A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Binokoriik, yogoch oymakorligi
39-§. HUNARMANDCHILIK VA SAVDO ALOQALARI
Tayanch tushunchalar: Hunarmandchilik turlari Ichki va tashqi savdo. Pul muomalasl Hunarmandchilik Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa ko'pgina shaharlari hunarmandchilik markaziga aylanadi. Shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, kasb-hunar bilan bog'liq bo'lgan yangi-yangi guzarlar, ko'cha-ko'ylar, bozor rastalari, timlar va toqlar (usti gumbazli bozor) paydo bo'ladi. Ko'pgina shaharlarda zargarlik, miskarlik, ignasozlik, sovutsozlik, toshtaroshlovchilar, shishasozlar, ko 'nchilik kabi hunarmandchilik mahallalari bo'lgan. Shaharlarda ip, ipak, jun va kanop tolasidan turli xildagi rangdor, guldor hamda nafis va dag'al gazmollar to'qib chiqarilar edi. XV asrda temir buyum, qurol-yarog' va asboblar yasash yuqori darajaga ko'tariladi. Chilangarlarning aksariyati uy-ro'zg'or buyumlari, qurol-yarog'lar va asbob-uskunalar yasovchi temirchilardan iborat edi. Ular orasida mix yasovchilar, taqachilar, sim cho'zuvchilar, pichoqchilar kabi turli xil buyumlar yasovchi ustalar bo'lgan. Shaharlarda, xususan Samarqand va Hirotda zargarlik rivoj topadi. Shahar zargarlari orasida oltin, kumush va jez qotishmalaridan turli xil zeb-ziynatlar va qimmatbaho buyumlar yasaydigan va ularga nozik did bilan nafis ishlov beruvchi mohir ustalarning soni ko'payadi. Odatda naqshinkor badiiy buyumlar boylik hashamlari hisoblanib, ular faqat mulkdor tabaqalargagina mansub edi. Binokoriik, yog'och o'ymakorligi O'rta asr hunarmandchiligida kulolsozlik eng rivoj topgan sertarmoq sohaga aylanadi. U kosasozlar, xumsozlar va tandirsozlar kabi bir nechta tarmoqlarga bo'linadi. Bu davrda tosh yo'nish, unga sayqal berib, o'ymakor naqshlar va xushxat yozuvlar bitish san'ati kamolotga yetadi. Samarqandda Bibixonim jome masjidida Qur'onni qo'yish uchun o'rnatilgan ulkan tosh lavh, Go'ri Amirdagi nefrit qabrtoshi, Shohizinda va boshqa joylardagi sag'analarga jimjimador naqshlar berilb, o'ymakor oyatlar, marsiyalar va tarixiy qaydnomalar yozilgan. Bu davrda mamlakatning yirik shaharlari, xususan Samarqand va Hirotda qurilish ishlari keng avj olib, binokorlarning roli oshib ketadi. G'isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar «banno», peshtoq-u ravoq hamda toqlarga parchin va girixlar qoplab imoratga pardoz beruvchilar «ustoz» deb yuritilgan. XV asrda shishasozlik ham taraqqiy qilgan. Samarqandda, hatto shishasozlar mahallasi bo'lgan. Bu davrda yog'ochsozlik ham rivojlangan. Mohir duradgor ustalar yog'och o'ymakorligi bilan shug'ullangan. Ular naqshinkor eshiklar, panjaralar, ustunlar, toqravoqlar, xontaxtalar, kursilar va boshqa xil ko'pdan ko'p ashyo va jihozlar yasaganlar. Go'ri Amir va Shohizindaning oyatlar bitilgan naqshinkor eshiklari XV asr xalq ustalarining yog'och o'ymakorligi san'atidagi eng nodir namunalardan hisoblanadi. Samarqand hunarmandchiligida, ayniqsa, qog'oz ishlab chiqarish alohida o'rin tutadi. Samarqand qog'ozi o'rta asr Sharq xattotligida g'oyat mashhur bo'lib, uning ma'lum bir qismi chet o'lkalarga chiqarilgan. Bu davrda hunarmandchilikning teri oshlash, charm-mo'yna mahsulotlari: mahsichilik, po'stindo'zlik, telpakdo'zlik, kavushdo'zlik, etikdo'zlik sohalari ham rivojlangan. Samarqand bozorida shirmoyi, sedana payvand, noni zargaron, noni osiyoiy kabi mashhur anvoyi nonlari, ziravorlar, attorlik mollari sotilar edi. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling