A n. Mahmudov b s. Sayyid c m. Myuller d L. Tolstoy
Download 32.99 Kb.
|
10-ona tili test. Mavzu........
Test 1. Tilimizning grammatikasiga bag’ishlab aytilgan ‘’ xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday ‘’ jumlasi muallifini aniqlang? A) N. Mahmudov B) S. Sayyid C) M. Myuller D) L. Tolstoy 2. Tilshunosligimizdagi qaysi bo’lim to’g’ri gapirish va yozishni o’rgatadi? A) Fonetika B) Grammatika C) Morfologiya D) Sintaksis 3. O‘zbek milliy tili, ayniqsa, .............................. namunalarida o‘zining tabiiy ifodasini topgan. Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying... A) o‘zbek xalq og‘zaki ijodi B) xalq shevalari C) so’zlashuv uslubi D) adabiy til 4. O’zbek shevalarida uchrovchi zangi so’zining adabiy tildagi muqobilini aniqlang. A) shoti B) narvon C) ata D) mard 5. Milliy tilning eng rivojlangan, takomillashgan va me’yorlashgan oliy shakli ............... . Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying... A) adabiy til B) shevalar C) rasmiy uslub D) jargonlar 6. O‘zbek adabiy tilining asoslari kim tomonidan qo‘yilgan? A) A. Navoiy B) I. Karimov C) A. Qodiriy D. Z. M. Bobur 7. Milliy tilning ishlov berilgan, boy leksik zaxirasi va grammatik tuzilishi me’yorlashtirilgan hamda uslublar tizimi rivojlangan oliy shakli ............ hisoblanadi. Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying... A) adabiy til B) xalq shevalari C) uslublar D) jargonlar 8. Adabiy tilning shakllanishi va me’yorlarining barqarorlashuvida .............. asosiy o‘rin tutadi. Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying... A) yozma shakl B) og’zaki shakl C) milliy til D) shevalar 9. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tiliga muhabbat – yuksak ma’naviyat belgisi. Ushbu fikrlar muallifini aniqlang... A) M. Yusuf B) S. Sayyid C) I. Karimov D) N. Mahmudov 10. «Egasi bor yurt» she’rining muallifi kim? A) M. Yusuf B) S. Sayyid C) I. Mirzo D) E. Vohidov 11. «So‘z latofati» kitobi kimning qalamiga mansub? A) M. Yusuf B) S. Sayyid C) I. Mirzo D) E. Vohidov 12. Til millatning bosh belgisi sanaladi. Til bor – millat bor. Til yo‘q – millat yo‘q. Istiqlol unut bo‘lgan davlatchiligimizni tikladi, yo‘q bo‘lishga mahkum qilingan tilimizni, millatimizni asradi va aziz qildi. Ushbu fikrlar muallifini aniqlang... A) M. Yusuf B) S. Sayyid C) I. Mirzo D) E. Vohidov 13. «Ijtimoiy-siyosiy atamalarning izohli lug‘ati» nashrga tavsiya etilsin. Ushbu jumla qaysi uslubga oid? A) badiiy uslub B) publitsistik uslub C) ilmiy uslub D) rasmiy uslub 14. Ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasida, muayyan nutqiy vaziyatda qo‘llanadigan til shakli ......... hisoblanadi. Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying... A) nutq uslubi B) so’zlashuv uslubi C) uslubiyat D) uslubshunoslik 15. «Topganimiz handalakdek tilim-tilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim!» Ushbu she’r muallifini aniqlang... A) M. Yusuf B) S. Sayyid C) I. Mirzo D) E. Vohidov 16. «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» kitobining muallifi kim? A) N. Mahmudov B) A. Hojiyev C) Sh. Rahmatullayev D) S. Sayyid 17. Qoyil, anavi, haligi, baraka topkur kabi so’zlar qaysi uslubda ishlatiladi? A) ilmiy uslub B) publitsistik uslub C) rasmiy uslub D) so’zlashuv uslubi 18. Kundalik aloqa-aralashuvda yetakchilik qiladigan uslubni aniqlang. A) adabiy so‘zlashuv uslubi B) oddiy so‘zlashuv uslubi C) badiiy uslub D) publitsistik uslub 19. Attang, bizning serdsa chatoq-da. Gapning uslubini aniqlang. A) ilmiy uslub B) publitsistik uslub C) rasmiy uslub D) so’zlashuv uslubi 20. ........... odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz predmetlarning urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo bo‘lgan ovozni ifodalash uchun ham qo‘llanadi. Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying... A) tovush B) un C) sas D) ovoz 21. ........... shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi. Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying... A) tovush B) un C) sas D) ovoz 22. Siyosiy vaziyat, iqtisodiy taraqqiyot kabi so‘z birikmalari qaysi uslubga xos? A) ilmiy uslub B) publitsistik uslub C) rasmiy uslub D) so’zlashuv uslubi 23. Lochin – yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan ortiq kenja turi ma’lum. Gapning uslubini aniqlang. A) ilmiy uslub B) publitsistik uslub C) rasmiy uslub D) so’zlashuv uslubi 24. «.............. odam va boshqa jonivorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat» ma’nosini ham bildiradi. Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying... A) taom B) ne’mat C) oziq D) xo’rak 25. ................ umuman, ovqatlanish uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildiradi. Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying... A) taom B) ne’mat C) oziq D) xo’rak 26. So‘zning muayyan uslubga mansubligi va unda so‘zlovchi subyektiv munosabatining ifodalanganligi qaysi nom bilan umumlashtiriladi? A) uslubiy bo‘yoq B) funksional bo‘yoq C) emotsional-ekspressiv bo‘yoq D) ijobiy bo’yoq 27. So‘zning muayyan uslubga mansubligi nima deb ataladi? A) uslubiy bo‘yoq B) funksional bo‘yoq C) emotsional-ekspressiv bo‘yoq D) ijobiy bo’yoq 28. Biror - bir so’zda so‘zlovchi subyektiv munosabatining ifodalanganligi nima deb ataladi? A) uslubiy bo‘yoq B) funksional bo‘yoq C) emotsional-ekspressiv bo‘yoq D) ijobiy bo’yoq 29. Funksional bo’yoqdor so’zlarni toping? A) mullajiring, bashar B) kitob, tirjaymoq C) kompyuter, jamol D) yuz, bashara 30. Men buyuk yurt o‘g‘lidurman, Men bashar farzandiman. Ushbu gapda qanday so’z ishtirok etgan? A) uslubiy bo‘yoqdor B) funksional bo‘yoqdor C) emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor D) ijobiy bo’yoqdor 31. Iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish (talab va iste’mol, mahsulotga narx belgilash, ularni targ‘ib qilish, sotilayotgan tovarlar hajmini ko‘paytirish vositalari kabi) muammolari bilan shug‘ullanuvchi soha nima deb ataladi? A) barter B) birja C) investitsiya D) marketing 32. Zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartib ga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to‘g‘risidagi fan nima deb ataladi? A) menejer B) menejment C) investitsiya D) marketing 33. O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston, Dostonlarda bitgan guliston, O‘zbekiston deya atalur, Uni sevib el tilga olur. Ushbu she’r muallifini aniqlang... A) M. Yusuf B) S. Sayyid C) H. Olimjon D) E. Vohidov 34. Tig‘i ishqing yorasidur butmagan, Dardini har kimga aytib butmagan. Hajr sahrosidur ohim o‘tidin, Anda gul yoxud giyohe butmagan. Tuyuq muallifini toping. A) Atoyi B) S. Sayyid C) A. Navoiy D) H. Olimjon 35. Ma’nodosh so‘zlar bir-biridan .................................. va ................................ bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi. Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying... A) muayyan uslubga xoslanishi va emotsional-ekspressiv C) emotsional-ekspressiv va ma’nosiga B) muayyan uslubga xoslanishi va ma’nosiga D) salbiy va ijobiy 36. Variantlar orasidan badiiy uslubga xoslangan so’zlarni toping. A) jamol, yuz B) chehra, jamol C) oraz, uzor D) ruxsor, turq 37. Variantlar orasidan kitobiy uslubga xoslangan so’zlarni toping. A) jamol, yuz B) chehra, jamol C) oraz, uzor D) ruxsor, turq 38. Variantlar orasidan eskirgan so’zlarni toping. A) jamol, yuz B) chehra, jamol C) oraz, ruxsor D) bashara, turq 39. Ayni paytda .............. so‘zlar asosida turli qochirim, kinoyalar, so‘z o‘yinlari kabi nutqni bezovchi usullar ham yuzaga keltiriladi. Nuqtalar o’rniga kerakli javob variantini qo’ying... A) paronim B) sinonim C) omonim D) A va C 40. Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini qanday so‘zlar tashkil etadi? A) paronim B) sinonim C) omonim D) zid ma’noli 41. Maqtadim, ko‘kka ko‘tardim sizni men, Endi menga sizga yetmaklik qiyin. Ushbu gapda ma’nodoshlik qanday birliklar asosida sodir bo’lgan? A) so’z va qo’shma so’z B) ibora va tasviriy ifoda C) so’z va tasviriy ifoda D) so’z va ibora 42. «Ota o‘giti» she’rining muallifini aniqlang. A) M. Yusuf B) S. Sayyid C) H. Olimjon D) A. Obidjon 43. Quyidagilardan to’g’ri javob variantini toping. A) Do‘st—o‘rtoq—og‘ayni—birodar—qo’shni—yor. B) Chiroy—go‘zal—suluv—sohibjamol—barno. C) Ko‘p—ancha—bisyor—talay—yigirmata—serob. D) Tushunmoq—anglamoq—fahmlamoq—idrok qilmoq—ilg‘amoq. 43. «O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan chek so‘zining nechta ma’nosi bor? A) 4 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 3 ta 44. «O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan chek so‘zi qaysi turkumlar doirasida shakldosh? A) ot va fe’l B) ot, fe’l, ravish C) ot va ravish D) fe’l va ravish 45. Shakldosh so‘zlar asosida yuzaga keladigan badiiy san’at nima deyiladi? A) tazod B) tuyuq C) tanosub D) tajnis 46. To‘n, xalat kabilarning chetiga tikiladigan ensiz mato, mag‘iz bu --- ....... . A) abro’ B) obro’ C) adib D) adip 47. O‘zing bilasan, lekin sen ko‘zingni och. Qorni och odam bir osham oshga qanoat qilarmikin? Ushbu gaplarda qaysi turkumga oid omonim so’zlar ishtirok etgan? A) ot va sifat B) ot va ravish C) sifat va fe’l D) fe’l va ravish Download 32.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling