekshiriluvchi material: Fruktozaning 1 % li eritmasi. Rezorsinning kristallari
Reaktivlar: Saxarozaning 1 % li eritmasi Konsentrlangan xlorid kislota. Natriy ishkorining 10% li eritmasi. Mis sulfat tuzining 1 % li eritmasi. Kobalt sulfat tuzining 2 % li eritmasi. Selivanov reaktivi.
Jihozlar: : SHtativ va probirkalar. Pipetkalar. Lakmus
2- t a j r i b a: Saxarozada qaytarilsh reaksiyasi
Ishning bajarilishi.
Bu tajribada saxarozada qaytaruvchanlik xususiyati yo‘q ekanligi, ya’ni uning molekulasida karbonil guruxlari yo‘q ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Ish yo‘li: Ikkita probirkaga saxarozaning 1 % li eritmasidan 2-3 ml kuyiladi. Birinchi probirkaga bir necha tomchi xlorid kislota tomiziladi va yaxshilab aralashtiriladi, keyin alanga ustida 3 — 5 daqiqa qaynatiladi. Keyin shu probirkadagi aralashma sovutiladi va natriy ishqorining 10 % li eritmasidan tomizilib (lakmus qogozidan foydalanib), neytrallanadi. Ikkala probirkadagi eritma bilan ham (qaynatilgan va qaynatilmagan) Trommer reaksiyasi o‘tkaziladi.
Birinchi probirkada Trommer reaksiyasining yuz bermaganligi saxaroza tarkibida erkin karbonil funksional gruppalarining yo‘q ekanligidan darak beradi.
Ikkinchi (qaynatilgan) probirkadagi eritma Trommer reaksiyasiga kirishadi va qizil rangli cho‘kma hosil bo‘ladi. Aralashmada mis oksidining qizil rangli cho‘kmasi hosil bo‘lishi qaynatilganda saxa­rozaning gidrolizlanganini va natijada glyukoza va fruktoza hosil bo‘lganligini ko‘rsatadi.
3- t a j r i b a. Saxarozaga xos rangli reaksiya
Ishning bajarilishi.
Bu reaksiya eritmada saxaroza bo‘lganda kobalt sulfat ( C0SO4) bilan ishkoriy muxitda binafsha rangli kompleks hosil bo‘lishiga asoslangan.
Ish yo‘li: Probirkaga saxarozaning 1 % li eritmasidan 2-3 ml quyib, ustiga bir necha tomchi kobalt sulfat tuzining 2 % li eritmasidan tomiziladi. Keyin aralashmaga natriy ishkorining 10 % li eritmasidan 1-2 ml qo‘shilganda aralashma binafsha rangga bo‘yaladi.
Download 16.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling