A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
* Muzoriy - ekin maydonlarida ishlov beruvchi yollanma ziroatchi
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq turlari
* Muzoriy - ekin maydonlarida ishlov beruvchi yollanma ziroatchi
Yer egaligi XV asr davomida Movarounnahr va Xurosonda avvalgidek yer va mulkchilikning asosan to'rt shakldagi «mulki devoniy» -davlat yerlari, «mulk» - xususiy yerlar; «mulki vaqf» - madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar va nihoyat «jamoa yerlari» bo'lgan. Sug'oriladigan yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan. Bu yerlarga avvalgidek mamlakat hukmdori sulton yoki amirlar egalik qilardi. Temuriylar davrida davlat yerlarini «suyurg'ol» tarzida in'om qilish keng tarqaladi. Suyurg'ol egalari tobeligini kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba'zan ular tasarrufidagi yer maydonlarini qisqartirar yoki ularning haq-huquqlarini cheklab, bo'ysunmagan taqdirda suyurg'ol huquqidan mahrum etilar va boshqa shaxsga berilar edi. Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga yaxshi xizmati uchun tarxonlik yorlig'i berish an'anaga aylanadi. Tarxonlik yorlig'ini olgan mulkdorlar barcha soliq, to'lov va majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlik yorlig'i odatda amirlar, beklar, saroy amal-dorlari, saidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan mulkdor ismiga «tarxon» martabasi qo'shib aytilgan. XV asrda ham avvalgi davrlardagidek juda ko'p yer va suv masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara va mozorlarga biriktirilib, bunday yerlar «mulki vaqf» deb atalgan. Odatda yer va suvdan tashqari ko'plab do'kon, korxona, tegirmon, objuvoz, bozor rastalari, karvonsaroylar ham vaqf qilinib, ulardan tushgan daromad masjid, madrasa, shifoxona va xonaqohlarning ta'miri, jihozi, mutavalli, mudarris, tabib va talabalarga beriladigan nafaqalar hamda langarxona (musofirxona) va shi-foxonalarning kundalik xarjlari uchun sarf etilgan. Soliq turlari Sug'orma dehqonchilik yerlaridan olinadigan asosiy soliq «xiroj» deb atalgan. Xiroj mahsulot yoki pul bilan to'langan. U hosilga va yerning unumdorligiga qarab belgilangan. Chunonchi, daryo va buloq suvlari bilan sug'oriladigan obikor yerlardan xiroj hosilning uchdan bir qismi (33%) miqdorida olingan. Lalmikor yerlardan hosilning oltidan bir, ya'ni 16,5% dan to sakkizdan bir, ya'ni 12,5% miqdorida soliq undirilgan. Mulk yerlarining bir qismidan ushr, ya'ni hosilning o'ndan bir qismi (10%) miqdorida soliq olingan. Bunday yerlar odatda zamonasining ilm-fani, ma'rifati va ma'naviy hayotida muhim nufuzga ega bo'lgan ulamolar va mashoyixlar tasarrufida bo'lgan. Chorva mollaridan qirqdan bir, ya'ni 2,5% miqdorida zakot olingan. Asosiy soliqlardan tashqari mahalliy aholi begor ishlarida ham qatnashganlar. Begorda qatnashgan har bir kishi ishlash uchun kerakli asbob-uskuna va yetarli yemaklami o'zi bilan olib kelishi lozim bo'lgan. Savollar 1. Temuriylar davrida dehqonchilik qay tariqa rivojlangan edi? 2. Sug'orish inshootlarining ko'plab qurilganligiga misollar keltiring. 3. Yer egaligining turlari haqida nimalarni bilasiz? 4. Temuriylar davrida qanday soliq turlari bo'lgan? 5. «Tarxon» yorlig'i haqida gapirib bering. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling