A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet42/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Jurnal reklamalari. Jurnal – ommabop axborot vositasi xisoblanib, vizualligi bilan gazetadan ajralib turadi. SHu bois uni ko‘pchilik gazetxonlar birinchi navbatda tanlashadi.
Jurnal reklamasida rasmlarga nisbatan fotosuratlardan keng foydalaniladi. Jurnallar imij-reklamalar uchun eng maqbul echim hisoblanib, nafaqat sotishni rag‘batlantiradi, balki imijni shakllantiradi, iste’molchilarni o‘ziga ishontiradi.
Jurnallarda reklama qilish uchun uning quyidagi xususiyatlarini alohida e’tiborga olish zarur:

  1. Formati. Agarda jurnal reklamasi bir sahifa uchun mo‘ljallangan bo‘lsa va uni ikki sahifaga kengaytirish kishilar diqqatini 30 foiz oshiradi. Ushbu reklamani ma’lum bir qo‘shimcha sahifaga joylashtirish esa 60 foiz jalb qiladi. Jurnallardagi yarim sahifalar yoki kichik maket reklamalarga kishilar diqqat-e’tibori to‘liq sahifaga nisbatan 30 foiz kamroq bo‘ladi.

  2. Rang. Bugungi kunda jurnallarning rang-barangligi juda ommalashib ketdi, rangli tasvirlar kishilarning diqqat-e’tiborini 30 foizga oshiradi.

  3. Jurnaldagi joy. Jurnallarning asosiy xususiyatlaridan biri uning muqovasi xisoblanadi. Jurnal muqovasi va muqovaning ichki sahifalari kishilar diqqat-e’tiborini 20 foizga oshiradi.

  4. Illyustratsiya. Jurnal reklamasining muhim elementi illyustratsiya (rangli suratlar)dir. Jurnallardagi har bir e’lon uchun inson 1,65 sekund vaqt sarflar ekan. Bunda 70 foiz diqqat-e’tibor illyustratsiyalarga, qolgan vaqt esa sarlavha yoki logotipga qaratiladi. Illyustratsiya formati qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik ko‘p kishilarni o‘ziga tortadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kishilarni firma tovarlaridan yoki aynan bir tovardan foydalanadigan mashhur kishilar va tovarlarning fotosuratlari ko‘proq o‘ziga tortar ekan. Kishilarning mashhurligi diqqat-e’tiborni 26 foizga, uning mazmunini o‘qishga bo‘lgan qiziqishni 20 foiz oshirar ekan.

  5. Sarlavhaning nomi. Agarda 49 foiz kishilar illyustratsiyaga e’tibor qaratsalar, 30 foiz eng avval sarlavhasini o‘qib ko‘radi. SHu bois sarlavha qisqa so‘zlardan iborat bo‘lishi zarur. Agarda oddiy tovarlar reklama qilinadigan bo‘lsa 8 tagacha so‘zdan, mashhur tovarlar reklama qilinganda esa 5 tagacha so‘zdan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari sarlavha ikki qatordan oshmasligi ham muhim element xisoblanadi. Sarlavhalarda qisqa, lo‘nda jumlalardan foydalanish, jumlaning ot, sifat va kishilik olmoshlari so‘z turkumidan iborat bo‘lishi ham juda muhim. Fe’lning qo‘llanilishi sarlavhaning e’tiborni jalb qilinishini pasaytirib yuboradi.

Jurnallardagi reklamaga shuningdek, sarlavhalarning tasdiq va rad ma’nosiga yaqin jumlalardan foydalanish ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Oddiy tasdiqlovchi ma’noni anglatuvchi sarlavhalar 50 foiz diqqatni oshiradi. Rad ma’nosini anglatuvchi sarlavhalar esa aksincha 37 foiz ga kishilar diqqatini pasaytiradi.

  1. Matn. Jurnallardagi reklama matni qisqa va uzun bo‘lishi mumkin. Qisqa matnlar odatda 50 tagacha so‘zni, uzun matnlar esa 250 tagacha so‘zni o‘z ichiga oladi. Qisqa matnlarni uzun matnga qaraganda 40 foiz ko‘p iste’molchilar o‘qiydi. Ammo matndagi so‘zning 50 tadan oshishi uni o‘qiydiganlar sonining pasayishiga olib kelmaydi. Bundan tashqari qisqa matnlar kam xarajat talab etilganligi bois ham muhim ahamiyatga ega.


  2. Download 0.81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling