Eksplitsit konstruksiya
Download 20.42 Kb.
|
1 2
Bog'liqEksplitsit konstruksiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksplitsit ifoda
- Qodirjon aka
Eksplitsit konstruksiya Eksplitsit konstruksiya – (franzuscha, explicate – aniq, ochiq ifodali) degan ma’noni anglatadi. So‘zlovchi muloqotga kirishar ekan, “Hozir men senga tahdid qilaman”, “Hozir men seni qo‘rqitaman”, “Men mazkur nutqim orqali sizni haqorat qilyapman”, “Sizni hurmat qilyapman, sizni kalaka qilyapman”, “Sizga vaʼda beryapman” kabi ifoda shakllaridan oshkora foydalanmaydi. Nutqiy aktlarga xos bunday mazmuniy va lug‘aviy strukturalar faqat muloqot chog‘ida nutq yoki matn mazmunida anglashiladi. Pragmalingvistikada so‘zlovchi va tinglovchi, nutqiy vaziyat va muhit, muloqot odobi, ifoda etilayotgan fikrning oshkora (eksplitsit) ma’nosi, nutqiy akt kabilar asosiy tushuncha sanaladi. Eksplitsit ifoda – shaklan va mazmunan oshkora (aniq, ochiq) ifoda. Quyidagi askiya matnida qayta-qayta takrorlangan qovoq so‘zi, avvalo, palak otib o‘sadigan poliz o‘simligi. Ikkinchidan, shu o‘simlik qobig‘idan tayyorlangan idish. Unga, odatda, sut, ovqat solib saqlanadi. Uchinchidan, odamning qoshi ostidagi ko‘z kosasini qoplovchi teri. Oshqovoq so‘zi asosida shakllantirilgan askiya matnidagi so‘z o‘yinlarining nutqiy rivojlantirilishi: Qodirjon aka: Aminbuva, hu anavi oshpazni ko‘rdingizmi, qovoq oshga kerak deyapti. Amin buva: Mulla Qodirjon, avval meva-chevalardan olsangiz-chi, darrov osh qovoqsiz bo‘lsin demasdan. Qodirjon aka: Bo‘lmasa, yoz mevalaridan siz ham yeb-yeb oling, qovoqoshsiz ketasiz. Amin buva: Ho Ikromiddin, Ikromiddin uka hoy! Qodirjonning gaplarini eshityapsizmi? Ataylab shahardan chiqib qovoqoshsiz ketmaylik deydilar, oshqovoqdan qovoqosh qilib qo‘ya qoling. Qodirjon aka: Ikromiddin, bu yoqqa qarang, bizga pishirishingiz bitta osh, qovoq ham solasiz-a! Ikromiddin: Qodirjon aka, sizlardaqa aziz mehmonlarga atab har xil ovqat qilganmiz: bu sho‘rva, osh qovoqda. Download 20.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling