A n n o t a t s I y a
Download 180.5 Kb.
|
Akmal aka
A N N O T A T S I Y A Rrezervlashning hozirgi zamon kompyuter tizimida bronlashga XX asrning 60 yillarida asos solingandi. Xuddi o'sha paytda avia tashishlar nufuzi oshishi aviakompaniyalarga ulkan bronlashtirish markazlarini yaratish zaruratini tug’dirdi. Ularning vazifasi turistik agentlar, mijozlardan pochta, telefon, telegraf orqali joyni bronlashga tushayotgan buyurtmalarni qo'lda ishlash edi. G’oyat kattaligi va ishlovchi xodimlar sonining ko'pligiga qaramay bu aviakompaniyalar ortib borayotgan axborot hajmini uddalay olmay qoldilar. Bu esa KTB(kompyuter tizimida bronlash) ishlanmalarining boshlanishiga turtki berdi.Shunday qilib, bronlashtirishning kompyuter tizimi asta - sekin turistik xizmatlarning global distribyutor tizimi - GDS (Global Distribution Systems ) ga aylandi. Keyinchalik bu tizim turistik agentliklar ishlashi uchun kengaytirildi. Bu tizim nafaqat aviachiptalarni bronlash, balki mehmonxona nomerlari, dengiz kruizlari, avtomobillami ijaraga berish bilan shug’ullandi. Minglab turistik agentliklar GDSterminallariga ulandi.Shuningdek bugungi kunda xususiy turistik korxonalarni boshqarish masalalari ya’ni turizm biznesida boshqaruv usullari, turistik biznesni boshqarishda boshqaruv tamoyillaridan samarali foydalanish, turistik biznesni boshqarishda axbort texnologiyalaridan foydalanish, turistik korxonalarning bronlashtirish tizimlarini takomillashtirish turizmning rivojlanishi uchun juda muhimdir. Meningning bitiruv ishim Internet.Bronlashtirish tizimlariga bag’ishlangan.Tadqiqot ishining asosiy maqsadi Internet.Bronlashtirish tizimlaridan foydalinishni yaxshilash va avtomatlashtirilgan onlayn tizimni joriy qilish bo’yicha ilmiy-amaliy taklif va tafsiyalar ishlab chiqishdan iborat.Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, ulardan Butun dunyo miqiyosida Internet.Bronlashtirish tizimlarida ishlash samaradorligini oshirish, zamonaviy texnikalardan yuqori darajada foydalanishni yaxshilash va shunga bog’liq yangi loyiha va dasturlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin. Tadqiqotdagi ilmiy axborot, nazariy xulosa va amaliy tavsiyalardan turizm yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlarida bakalavr va magistrlar tayyorlashda, “Internet” va “Bronlashtirish tizimi” yo’nalishlarida o’quv jarayonida foydalanish mumkin. Menbitiruv ishim Internet.Bronlashtirish tizimlariga bag’ishlangan faoliyatini tashkil etish va avtomatlashtirishni nazariy bilimlar asosida tariflab berganman. Internet .Bronlashtirish faoliyatigatariff berib, uning faoliyat turiga ko’ra va faoliyat joyiga ko’ra bo’linishlari hamda funksiyalari yoritilgan. Dunyo miqyosidagi global bronlash tizimlari rivojlanish tarixi, ularning turizmdagi o’rni va qanday qo’llanilishi nazariy bilimlar asosida tushuntirilgan. Yevropa onlayn turizm bozori va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari ko’rib chiqilgan. Bu nazariy asoslarga tayanib O’zbekistonda uyushtirlmagan kirish turizmini rivojlantirish imkoniyatlarini, ya’ni o’z sayohatini o’zi tashkil qiluvchilar uchun transport tizimi ijarasini yaxshilash, mehmonxonalarda onlayn bronlash tizimlarini joriy qilish va ularning global bronlash tizimlaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlagan.
Download 180.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling