A n. Mahmudov b s. Sayyid c m. Myuller d L. Tolstoy


Download 32.99 Kb.
Sana16.11.2021
Hajmi32.99 Kb.
#174862
Bog'liq
10-ona tili test. Mavzu........


Test

1. Tilimizning grammatikasiga bag’ishlab aytilgan ‘’ xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday ‘’ jumlasi muallifini aniqlang?

A) N. Mahmudov B) S. Sayyid C) M. Myuller D) L. Tolstoy

2. Tilshunosligimizdagi qaysi bo’lim to’g’ri gapirish va yozishni o’rgatadi?

A) Fonetika B) Grammatika C) Morfologiya D) Sintaksis

3. O‘zbek milliy tili, ayniqsa, .............................. namunalarida o‘zining tabiiy ifodasini topgan.

Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying...

A) o‘zbek xalq og‘zaki ijodi B) xalq shevalari

C) so’zlashuv uslubi D) adabiy til

4. O’zbek shevalarida uchrovchi zangi so’zining adabiy tildagi muqobilini aniqlang.

A) shoti B) narvon C) ata D) mard

5. Milliy tilning eng rivojlangan, takomillashgan va me’yorlashgan oliy shakli ............... .

Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying...

A) adabiy til B) shevalar C) rasmiy uslub D) jargonlar

6. O‘zbek adabiy tilining asoslari kim tomonidan qo‘yilgan?

A) A. Navoiy B) I. Karimov C) A. Qodiriy D. Z. M. Bobur

7. Milliy tilning ishlov berilgan, boy leksik zaxirasi va grammatik tuzilishi me’yorlashtirilgan hamda uslublar tizimi rivojlangan oliy shakli ............ hisoblanadi.

Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying...

A) adabiy til B) xalq shevalari C) uslublar D) jargonlar

8. Adabiy tilning shakllanishi va me’yorlarining barqarorlashuvida .............. asosiy o‘rin tutadi.

Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying...

A) yozma shakl B) og’zaki shakl C) milliy til D) shevalar

9. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tiliga muhabbat – yuksak ma’naviyat belgisi.

Ushbu fikrlar muallifini aniqlang...

A) M. Yusuf B) S. Sayyid C) I. Karimov D) N. Mahmudov

10. «Egasi bor yurt» she’rining muallifi kim?

A) M. Yusuf B) S. Sayyid C) I. Mirzo D) E. Vohidov

11. «So‘z latofati» kitobi kimning qalamiga mansub?

A) M. Yusuf B) S. Sayyid C) I. Mirzo D) E. Vohidov

12. Til millatning bosh belgisi sanaladi. Til bor – millat bor. Til yo‘q – millat yo‘q. Istiqlol unut bo‘lgan davlatchiligimizni tikladi, yo‘q bo‘lishga mahkum qilingan tilimizni, millatimizni asradi va aziz qildi.

Ushbu fikrlar muallifini aniqlang...

A) M. Yusuf B) S. Sayyid C) I. Mirzo D) E. Vohidov

13. «Ijtimoiy-siyosiy atamalarning izohli lug‘ati» nashrga tavsiya etilsin. Ushbu jumla qaysi uslubga oid?

A) badiiy uslub B) publitsistik uslub C) ilmiy uslub D) rasmiy uslub

14. Ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasida, muayyan nutqiy vaziyatda qo‘llanadigan til shakli ......... hisoblanadi.

Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying...

A) nutq uslubi B) so’zlashuv uslubi C) uslubiyat D) uslubshunoslik

15. «Topganimiz handalakdek tilim-tilim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim!» Ushbu she’r muallifini aniqlang...

A) M. Yusuf B) S. Sayyid C) I. Mirzo D) E. Vohidov

16. «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» kitobining muallifi kim?

A) N. Mahmudov B) A. Hojiyev C) Sh. Rahmatullayev D) S. Sayyid

17. Qoyil, anavi, haligi, baraka topkur kabi so’zlar qaysi uslubda ishlatiladi?

A) ilmiy uslub B) publitsistik uslub C) rasmiy uslub D) so’zlashuv uslubi

18. Kundalik aloqa-aralashuvda yetakchilik qiladigan uslubni aniqlang.

A) adabiy so‘zlashuv uslubi B) oddiy so‘zlashuv uslubi C) badiiy uslub D) publitsistik uslub

19. Attang, bizning serdsa chatoq-da. Gapning uslubini aniqlang.

A) ilmiy uslub B) publitsistik uslub C) rasmiy uslub D) so’zlashuv uslubi

20. ........... odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz predmetlarning urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo bo‘lgan ovozni ifodalash uchun ham qo‘llanadi.

Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying...

A) tovush B) un C) sas D) ovoz

21. ........... shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi.

Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying...

A) tovush B) un C) sas D) ovoz

22. Siyosiy vaziyat, iqtisodiy taraqqiyot kabi so‘z birikmalari qaysi uslubga xos?

A) ilmiy uslub B) publitsistik uslub C) rasmiy uslub D) so’zlashuv uslubi

23. Lochin – yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan ortiq kenja turi ma’lum.

Gapning uslubini aniqlang.

A) ilmiy uslub B) publitsistik uslub C) rasmiy uslub D) so’zlashuv uslubi

24. «.............. odam va boshqa jonivorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat» ma’nosini ham bildiradi.

Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying...

A) taom B) ne’mat C) oziq D) xo’rak

25. ................ umuman, ovqatlanish uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildiradi.

Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying...

A) taom B) ne’mat C) oziq D) xo’rak

26. So‘zning muayyan uslubga mansubligi va unda so‘zlovchi subyektiv munosabatining ifodalanganligi qaysi

nom bilan umumlashtiriladi?

A) uslubiy bo‘yoq B) funksional bo‘yoq C) emotsional-ekspressiv bo‘yoq D) ijobiy bo’yoq

27. So‘zning muayyan uslubga mansubligi nima deb ataladi?

A) uslubiy bo‘yoq B) funksional bo‘yoq C) emotsional-ekspressiv bo‘yoq D) ijobiy bo’yoq

28. Biror - bir so’zda so‘zlovchi subyektiv munosabatining ifodalanganligi nima deb ataladi?

A) uslubiy bo‘yoq B) funksional bo‘yoq C) emotsional-ekspressiv bo‘yoq D) ijobiy bo’yoq

29. Funksional bo’yoqdor so’zlarni toping?

A) mullajiring, bashar B) kitob, tirjaymoq C) kompyuter, jamol D) yuz, bashara

30. Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,

Men bashar farzandiman.

Ushbu gapda qanday so’z ishtirok etgan?

A) uslubiy bo‘yoqdor B) funksional bo‘yoqdor C) emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor D) ijobiy bo’yoqdor

31. Iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish (talab va iste’mol, mahsulotga narx belgilash, ularni targ‘ib qilish, sotilayotgan tovarlar hajmini ko‘paytirish vositalari kabi) muammolari bilan shug‘ullanuvchi soha nima deb ataladi?

A) barter B) birja C) investitsiya D) marketing

32. Zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartib ga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to‘g‘risidagi fan nima deb ataladi?

A) menejer B) menejment C) investitsiya D) marketing

33. O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston,

Dostonlarda bitgan guliston,

O‘zbekiston deya atalur,

Uni sevib el tilga olur. Ushbu she’r muallifini aniqlang...

A) M. Yusuf B) S. Sayyid C) H. Olimjon D) E. Vohidov

34. Tig‘i ishqing yorasidur butmagan,

Dardini har kimga aytib butmagan.

Hajr sahrosidur ohim o‘tidin,

Anda gul yoxud giyohe butmagan. Tuyuq muallifini toping.

A) Atoyi B) S. Sayyid C) A. Navoiy D) H. Olimjon

35. Ma’nodosh so‘zlar bir-biridan .................................. va ................................ bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi.

Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying...

A) muayyan uslubga xoslanishi va emotsional-ekspressiv C) emotsional-ekspressiv va ma’nosiga

B) muayyan uslubga xoslanishi va ma’nosiga D) salbiy va ijobiy

36. Variantlar orasidan badiiy uslubga xoslangan so’zlarni toping.

A) jamol, yuz B) chehra, jamol C) oraz, uzor D) ruxsor, turq

37. Variantlar orasidan kitobiy uslubga xoslangan so’zlarni toping.

A) jamol, yuz B) chehra, jamol C) oraz, uzor D) ruxsor, turq

38. Variantlar orasidan eskirgan so’zlarni toping.

A) jamol, yuz B) chehra, jamol C) oraz, ruxsor D) bashara, turq

39. Ayni paytda .............. so‘zlar asosida turli qochirim, kinoyalar, so‘z o‘yinlari kabi nutqni bezovchi usullar ham yuzaga keltiriladi. Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying...

A) paronim B) sinonim C) omonim D) A va C

40. Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini qanday so‘zlar tashkil etadi?

A) paronim B) sinonim C) omonim D) zid ma’noli

41. Maqtadim, ko‘kka ko‘tardim sizni men, Endi menga sizga yetmaklik qiyin.

Ushbu gapda ma’nodoshlik qanday birliklar asosida sodir bo’lgan?

A) so’z va qo’shma so’z B) ibora va tasviriy ifoda C) so’z va tasviriy ifoda D) so’z va ibora

42. «Ota o‘giti» she’rining muallifini aniqlang.

A) M. Yusuf B) S. Sayyid C) H. Olimjon D) A. Obidjon

43. Quyidagilardan to’g’ri javob variantini toping.

A) Do‘st—o‘rtoq—og‘ayni—birodar—qo’shni—yor.

B) Chiroy—go‘zal—suluv—sohibjamol—barno.

C) Ko‘p—ancha—bisyor—talay—yigirmata—serob.

D) Tushunmoq—anglamoq—fahmlamoq—idrok qilmoq—ilg‘amoq.

43. «O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan chek so‘zining nechta ma’nosi bor?

A) 4 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 3 ta

44. «O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan chek so‘zi qaysi turkumlar doirasida shakldosh?

A) ot va fe’l B) ot, fe’l, ravish C) ot va ravish D) fe’l va ravish

45. Shakldosh so‘zlar asosida yuzaga keladigan badiiy san’at nima deyiladi?

A) tazod B) tuyuq C) tanosub D) tajnis

46. To‘n, xalat kabilarning chetiga tikiladigan ensiz mato, mag‘iz bu --- ....... .

A) abro’ B) obro’ C) adib D) adip

47. O‘zing bilasan, lekin sen ko‘zingni och. Qorni och odam bir osham oshga qanoat qilarmikin?

Ushbu gaplarda qaysi turkumga oid omonim so’zlar ishtirok etgan?



A) ot va sifat B) ot va ravish C) sifat va fe’l D) fe’l va ravish
Download 32.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling