A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Nazorat va muxokama uchun savollar


Download 0.81 Mb.
bet31/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Nazorat va muxokama uchun savollar



  1. Reklamaning iste’molchilarga ijtimoiy-psixologik ta’siri to‘g‘risida tushuncha bering.

  2. Iste’molchilarga psixologik ta’sir metodlarini sanab bering va ularga ta’rif bering.

  3. Reklamaning ijobiy va salbiy tomonlarini qo‘rsatib bering.

  4. Reklamada qiziqtrishga misollar keltiring.

  5. Reklamada qiziqtirishga undash usullarini tanlash qaysi omillarga bog‘liq?

  6. Hayot tarzini tadqiq qilish reklama beruvchiga nima beradi?

  7. Tovar iste’mol tasniflarining reklamada berilishiga savollar keltiring.

  8. Iste’molchining aks sadosiga ta’sir qiluvchi omillar nimalardan iborat?

  9. Noyob savdo taklifini yaratish qoidalarini aytib bering.

  10. Xaridor xulq-atvorining iste’mol motivatsiyasi psixologiyasi to‘g‘risida tushuncha bering.


4- BOB. REKLAMA - MARKETING KOMMUNIKATSIYASI VOSITASI SIFATIDA


4.1. Marketing kommunikatsiyasi tushunchasi va marketing kompleksida uning roli

Haqiqatda marketingning real ijtimoiy-iqtisodiy hayotda o‘rni va ahamiyatini iqtisodchi olimlar va turli fan sohasi mutaxassislari tomonidan etarli darajada yoritib berilgan bo‘lsada, uning rivojlanishida ijtimoiy munosabatlar, kommunikatsiya vositalari, fan va texnologiya yutuqlarining roli cheksiz ekanligiga shubha bildira olmaymiz. Marketing insonlarning iqtisodiy faoliyat turi bo‘lishi bilan bir vaqtda tadqiqot usuli hamdir. Bu tadqiqot usuli jamiyat a’zolari (bizning misolimizda iste’molchilar) bilan turli vositalar orqali kommunikatsiya jarayonini vujudga keltiradi.


Tijorat faoliyatida kommunikatsiya vositalarining keng qo‘llanila boshlanishi aksariyat xorijiy mamlakatlarda marketing ambitsiyalari tufayli amalga oshdi,desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Haqiqatan ham bugungi kunda ijtimoiy hayotning muhim elementlari hisoblangan gazeta-jurnallar, radio, teleko‘rsatuvlar, kino, Internet, telefon marketing usullari va vositalarini ommaviy iste’mol qilinadigan tovarlarga aylantirdi. O‘z navbatida bu faoliyat sohalari yirik kapitalni o‘zida jamg‘argan sanoat industriyasi darajasiga etdi.
Kommunikatsiya vositalari qo‘llanilish doirasining kengayishi bilan oddiy sotuvchilarning marketologga aylanish jarayoni ham tezlashdi. Endilikda ular o‘z mahsulotlari iste’molchilari va doimiy mijozlari bilan ayriboshlash masalalari bo‘yicha tez-tez aloqa qilish, hamkorlik o‘rnatishga asosiy e’tiborini qarata boshladilar. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib reklama merchendayzingning ajralmas vositasiga aylandi va kapitalning ishlab chiqarishdan sifatni oshirishga tomon ko‘chishini jadallashtirdi. Marketing konsepsiyalari va ular bilan bog‘liq amaliyot ijtimoiy hayotning muhim jihatlariga aylandi (4.1-jadval). Marketing konsepsiyasi ayriboshlash konsepsiyasiga asoslangan. Mashxur marketolog F.Kotlerning “Marketing – inson ehtiyojlarini ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan faoliyat turidir” tarifi ham aynan ayriboshlash jarayoniga urg‘u beradi. Marketing kommunikatsiyalari yoki kommunikatsion konsepsiya ham ayriboshlashga asoslangan desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Buni quyidagi ikki nazariya orqali aniqlashimiz ham mumkin.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling