A. N. Samadov, O. S. Jumanov
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Tovarlar ekspertizasi darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikanit.
- Efiroselluloza plastmassalari.
- Plastmassa tovarlarining assortimenti.
- Q i s q a x u l o s a l a r Plastmassa
- Yoritish kerosini.
- Tikuv mashinasi moyi.
- Quyuq (konsistent) moylar.
- Hayvonot olamidan olingan yelimlar.
SFD plastmassasi. Bu plastmassa poliformaldegid (CH 2 O)n va dioksolan bilan qo„shma polimerizatsiyasi natijasida olinib, yonmasligi hamda 200°C haroratga bardosh bera olganligi uchun zanjirsimon molniya yopqichlari va elektr ustara qobig„i ishlab chiqarishda ishlatiladi. 1 1 . 3 . P o l i k o n d e n s a t s i o n q a t r o n l a r a s o s i d a o l i n a d i g a n p l a s t m a s s a l a r Polikondensatsiya deb, to„yingan turli uglevodorodlarni birikishi natijasida yuqori molekulali organik modda (polimer) va qo„shimcha moddalar, masalan, suv hosil bo„lish reaksiyasiga aytiladi. Polikondensatsion plastmassalar sakkiz guruhga bo„linadi: Fenoplastlar. Bular fenol (C 6 H 5 OH) va formaldegidni (CH 2 O) qo„shma polimerizatsiyasi natijasida olinadi. Fenoplastlar yonmaydi, ammo issiqlik ta‟sirida zaharli fenol chiqaradi. Xalq xo„jaligida ikki xil holatda ishlatiladi: 177 1.Karbolit. Fenoformaidegid qatroniga bo„r va tuyilgan yog„och massasi qo„shib olinadi. Bundan akkurnulyatorlar idishi ishlab chiqariladi. 2.Getinaks. Qog„oz varaqlarini fenolformaldegid qatroniga shimdirish yo„li bilan olinadi va texnik murakkab tovarlarning ba‟zi qismlari uchun ishlatiladi. Aminoplastlar. Bular melamin (CN-NH 2 ) 3 va formaldegidni qo„shma polimerizatsiyasi natijasida hosil qilinadi. Yonmaydigan va bezarar plastmassa bo„lib, uni ishlab chiqarishni o„tgan asrning 20-yillarida jahonda birinchi bor avstriyalik kimyogar F. Pollak yo„lga qo„ygan. Tovar ishlab chiqarishda uch xil shaklda qo„llaniladi. 1. Melalit. Melaminoformaldegid qatroniga bo„r va tuyilgan yog„och massasi qo„shib olinadi. Undan umumovqatlanish korxonalari uchun idishlar ishlab chiqariladi. 2. Yupqa qatlam (shpon). Qog„ozga melaminoformaldegid yoki mochevinoformaldegid qatroni shimdirilib olinadi. Yog„och-payraha taxtalar (DSP) ustini qoplash uchun ishlatilgani sababli, qog„oz qatlamli bezash plastikasi nomi bilan yuritiladi. 3. Mipora. Melaminoformaldegid yoki mochevi no-formal degid qatronini ko„pirtirish natijasida olinib, qurilishda issiqlikni saqlaydigan (termoizolatsion) qatlam sifatida ishlatiladi. Poliamidlar. HN (CH 2 ) 5 CO n . Aminokarbon kislotalarini polikondensatsiya qilish yo„li bilan olinib, boshqa plastmassalardan pishiqligi va chirishga chidamliligi bilan farq qiladi. Yonadi, ammo alangadan tashqari chiqarilsa o„chadi. Issiqligida ip bo„lib cho„ziladi. Poliamidlar, asosan, «Navoiyazot» birlashmasida ishlab chiqariladi. Tovar ishlab chiqarishda uch xil shaklda ishlatiladi. 1. Kapralon ipi. Kiyim cho„tkalarning qilini tayyorlash uchun foydalaniladi. 2. Karbamid plyonkasi. Qaynatib pishirilgan qazi (kolbasa) va dudlangan pishloqlar upakovkasi uchun ishlatiladi. 3. Kapron tolasi. Xotin-qizlar paypog„i, avtomashina pokrishkasi va baliq ovlash turlari ishlab chiqarishda qo„llaniladi, Efiroplastlar (R-O-R 1 )n. Organik kislotalar va ko„p atomli spirtlar 178 eterifikatsiyasi (yunon. efir hosil qilish) natijasida olinib, tovar ishlab chiqarishda to„rt xil holatda ishlatiladi. 1. Lavsan plyonkasi. Dimetiltereftalai va etilenglikol qatronlarini cierifikatsiyalash yo„li bilan olinib, pishiq hamda tiniqligi uchun parda shaklida magnitofon lentasi ishlab chiqarishda va go„shtni o„rashda foydalaniladi. Lavsan so„zi sobiq ittifoq fanlar akademiyasining yuqori molekulali birikmalar laboratoriyasi nomidan kelib chiqqan. 2. Lavsan tolasi. Yaxshi dazmollanishi va dazmolni uzoq vaqt saqlashi uchun junga qo„shib gazlama to„qishda qo„llaniladi. 3. Shisha shifer. Shisha tolalarini glitserin va malein kislotasini polikondensatsiya qilish natijasida hosil bo„lgan qatron bilan shimdirib olinadi. U sarg„ish rangli tiniq shifer bo„lib, yozgi binolarning tomini yopishda ishlatiladi. 4. SVAM (shisha tola anizotrop material) plastmassasi. Shisha tolalarini turli murakkab efirlar bilan shimdirish natijasida olingan bo„lib, quyma stullar ishlab chiqarishda qo„llaniladi. Poliuretanlar (R-HN-COO-R)n. Geksametilendlizotsian va butilenglikol qatronlarini polikondensatsiya qilib olinadi. Yuqori haroratda zaharli sian moddasi chiqishi sababli tovar ishlab chiqarishda faqat ikki shaklda qo„llaniladi. 1. Porolon. Poliuretan qatronini ko„piklashtirib olinadi. Yumshoq mebellar va jersi paltolarining astari uchun ishlatiladi. 2. Poliefirouretan. IK nomli sun‟iy charm sirtiga shimdirish uchun foydalaniladi. Mikanit. Slyudani gliftal va pentaftal qatroniga botirib olish natijasida olinib, texnik murakkab tovarlarning ba‟zi qismlari uchun ishlaliladi. Diflon. Bisfenolpropan va fosgenni polikondensatsiya qilib olinadi. Sarg„ish rangli, tiniq, issiqqa chidamli, tutab yonadigan plastmassa. Yengil zararsizlantirilish (dezinfeksiya bo„lish) qobiliyatiga ega bo„lganligi uchun undan kasalxonalar va havo yo„Li transportida ishlatiladigan idishlar ishlab chiqariladi. Polivinilbutiral. Polivinil spirti va yog„ aldegidini polikondensatsiya 179 qilib olinadi. Tosh tekkanda parchalanmaydigan avtomashina oynalarining o„rta qatlami uchun ishlatiladi. 1 1 .4 . T a r ki b i o ‗zg a r ti r i l g a n ta b i i y p o l i me r l a r d a n o l i n g a n p l a s t m a s s a l a r Bunday plastmassalar tabiiy yuqori molekulali organik moddalardan tarkibini ba‟zi moddalar ta‟sirida o„zgartirib (modi-fikatsiyalab) olinadi. Ular ikki guruhga bo„linadi. Proteinoplastlar. Bular oqsil (protein) moddalaridan olinib, tovar ishlab chiqarishda, asosan, galalit nomli turi ishlatiladi. U kazeindan (sut mahsulotlarining qoldiqlaridan) mochevina (karbamid) va dimetilanilin yoki difenilamin ta‟sirida olinadi. Kazeinda bo„yoqlar turli kattalikdagi kolloid zarrachalari shaklida eriganligi tufayli har xil tovlanadigan plastmassalar tayyorlanadi. Galalitdan, asosan, sadaf, kahrabo va fil suyagiga o„xshash tugmalar ishlab chiqariladi. Bu plastmassaning kamchiligi issiqlikka chidamsizligidir. Efiroselluloza plastmassalari. Bular sellulozaga (C 6 H 10 O 5 )n turli kimyoviy moddalar ta‟sir ettirish natijasida olinadi. Tovar ishlab chiqarishda ularni olti turi ishlatiladi. 1. Selluloid. Sellulozadan azot kislotasi (HNO 3 ) ta‟sirida olinib, puflash usulida bolalar uchun shaqildoqlari ishlab chiqarishda qo„llaniladi. Tez alangalanib yonishi sababli ishlatilishi chegaralangan. 2. Triatsetat plyonkasi. Sellulozaga sirka kislotasi (CH 3 COOH) ta‟sir ettirib olinadi. Tiniq va pishiqligi uchun kinofotoplyonkalar va ultrabinafsha nurlarini o„tkazish qobiliyatiga egaligi sababli issiqxonalar ustini yopish uchun plyonka ishlab chiqarishda ishlatiladi. 3. Atsetat tolasi. Triatsetat qatronidan olinib trikotaj buyumlar ishlab chiqarishda qo„llaniladi. Uning salbiy xususiyati - issiq suvda ilrishishidir. 4. Sellofan plyonkasi. Sellulozadan natriy ishqori (NaOH) va serouglerod (CS 2 ) ta‟sirida olinib, tiniqligi uchun gullarni o„rashda ishlatiladi. Ammo u namga chidamsiz va qog„ozday yonadi. 5. Viskoza tolasi. Bu sellulozani ksantogenatidan ROC(SH)=S olinib, 180 gazlama to„qishda ishlatiladi. Viskoza gazlamasi tabiiy ipakdan yaltiroqligi, qog„ozday yonishi va namga chidamsizligi bilan farq qiladi. 6. Etrol. Sellulozani triatsetati asosida bo„r, pigment (bo„yoq kukuni) va to„yingan yog„och massalari qo„shib olinadi. Yonmaydigan va yaxshi silliqlanadigan bo„lganligi sababli, avtomashinani nil chambaragi, telefon apparatining qobig„i (ust qismi) ko„zoynak gаrdishi va avtoruchkalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Etrol so„zi keng ishlatiladigan sohalar (elektro-teleradio) nomlarining bosh harflaridan kelib chiqqan. Plastmassa tovarlarining assortimenti. Plastmassadan turli xo„jalik, attorlik va madaniy tovarlar ishlab chiqariladi. Xo„jalik tovarlari ishlatilishi bo„yicha idishlar (qo„ralar, ko„zalar, non idishi, patnislar, tuzdon, elektrsovitkich idishlari, vannaxona va liojatxona buyumlari (kir savatlari, sochiq ilgagi, elektr hisoblagichlar bog„ va poliz anjomlari (gulchelaklar, asboblar qutisi) hamda uy jihozlariga (gultuvaklar, suyanchiqsiz kursilar, parda dorlari) bo„linadi. Plastmassadan attorlik buyumlari taroqlar, tugmalar, turli bezaklar va pardoz-andoz buyumlari, turli o„ymchoqlar, gullar, devonxona hamda fotografiya buyumlari kabi madaniy tovarlar ham ishlab chiqariladi. Tovarlar ishlab chiqarishda ularni bezararligi va yong„inga xavfsizligiga e‟tibor beriladi. Fenoplastlardan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan idishlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Ulardan ajralib chiqadigan fenol va formaldegid insonning asab tizimiga salbiy ta‟sir qiladi. Aminoplastlardan faqat sovuq holatda iste‟mol qilinadigan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan idishlar ishlab chiqarishga ruxsat berilgan. Poliamidlardan issiqlikda ajralib chiqadigan kaprolaktan tomir nevrozi kasalligiga yoliqtirishi va jigar faoliyatiga salbiy ta‟sir „ ko„rsatishi mumkin. Polistirol ham issiq holatda asab tomirlari va jigarga zarar yetkazadigan stirol chiqaradi. Oziq- ovqat buyumlari uchun ishlatiladigan plastmassalarning sertifikati bo„lishi kerak. Q i s q a x u l o s a l a r Plastmassa - plastik (yunon. qayishqoq) va massa (lot. yumaloqfangan narsa) so„zlarining birikmasidan tashkil topgan. 181 Polimerizatsiya deb, to„yinmagan past molekulali organik moddalardan to„yingan yuqori molekulali organik moddalar olish jarayoniga aytiladi. Polimerizatsion plastmassalar tarkibiga qarab olti guruhga bo„linadi: poliolifenlar, polivinilxlorid, polistirol, polimetilmetakrilat, teflon va SFD plastmassasi. Polietilen dunyo bo„yicha ishlab chiqarilayotgan plastmassalarning 23%ni tashkil qiladi. Rangi sadafsimon oq, ushlab ko„rganda oq mumni (parafinni) eslatadi. Polivinilxlorid. Bu dunyoda ishlab chiqarilayotgan plastmassalarning 24%ini tashkil qiladi. Polivinilxlorid yarim tiniq bo„lib, tutab yonadi, alangasining pastki qismi yashil rangda. Polistirol. Bu plastmassa stirol va butadiyenning qo„shma polimerizatsiyasi natijasida olinadi. Dunyoda ishlab chiqarilayolgan plastmassalar hajmining 13%ni tashkil qiladi. U tutab yonib, ip bo„lib cho„ziladi. Polimetilmetakrilat. Bu plastmassa tiniqligi, ma‟lum darajada qattiqligi, chertganda larangsiz tovush chiqarishi va tutunsiz chirsillab yonishi bilan boshqalardan farq qiladi. Yuqori tiniqlikka ega bo„lganligi sababli xalq orasida organik shisha deb ataladi. Undan billurga o„xshash qandillar hamda non idishlari, jadvallar va yozuv stoli uchun «oynalar» ishlab chiqariladi. Teflon. Bu plastmassa yonmasligi, ishqor va kislotalarga bardosh bera olganligi uchun organik platina deb ataladi. Uni tovarlarning ichini qoplashda ishlatishadi. SFD plastmassasi. Bu plastmassa poliformaldegid (CH 2 O)n va dioksolan bilan qo„shma polimerizatsiyasi natijasida olinib, yonmasligi hamda 200°C haroratga bardosh bera olganligi uchun zanjirsimon molniya yopqichlari va elektr ustara qobig„i ishlab chiqarishda ishlatiladi. Poliamidlar. Aminokarbon kislotalarini polikondensatsiya qilish yo„li bilan olinib, boshqa plastmassalardan pishiqligi va chirishga chidamliligi bilan farq qiladi. Yonadi, ammo alangadan tashqari chiqarilsa o„chadi. Issiqligida ip bo„lib cho„ziladi. 182 N a z o r a t v a m u h o k a m a u c h u n s a v o l l a r 1. Polimerlash va polikondensatlashning mazmuni nimadan iborat? 2. Plastmassalar haqida tushunchalar nimadan iborat? 3. Plastmassalarning metall, yog„och va boshqa qimmat resurslarga nisbatan afzalliklarini ko„rsating. 4. Plastmassalarning asosiy kamchiliklari nimalardan iborat? 5. Plastmassalaning tasniflanish tartibi qanday? 6. Termoplast turlari, ularning vazifalari, xossalari, markalanish tartibi qanday? 7. To„ldirgichlar, plastifikatorlar, stabilizatorlar, qotirgichlar, bo„yoqlar va ularning vazifalarini izohlang. 8. Polietilen, polipropilen, polivinilxlorid, polistirol, ftoroplastlarni, ularning asosiy xossalarini ta‟riflang. 9. Poliamidlar, ularning asosiy xususiyatlari, ishlatilish sohalarini tushuntiring. 10. Polimetilmetakrilat, Poliformaldegid, uning asosiy xossalarini tushuntiring. 183 XII-BOB. MAISHIY KIMYO TOVARLARI EKSPERTIZASI 1 2 .1 . Y o q i l g ‗i , y o n i l g ‗i v a y or i ti s h ke r o s i n i Uy-ro„zg„orda sakkiz xil kimyoviy tovarlar ishlatiladi: yoqilg„i, yonilg„i va yoritish kerosini, yog„lash moylari, kir yuvish vositalari, tozalash, sayqallash hamda dog„ni ketkazish vositalari, lok-bo„yoqlar, yelimlar, , madaniy o„g„itlar. Ko‗mirlar. O„zbekistonda ko„mir konlari, asosan Angren, Olmaliq, Sariosiyo (Sharg„un shahri) va Boysun tumanlarida joylashgan. Ko„mirlar issiqlik berish quvvati bo„yicha har bir kilogrammi yonganda 11,3-18,8 MJ (megajoul) issiqlik beradigan qo„ng„ir. 19,7-20,5 MJ issiqlik beradigan toshko„mir va undan yuqori miqdorda issiqlik beradigan antratsitlarga bo„linadi. Yirikligi bo„yicha 50-200 mm. li taxta-yirik, 50-100 mm. li yirik, 25-50 mm. li yong„oq kattaligidagi va 13-50 mm. li mayda aralash turlarga bo„linadi. Namligi bo„yicha 15,25-28 va 32-40%li turlarga bo„linadi. Namlik ko„mirlamina issiqlik berishini pasaytiradi. Веnzin. Bu yengil uglevodorodlar (C 5 H 12 -C 10 H 22 ) aralashmasidan iborat, uchqundan alangalanadigan yonilg„idir. Benzin O„zbekistonda Oltlariq, Farg„ona va Qorovulbozor (Buxoro viloyati, Kogon tumani) neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqariladi. Benzin portlash kuchi (detonatsiya qobiliyati) bo„yicha 72,76 va 93 oktan sonli turlarga bo„linadi. Oktan soni uni portlash qobiliyat bo„yicha izooktan C 8 H 18 (portlamaydigan) va geptan C 7 H 16 (portlanuvchi) aralashmasining portlash kuchiga tengligini ko„rsatadi. 76 va 93 markali benzinlami portlash kuchini pasaytirish uchun tetraetilqo„rg„oshinning Rb(C 2 H 5 ) 4 bromli etildagi C 2 H 5 Br eritmasi ishlatiladi. Solyarka. Bu havoning siqilishi natijasida harorat 500-600°C ga ko„tarilganda yonadigan dizel yonilg„idir. Sifati setan soni bilan aniqlanadi. Bu son solyarkani alangalanish qobiliyatini ko„rsatib setan CH 3 (CH 2 ) 14 CH 3 va metilnaftalin CH 3 C 10 H 8 aralashmasini alangalanish quvvatiga teng bo„ladi. Traktorlar uchun setan soni 40-45 bo„lgan solyarka 184 ishlatiladi. Yoritish kerosini. Molekulasi o„rta uzunlikda bo„lgan uglevodorodlardan (C 10 H 22 -C 17 H 36 ) tashkil topgan yoritish suyuqligidir. Tutunsiz alangasining balandligi bo„yicha mm hisobida kerosin K-20, K- 22, K-25 va K-30 markalarga bo„linadi. 1 2 .2 . Y o g ‗l a s h mo y l a r i Yog„lash moylari neftdan yonilg„ilar olingandan keyin qolgan mazutdan olinib, harakatlanuvchi metall qismlarning ishqalanish koeffitsiyentini kamaytiradi va ularni yeyilishdan saqlash uchun ishlatiladi. Yog„lash moylari ishlatilishi bo„yicha to„rt guruhga bo„linadi. Tikuv mashinasi moyi. Bu moy sanoat (industrial) moylaridan biri bo„lib, mazutni haydashda olinadigan boshlang„ich suyuq moydir. Avtol (yunon. o„zi+lot. moy). Bu moy motor moylaridan hisoblanib, karbyuratorli dvigatellar uchun ishlatiladi. Quyuqligi bo„yicha yozgi (qovushqoqligi 16-20 mm 2 /s) va qishki (qovushqoqligi 10-14 mm 2 /s) turlarga bo„linadi (Suvning qovushqoqligi 1 mm 2 /s). Nigrol (lot. qora). Bu moy transmission (lot. о‗tkazish) moylaridan biri, mashina va uskunalardagi harakatni dvigateldan ishchi mexanizmlarga o„tkazib beruvchi qismlar g„ijirlamasligi uchun ishlatiladi. Quyuq (konsistent) moylar. Bular o„z ichida ishlatilishi bo„yicha olti guruhga bo„linadi: 1. Vazelin (nem. suv va yunon. zaytun moyi). Mazutni haydashda keyingi fraksiyalaridan (fran. qismlar) olingan moylarga parafin (oq mum) va serezin qo„shib tayyorlanadi. Metall buyumlarni tashishda zanglashdan saqlash uchun ularning ustiga surtiladi. 2. Solidol (lot. zich). Mazutning oxirgi fraksiyalariga sovun qo„shib olinadi. Velosipedning zanjirli uzatmasi uchun ishlatiladi. Uining yaxshi xususiyati - velosipedni haydaganda erib, to„xtaganda oqib ketmasdan qotib qolishida. 3. Arava moyi. Bu moy mazutning o„ziga sovun qo„shib olinadi. 4. Yuft poyabzal moyi. Mazutning oxirgi fraksiyalariga parafin, 185 ko„mir qatroni va yog„ qoldiqlari qo„shib olinadi. Poyabzalga surtganda uni suv hamda nam o„tkazmaydigan qiladi. 5. Gutalin (etik moyi). Neft va neft mahsulotlarini tozalashda olinadigan yuqori molekulali (C 18 H 38 -C 35 H 72 ) parafin hamda serezinlarga pigmentlar (bo„yoqlar kukuni) qo„shib olinadi. 6. Pol bo„yoq (mastika). Gutalinga kanifol (ignabargli daraxtlar shirasi) va skipidar qo„shib hosil qilinadi. 1 2 . 3 . Y e l i m l a r Yelim buyum qismlarini bir-biriga yopishtirish uchun ishlatiladi. Uning adgezion (lot. yopishqoqlik) xususiyati 0,5 nm (nanometr) oraliqda joylashgan molekulalarning dispersion, induksion va elektrostatik kuchlar tufayli o„zaro tortish kuchlariga asoslangan. Tutinish yuzasini oshirish uchun yelimlanadigan buyumlar yuzasi egov bilan g„adir-budir qilinadi. Yelim va yopishtirilayotgan yuzadagi molekulalar bir-biriga yaqinlashishi uchun yelimlangan qismlar presslanadi. Yelimlar xomashyosi bo„yicha to„rt guruhga ajratiladi. Sun‘iy yelimlar ishlatilishi bo„yicha uch guruhchaga bo„linadi: 1.Rezina yelimi. Butadiyen, divinilstirol, divinilnitril, xlorpren va boshqa sintetik kauchuklarni benzinda eritish natijasida olinadi. Velosiped kameralarini yelimlash uchun ishlatiladi (avtomashina kameralari issiqlik ta‟sirida kauchukka oltingugurt qo„shib vulkanizatsiyalash usulida yelimlanadi). Polixloropren kauchugini etilasetat va benzin aralashmasida eritib, poyabzal sanoatida charm tanavori bilan rezina tagcharmini biriktirish ishlatiladigan nairit yelimi olinadi. Izopren va izobutilenning qo„shma polimerizatsiyasi natijasida olingan butilkauchukdan polivinilxlorid] asosida izolatsion lenta, sellofan hamda lavsan asosida yopishqoq tiniq lentalar tayyorlanadi. 2.Nitroselluloza yelimi. Sellulozaga azot kislotasi ta‟sir qilib olingan kolloksilinning egiluvchanligini oshiradigan plastifikatorlarga (kanakunjut moyi, dibutilftalat, Kamfora) qo„shib, keton va murakkabi efirlarda 186 (aseton, etilasetat, amilasetat, butilasetat) eritish natijasida tayyorlanadi. Poyabzal ishlab chiqarish hamda ta‟mirlashda charm va gazlamalarni yelimlash uchun ishlatiladi. 3. O‗simlik yelimlari. Gulqog„oz yelimi kraxmalni qaynatish natijasida qisman parchalanib hosil bo„lgan dekstrindan olinadi. Oddiy gulqog„ozlarni yelimlashda va kitobni muqovalashda ishlatiladi. Gulqog„oz yelimi tez buzilmasligi uchun mis kuporosi va taxtakanaga qarshi DDT (dixlordifeniltrixlormetilmetan) qo„shiladi. Toza dekstrin yelimi marka va konvertlarni yelimlashda qo‟llaniladi. Hayvonot olamidan olingan yelimlar. Xomashyosi bo„yicha uch guruhga bo„linadi: 1. Mezdra yelimi. Kushxona va charm zavodlarida hosil bo„ladigan teri chiqindilari va ularning ichki qatlamini (mezdrasini) ohak bilan yumshatib qaynatish natijasida glyutin va jelatozlarga parchalangan kollagen oqsilidan olinib, duradgorlik ishlarida ishlatiladi. 2. Suyak yelimi. Ossein oqsilidan tarkib topgan suyak kemirchaklariga osh tuzi kislotasi ta‟sir qilib qaynatish natijasida olinadi. Kitoblarni muqovalashda foydalaniladi, devorga gul bosishda ishlatiladigan yelimli bo„yoqlar tayyorlanadi. 3. Kazein yelimi. Yog„sizlantirilgan sutdan oltingugurt kislotasi ta‟sirida olinib, duradgorlik ishlari, faner va bo„yoq ishlab chiqarishda qo„llaniladi. Sintetik yelimlar. Xomashyosi bo„yicha besh guruhga ajratiladi. 1. Universal ВF. Fenoformaldegid va polivinilbutiral qatronlarining spirtdagi eritmasi bo„lib, metall, shisha, chinni va plastmassa buyumlarini yelimlashda (BF-2, BF-4) hamda gazlama, charm buyumlarini (BF-6) yelimlashda ishlatiladi. BF-6 yelimi tarkibiga yumshatuvchi kamfora va kanifol qo„shilganligi bilan farq qliadi. 2. PVA. Polivinilatsetal qatronidan olinib, qog„oz, charm, gazlama va plastmassalarni yelimlashda foydalaniladi. 3. Poliuretan. Izotsianat va oligoefirlar aralashmasidan olinib, universal yelim sifatida hamma yelimlash ishlarida ishlatilishi mumkin. 4. Karbamid. Mochevinoforrnaldegid qatronidan olinib, mebel va 187 faner ishlab chiqarishda qo„llaniladi. 5. Epoksid. Difenilolpropan va epixlorgidrin aralashmasidan olinib, universal yelimligi tufayli keng tarqalgan. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling