A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet43/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Marka nomi va logotip. Agarda jurnallardagi reklama iste’molchilar tomonidan kam diqqatni tortsa, u holda tovarning markasi va firma logotipidan foydalanish maqsadga muvofiq. Tovar markasi yoki firma logotipini jurnalning qaysi qismiga joylashtirishning ahamiyati yo‘q. Agarda ularni sarlavhada joylashtiradigan bo‘lsak, iste’molchilar uni yanadi aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun matndan izlay boshlaydi. Logotipning iste’molchilar tomonidan identifikatsiya qilinishi sahifaning quyi o‘ng burchakda joylashuvida 86 foiz, markazda 92 foizni tashkil qiladi. Ammo logotipni boshq tomonlarga joylashtirilganda ham bu ko‘rsatkich 88 foiz ni tashkil etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, iste’molchilar har qanday yo‘l bilan ham tovar markasi yoki firmaning logotipini topishga harakat qilisharkan.

5.4-jadval
Jurnaldagi reklamaning afzalliklari va kamchiliklari



Afzalliklari

Kamchiliklari

Jurnallar o‘zining rangi, matnlari, illyustratsiyalari bilan tovarlarning o‘ziga xos qiyofasini shakllantiradi

Jurnallar tayyorlanishi ko‘p vaqt talab qiladi. Oddiy jurnallarning tayyorlanishi uchun kamida 2 oy vaqt kerak bo‘ladi

Jurnallar reklama ma’lumotlarini muayyan iste’molchilar guruhiga etishga yordam beruvchi eng samarali vosita xisoblanadi. Deyarli har bir iste’molchi guruhi uchun maxsus jurnallar mavjud. Masalan, ayollarga ixtisoslashgan jurnallar (“Saodat”, “Bekajon”, “So‘g‘diyona”), tadqiqotchilar uchun (“Servis”, “Iqtisodiyot va ta’lim”), mashina ishqibozlari uchun (“Avto-olam”), iqtisodchi mutaxassilar uchun (“Moliyachi”, “Soliqlar va soliqqa tortish”)

Ko‘pchilik jurnallarda reklama berish juda qimmat turadi

Kam tirajli jurnallar kamroq xarajat talab qiladi. SHuningdek, jurnallar muayyan iste’molchilar segmenti uchun chop etiladi. Masalan ayollar uchun ishlab chiqarilgan tovarlarni ayollar jurnallarida chop ettirish juda samarali

Jurnallarni ishlab chiqish texnologiyasi ularga tezkor o‘zgartirishlar kiritishga imkon bermaydi

Jurnal mutoala qiluvchilarning intellekt darajasi murakkab reklama matnlarini joylashtirishda qo‘l keladi

Sizning reklamangiz boshqa reklama murojaatlari bilan o‘zining xususiyatlariga ko‘ra raqobatlashadi



Kitob reklamasi. Oxirgi vaqtda reklama maktublarini yangi kitoblar nashrida joylashtirish nufuzli bo‘lib qoldi. Lekin shuni xisobga olish kerakki, bundan juda extiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Reklama kitobni mazmuni va bezashga mos kelishligini hisobga olish zarur. Kitobda reklama uchun joyni aniq tanlash kerak. Korxona reklamasini faqat yo‘l ko‘rsatkichga qo‘shilgan dasturlar bilan bog‘lik kitoblarda, mamlakat haqida ma’lumotnomada, marshrutlari kezish dasturlarida taklif etilgan mamlakatlar haqidagi badiiy kitoblarda joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bunday reklama uchun to‘lov yuqori va homiylikka yaqinlashadi. Bunday reklamada qatnashib firma homiylikda qatnashishini ta’kidlaydi va birato‘la o‘z imidjini ko‘tarishi mumkin.
Bukletlar. Bitta korxona yoki uni tovarlariga bag‘ishlangan maxsus nashrlar. Bukletlarda reklama matnlari bilan birga korxona birinchi shaxslarni fotosuratlari va qisqacha tarjimai hollari, halqaro yarmarka va ko‘rgazmalarda, mamlakatni siyosiy hayotida qatnashishni yoritish qabul qilingan. Ularni albatta korxonaga har qanday tashrifda, taqdimotda, ko‘rgazma yoki kontrakt tuzishda beriladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling