A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet48/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vujudga kelishiga ko‘ra:

  • an’anaviy vositalar;

  • noan’anaviy vositalar.

  1. YOritilish xususiyatiga ko‘ra:

  • yoritiladigan;

  • yoritilmaydigan.

  1. Konstruksiyasiga ko‘ra:

  • harakatlanmaydigan;

  • harakatlanadigan.

  1. Foydalanish muddatiga ko‘ra:

  • doimiy vositalar;

  • vaqtinchalik vositalar.

5.7-jadval
Tashqi reklamaning afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari

Kamchiliklari

Hajmi va o‘lchamining kattaligi bois tezda ko‘zga tashlanadi

Katta qiymat talab etishi, sarflangan xarajatlar kamida bir yilda qayta o‘zlashtiriladi

Iste’molchilar odatda yirik plakatlar va reklama qurilmalari oldida to‘planadi, mo‘ljal oladi. SHu bois uning ta’siri yanada kuchayadi

Atmosfera ta’siri (yomg‘ir, qor, shamol, quyosh nuri va shu kabilar)da sifati buzilishi, ayrim hollarda ko‘cha bezorilari tomonidan shikastlanishi mumkin

Bir marta o‘rnatilishi uning doimiy, yil davomida ko‘p marta foydalanilishini ta’minlaydi

Tashqi reklama odatda aholining daromadli qatlamlariga tez tarqaladi. Masalan shahar ko‘chalaridagi shitlar avtomashina haydovchilariga birinchi bo‘lib taniladi

Tovar yoki firma haqidagi ma’lumotlarni tezda etkazadi va hajmi firma mavqeini belgilab berishi mumkin

Tashqi reklamaning texnikaviy vositalari bitta tomoni axborot yuzasining maydoni bo‘yicha quyidagi formatlarga bo‘linadi:



  • kichik format (5 kv. metrgacha);

  • o‘rta format (5 dan 10 kv. metrgacha);

  • katta format (10 dan 18 kv. metrgacha);

  • o‘ta katta format (18 kv. metrdan katta).



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling