A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Teskari aloqa imkoniyati mavjudligiga ko‘ra


Download 0.81 Mb.
bet38/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Teskari aloqa imkoniyati mavjudligiga ko‘ra:
Teskari aloqa mavjud reklama – reklama adresati bilan kelgusida aloqa o‘rnatish bilan izohlanadigan reklama. Masalan, pochta orqali katalog jo‘natish.
Teskari aloqa mavjud bo‘lmagan reklama – bu OAV vositalari, elektron va barcha turdagi tashqi reklamalardir.
Reklama vaqtiga ko‘ra:
Davriy reklama – yil davomida berib boriladigan reklamalarga aytiladi. Masalan, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, atir-upalar, davolanish maskanlari va hokazolar to‘g‘risidagi reklamalar bunga misol bo‘lishi mumkin.
Mavsumiy reklama esa yilning fasliga, davriga qarab berib boriladi. Masalan, yangi yil sovg‘alari, mavsumiy kiyimlar, yozgi dam olish oromgohlari, o‘quv yurtlariga qabul ishlari va boshqalar. Reklamalarning berilish vaqti ham katta ahamiyatga ega. Bularni kishilar dam olayotgan vaqtda haddan tashqari ko‘p berilishi inson ruhiyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ayniqsa, reklama roliklarining qayta-qayta, tez-tez takrorlanishi inson asabini taranglatadi. Teleko‘rsatuvdan doimiy berib boriladigan seriallarda ham reklamalarning uzoq vaqt takror-takror berilishini ijobiy deb bo‘lmaydi.
Reklama vositalari reklamani tarqatuvchi va zarur reklama samarasiga erishishga xizmat qiluvchi turli moddiy vositalardir.
Reklama vositalari yordamida reklama tashabbuskorlari yoki reklama beruvchilar reklama ob’ekti to‘g‘risida xabar berish, iste’molchilarning xarid xulqiga ta’sir ko‘rsatish va ularning xarid qilishiga erishish ko‘zda tutiladi.
Reklama faoliyatining rivojlanishi, uning turlari reklama vositalarining ham ko‘payishiga olib keldi. Reklama vositalarini ma’lum bir tasniflash tizimi mavjud bo‘lmasada, iqtisodiy adabiyotlarda turlicha tasniflanadi. Ushbu adabiyotlar asosida reklama vositalarining quyidagi tasniflarini keltirib o‘tishimiz maqsadga muvofiqdir (5.1-jadval).
5.1-jadval
Reklama vositalarining tasniflanishi



Inson sezgi organlariga ta’siri bo‘yicha:

–vizual vositalar (bosma nashrlar, vitrinalar, yorug‘lik jihozlari);
– akustik vositalar (radio, musiqali fon);
–ko‘rish-eshitish vositalari (tele- va kinoreklama vositalari, );
–sezishga asoslangan vositalar (matolar namunasi, ko‘rish qobiliyati past xaridorlar uchun tikansimon yozuvlar);
–hid tarqatuvchi vositalar (namuna uchun mo‘ljallangan atir idishlari);
–ta’m orqali sezish vositalari (oziq-ovqat mahsulotlarining degustatsiya uchun mo‘ljallangan namunalari).

Texnik xususiyatiga ko‘ra:

–bosma reklama vositalari (plakatlar, afishalar, katalog, e’lon, maqola va qadoqlar);
–radioreklama (radio);
–kino, video va telereklama (qisqametrajli reklama filmlar);
–yorug‘lik reklama vositalari (yorug‘lik ko‘rsatkichlar, tablo, rang tasvirli bannerlar );
– tasviriy grafik vositalar (panno, plakat, ko‘cha transparantlari, narx ko‘rsatkichlari, do‘kon pardalari);

Qo‘llanilish joyiga ko‘ra:

–ichki reklama vositalari (ko‘rsatkichlar, narx ko‘rsatkichlar, yodgorliklar, tovarlarga qadama naqshlar, kiyimlar nomoyish maydoni);
–tashqi reklama vositalari (gazeta va jurnallardagi maqola va e’lonlar, ko‘cha transparantlari, do‘kon pardalari).

Manzilliligiga ko‘ra:

–alohida reklama vositalari (gazetalardagi qo‘shimcha varaqlar, kataloglar, risolalar);
–ommaviy reklama vositalari (e’lon, varaqalar, telefilmlar).

Hududni qamrab olish darajasiga ko‘ra:

-lokal vositalar (mahalliy darajada);
-regional vositalar (mintaqa miqyosida);
-umummilliy reklama vositalari (mamlakat miqyosida);
-halqaro vositalar (bir necha mamlakat miqyosida).

Tovarlar va xizmatlarni reklama qilishda zarur va eng samarali xisoblangan reklama vositalarini tanlash zarur bo‘ladi. Bunda gazeta, jurnal, radio, teleko‘rsatuv, tashqi reklama vositalari, transport reklamasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama tarqatmalari tanlanadi. Reklama mushkul vaziyatdan chiqib ketishning imkoniyatini to‘liq ta’minlab bermasada, ma’lum vaziyatlarda asqotadi. Reklama tadbirlari uchun sarflangan xarajatlarning 80 foiz aynan reklamani tarqatish vositalari uchun yo‘naltiriladi.
Reklama vositalarini tanlashda quyidagi savollarga javob topish zarur:

  1. Reklama tadbirlari orqali kimlarni qamrab olishimiz mumkin?

  2. Ushbu iste’molchilar va xaridorlar qaerlarda joylashgan?

  3. Reklama murojaatlari nimalarni o‘z ichiga oladi?

  4. Ushbu murojaatlarni qachon joylashtirish kerak?

Savollarga javob topish potensial xaridorlarni aniqlashni talab qiladi. CHunki aynan bir tovar ist’molchilar tomonidan bir vaqtda yoki bir maqsad uchun xarid qilmaydilar. Ayrim iste’molchilar boshqalariga nisbatan xarid qilish ehtimoli yuqoriroq bo‘lganligini inobatga olib reklama beruvchi yoki reklama agentliklari maqsadli bozorni demografik, ijtimoiy holati, turmush tarzi, tovardan foydalanish darajasiga ko‘ra segmentlaydi. So‘ngra maqsadli bozorning xususiyatlariga to‘liq mos keluvchi reklama vositalarini tanlaydi va imkon qadar yirik masshtabni qamrab olishga harakat qiladi.
Reklamani potensial xaridorlar joylashgan joylarda tarqatish zarur, e’lonlarni esa aniq bir davriy nashrlarda iste’molchilar tushunadigan tillarda berish maqsadga muvofiqdir. Reklamani qachon joylashtirish kerak degan savolga yil oylari, hafta va kunlar e’tiborga olinadi. Bosma nashrlarning davriyligi (kundalik gazetalar, xaftalik va oylik jurnallar), teleuzatish va radio eshittiruvlarning muayyan vaqt oralig‘ida uzatilishini e’tiborga olib reklama agentliklari reklama va e’lonlarni aniq qaysi vaqtda uzatish zarurligini aniqlashadi.
Reklama vositalarini tanlashda ularning afzalliklari va kamchiliklarini e’tiborga olish zarur. Quyidagi jadvalda ayrim reklama vositalarining afzalliklari va kamchilik jihatlari keltirib o‘tilgan (5.2-jadval).

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling