A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Yirik inshootli konstruksiyalar


Download 0.81 Mb.
bet46/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Yirik inshootli konstruksiyalar. Alohida loyiha bo‘yicha quriladigan reklama inshootlari bo‘lib odatda katta xajmni egallaydi. Masalan, shaharning yangi rejasini yaratish chizmasi.
Pnevmokonstruksiyalar. Harakatlanuvchi havo to‘ldirilgan figuralar bo‘lib, ular ham o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • havo to‘ldiriladigan figuralar – qo‘zg‘almas kattaligi 2 - 20 m bo‘lgan figuralar bo‘lib, tovar shakli, tovar markasi shaklida bo‘lishi mumkin;

  • aeromenlar – harakatlanuvchi turli shakllar, kishilar qiyofasi, tovar belgilari, firma logotiplari;

  • geliyli aerostatlar – shar yoki aerostat shaklidagi maxsus shakllar;

  • dam berib shishiriladigan kostyumlar – turli hayvon, meva-sabzavot va tovar shaklidagi figuralar;

Pnevmokonstruksiyalarning afzalligi ularning kattaligi va o‘ziga xos shou ekanligi. Pnevmokonstruksiyalar ichki va tashqi tomondan yoritiladi.
YOrug‘lik reklamasi. Bino, sotish zallari, ko‘rgazma stendlarini bezash uchun qo‘llaniladigan yorug‘ tasvirlar. YOrug‘lik reklama vositalarining quyidagi turlari mavjud:

  • layt-bokslar - turli shakldagi yorug‘lik qutilari bo‘lib, ulardagi tasvir o‘zgaruvchan va o‘zgarmas bo‘lishi mumkin.

  • prizmatron yoki prizmabord – bir vaqtning o‘zida uchta qatlamga ega va ma’lum davr ichida almashinib turadigan turli tasvirli bilbord. Uning o‘lchami ham bilbord kabi (2x3m 6x3 m), tasvirlar almashinishi 5 - 15 s oralig‘ida bo‘ladi;

  • dinamik displey – ichki yoritish tizimiga ega va almashinib turadigan reklama shiti.

Tashqi video. Videoroliklari 10 daqiqadan 30 daqiqagacha oraliqda takrorlanib turadigan elektron displey. Ayrim hollarda reklama telekanallari ham uzatilishi mumkin.
Transport (tranzit) reklamasi. Tashqi reklamaning turi xisoblanib, transport vositalari orqali tarqatiladi.. Transport reklamasi quyidagilarga joylashtiriladi:
a) transport vositalarida (avtobus, poezd, yuk mashinalari, vagonlar);
b) transport vositalarining ichki salonida;
v) vokzallar, perronlar, dengiz portlari, pristanlar, aeroport, shahar transport bekatlarida.
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni(1998 yil 25 dekabr, 21-modda)da Reklama transport vositalarida, shu jumladan metropolitenda faqat ularning egalari yoki mulkdorlari bilan kelishilgan holda hamda xavfsizlik talablari va yo‘l harakati qoidalariga muvofiq joylashtirilishi mumkinligi ta’kidlangan.
Bunday reklama tasvir yoki yozuv ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Transport reklamani joylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida belgilanadi.
Reklama transport vositalarida quyidagi holatlarda joylashtiriladi:

  • reklamani transport vositalarida joylashtirish faqat ularning egalari bilan kelishilgan holda, ruxsatnoma hujjatlarining mavjudligi haqida xavfsizlikka qo‘yilayotgan talablar va yo‘l harakati qoidalariga mos kelgan taqdirda amalga oshiriladi;

  • transport vositalarida reklamani joylashtirish bo‘yicha ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirish tegishli mahalliy hokimiyatning tashki reklama va transport vositalarida reklamani joylashtirish bo‘yicha Komissiyasining vakil organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin;

  • jismoniy va yuridik shaxslardan avtotransport vositalarida reklamani joylashtirish uchun to‘lov quyidagi vaziyatlarda olinmaydi:

  • agar reklama beruvchi reklama joylashtirilgan avtotransport vositasining bevosita egasi bo‘lsa;

  • agar reklama ijtimoiy sohaga tegishli yoki bayram tabrigi bo‘lsa;

  • agar mahalliy hokimlikning tashqi reklama va transport vositalarida reklamani joylashtirish buyicha Komissiyasi tomonidan imtiyozlar berish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilingan bo‘lsa.

Davlat jamoat transport vositalarida joylashtiriladigan reklamaning umumiy xajmidan 20 foizi ijtimoiy yo‘nalishdagi reklama bo‘lishligi zarur.
Avtomototransport vositalarida reklama faqatgina quyidagi joylarga joylashtiriladi:

  • avtobus kuzovining yon tomonlariga oyna chizig‘igacha bo‘lgan joylarga;

  • furgonlar, yuk mashinalari tirkama va yarimtirkamalar kuzovining yon qismiga;

  • mototsikllarning yoqilg‘i baki va asboblar uchun mo‘ljallangan yashikning qopqog‘iga;

  • engil avtomobillar va mikroavtobuslarning yon qismiga (orqa qismi va eshiklaridan tashqari.

Transport vositalariga joylashtiriladigan reklama tushunarli, aniq yozilgan va imkon qadar kichik bo‘lishi kerak.
Transport vositalarining salon qismida kichik hajmdagi reklama plakatlari – sinkellar va yopishtiriladigan reklama qog‘ozlari – stakerlardan foydalaniladi. Sinkel va stakerlar foydalanish uchun qulay, kam joy talab qiladi va ularni yaqin masofadan yaxshi o‘qish va tushunish oson. SHuningdek ular transport saloni bilan uyg‘unlashib ketadi.
Transport vositalarining saloniga joylashtirilgan reklama salonning ichki qiyofasi va shinamligiga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
Transport vositalariga o‘rnatilgan reklama, ayniqsa salonga o‘rnatilgan reklama yo‘lovchilarning ijtimoiy-demografik xususiyatlarini e’tiborga olgan bo‘lishi kerak. Masalan, biznes-klass va kupe tipidagi poezd vagonlarida qimmat tovarlarni reklama qilish, umumiy va platskart vagonlarda ommaviy iste’mol tovarlari reklamasi joylashtirilishi maqsadga muvofiq.
Metropolitenlarga reklama joylashtirish transport reklamasining eng samarali turidir. Metropolitenlarda yo‘lovchilarning katta oqimi vagonlarda yoki eskalatorlarda ma’lum muddat “passiv” holatda bo‘ladi. Bu esa reklama axborotini tarqatish uchun juda qulaydir.
Metroda reklama metro bekatiga kirish-chiqish joylarida, vestibyullarda, bekatlarga o‘tish yo‘laklarida, eskalator tonnellarida va vagonlarda joylashtiriladi.
Er usti transportidan farqli ravishda metro vagonlarida yo‘lovchilar tashqi tabiat bilan chalg‘imaydi. Bu esa salon ichidagi stakerlarda aks etgan reklamalarni diqqat bilan tanishishga imkon beradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, metro yo‘lovchilarining 83 foizi kamida bir marotaba stakerlarda ko‘rsatilgan manzillarga va tovarlarga murojaat qilisharkan.
Transport vositalarining tashqi kuzoviga joylashtirilgan reklamalar hajman katta va yozuvlar ham yirik bosma harflarda yozilishi lozim. Bu ularning harakat vaqtida ham tez o‘qilishini ta’minlaydi.
Transport reklamasi samaradorligi bo‘yicha teleko‘rsatuv va matbuotdan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Transport reklamasining qulayliklari va afzalliklari bilan bir qatorda uning ayrim kamchiliklari ham mavjud (3.5-jadval).



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling